К содержанию
РецензированоRU2024

Теоретические вопросы национальной идентичности в переводе

Gulkhayo KHAYDAROVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 192-196 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Исследование полноты и точности передачи национальность, национальных особенностей в процессе перевода является характерные слова, одним из ключевых аспектов теории перевода. Каждый оригинальность, народ обладает уникальной культурой, традициями и перевод текста, адекватный, спецификой мышления, которые находят отражение в транскрипция, языке. В данной статье рассматриваются теоретические интерпретация. аспекты передачи национальных особенностей при переводе и обсуждаются методы их эффективного воспроизведения на другом языке. Особое внимание уделено анализу передачи национальных особенностей в английском языке на примере романа «Минувшие дни». Badiiy matnlardagi milliylikka xos bo‘lgan so‘zlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda tarjimonlar yuqorida ta’kidlaganimizdek, ayrim o‘rinlarda xos so‘zlarni tarjima qilinsa, boshqa o‘rinlarda transliteratsiya yo‘li bilan berib, havola qoldiradilar. Demak, milliy xos so‘zlar tarjimasi nafaqat amaliy xarakterga ega bo‘lgan masala, balki nazariyaning ham “og‘riqli” muammosi hisoblanadi. Shu o‘rinda badiiy asarlar tarjimasida tarjimonlar sa’y-harakatlari bilan asliyatga yaqinlashishga erishiladi. Tarjimada milliylikni berish masalasida ekvivalentlik va adekvatlik masalasi ham muhim ahamiyat kasb etuvchi masalalardan hisoblanadi. Albatta, ekvivaletlik va adekvatlik masalasida ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va bu borada turlicha qarashlar mavjud. Masalan, V.N. Komissarovga ko‘ra, ekvivalent – bir nutq birligi bajaradigan funksiyani bajara oladigan boshqa nutq birligidir. “Ekvivalentlik hozirgi tarjimashunoslikning markaziy tushunchalaridan biri bo‘lib, tarjimaning muhim xususiyatlarini ochib beradi” [1;134]. Tarjimada ekvivalentlik masalasida S. Vlaxov asliyat tili va tarjima tili o‘rtasidagi til birliklarining ma’no jihatdan o‘xshash bo‘lishligini ta’kidlaydi [1;8]. A.O. Ivanov manba til birlamchi birliklarining kontekst doirasida barcha komponent-larning biron-bir variantining funksional mutanosibligini ko‘zda tutgan [2;181], R. Leviskiy esa ekvivalentlik va adekvatlik atamalarini bir-biri o‘rniga ishlatish mumkin deb hisoblaydi [3;3]. V.G. Kostomarov adekvat tarjimaning to‘laqonli tarjima ekanligi, ekvivalentlikni esa birliklarning mazmun jihatdan umumiyligi sifatida tushunilishi kerakligini aytadi. Aslini olganda badiiy asarning mazmun-mohiyatini, milliyligini, muallif uslubini tarjima tilida saqlagan holda tarjima tilida qayta yaratishni mukammal tarjima deyish mumkin. Bu borada tadqiqot olib borgan Xomidov Xayrillo Xudoyorovich “O‘zbek qissa va romanlarining turkcha tarjimalarida milliylik, badiiylik va lisoniy adekvatlik masalalari” nomli tadqiqot ishida aynan milliylikni tarjimada aks ettirish borasida quyidagi fikrlarni bildiradi va misollar keltiradi: “Badiiy asarning milliyligini belgilaydigan asosiy vositalardan biri milliy xos so‘zlar, ya’ni realiyalar bo‘lib, ularning tarjimada to‘g‘ri berilishi original asarning milliy to‘qimasini o‘zga tilda beshikast qayta yaratilishini ta’minlaydi. Darhaqiqat, bir xalq turmush tarzi, dunyoqarashi, narsa va predmetlarni atashdagi o‘ziga xosligi boshqa xalqlarnikidan farq qiladi” [4;18]. Taniqli bolgar olimlari S. Vlaxov va S. Florinlar ta’biriga ko‘ra, “realiya” -nafaqat 193 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701 faktlar, hodisalar, buyumlar, balki ularning nomlari bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalari ham nazarda tutiladi [5;432-456]. Yuqorida ta’kidlanganidek, realiyalarni ifoda etuvchi tushunchalar milliy xarakterga ega bo‘lganligi bois ayrim o‘rinlarda ularni “muqobilsiz leksika” deb ham nomlanadi. Muqobilsiz leksikaga E.M. Vereshagin va V.G. Kostomarovlar quyidagicha ta’rif berganlar: “O‘zga madaniyat va o‘zga tilda mavjud bo‘lmagan tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar, boshqa tilga bir so‘z bilan tarjima qilib bo‘lmaydigan, tarjima tilida muqobili bo‘lmagan so‘zlar muqobilsiz leksikadir” [6;53]. Albatta, badiiy asarlar tarjimasida milliylikni saqlab qolish, asliyat matni egasi bo‘lgan xalqning tarixi, o‘ziga xosligi, urf-odatlari, o‘ziga xos joy manzaralari – barchasi tarjima matnida o‘z xususiyatlarini yo‘qotmagan holda aks etishi kerak. Buning uchun, avvalo tarjimon tarjima nazariyasi qonun-qoidalari asosida ish yuritadi. Ana shunday nazariy qoidalar haqida so‘z borganda V. Fedorov realialar tarjimasining quyidagi usullarini ko‘rsatib o‘tadi: 1. To‘la va qisman transliteratsiya; 2. U yoki bu predmetni anglatuvchi tushuncha uchun yangi so‘z, so‘z birikmasi yoki qo‘shma so‘zni yaratish; 3. Yaqin ma’noli so‘zni qo‘llash [7; 139]. Bu borada S. Vlaxov va S. Florinlar quyidagi tarjima usullarini tavsiya etadilar: 1. Transkripsiya; 2. Kalkalash (so‘zning bir qismini tarjima qilib, bir qismini o‘z holida, hech qanday o‘zgarishsiz o‘zlashtirish); 3. Semantik muvofiqlik asosida yangi so‘z yoki so‘z birikmasini yaratish; 4. O‘zlashtirish; 5. Yaqin tarjima; 6. Tavsifiy tar

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Исследование полноты и точности передачи национальность, национальных особенностей в процессе перевода является характерные слова, одним из ключевых аспектов теории перевода.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Исследование полноты и точности передачи национальность, национальных особенностей в процессе перевода является характерные слова, одним из ключевых аспектов теории перевода. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nationality, English, with a particular focus on the novel Bygone Days, interpretation, asliyat, перевод текста, транскрипция, оригинальность, adequate, transkripsiya, characteristic words, izohlash, text translation, transcription, национальность, matn tarjima, адекватный, характерные слова, adekvat, milliylik, интерпретация, xos so’zlar, originality
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти