К содержанию
РецензированоRU2024

О словообразовании в английском и узбекском языках методом смешения

Feruza ABDURAKHIMOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 276-282 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Увеличение словарного запаса каждого языка напрямую блендинг, связано с методами словообразования, используемыми словообразование, в этом языке. В данной статье исследуется процесс когнитивная лингвистика, словообразования методом блендинга как в английском, контаминация, сокращение, так и в узбекском языках. Описывается метод блендинга, составные слова, а также, на основе исследований лингвистов, явление смешивание, образования новых слов этим методом было сравнительно лексическая единица, изучено в двух языках и проанализировано на конкретных эллипсис. примерах. Ingliz tili rivojlanishining hozirgi bosqichida yuqori samarali so‘z yasash usullardan biri kontaminatsiya, ya’ni blendingdir. Kontaminatsiya (blending) so‘z yasash jarayonida nisbatan yoshroq hodisa, u XX asrda keng tarqaldi, ikkita qisqartmani biriktiruvchi yoki bitta qisqartma va bitta to‘liq asosni bir leksik birlik sifatida birlashtirishdir. Hosil bo‘lgan yangi shakl ikkala so‘zdan kelib chiqqan leksik ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Bularga misol tariqasida quyidagi so‘zlarni keltirish mumkin: Moped (mototsikl + velosiped) Brunch (breakfast + lunch) Oxbridge (Oxford + Cambridge) Motel (motor + hotel) Smog (smoke + fog) Workaholic (work + alcoholic) Adidas (Addi + Dassler) Eurovizion (Europe + television) Boatel (boat + hotel) Blizzaster (blizzard + disaster) Ingliz tilida blending usulida so‘z yasash ba’zi tadqiqotlarda tahlil qilingan. Ularda blendingning tabiati, shakllanishi, turlari va boshqa jihatlari yoritilgan. Xususan, Martina Vagner so‘z yasash jarayonlarini tushuntirar ekan, jumladan, qo‘shma so‘zlar yasalishi, blending, qisqartirish (akronim), o‘zlashtirish, neologizmlar yoki (coinage) shuningdek, ingliz tilidagi yangi so‘zlar masalalarini muhokamaga tortadi. Stefan Gris ingliz tilida blending so‘z yasalish jarayonini o‘rganadi. U, shuningdek, blendingni ushbu savollar nuqtayi nazaridan tekshiradi: 1) blendingni boshqa so‘z yasalish jarayonlaridan qanday farqlash mumkin? 2) blendinglarning turlarini bir-birida farqlash mumkinmi? 3) nima uchun blendinglar bunday tuzilishga ega? Jon Algeo – leksik blendinglarning sxema va foydalanishga asoslangan tahlilini taqdim etadi. U blendingni uch guruhga ajratadi: fonemik o‘xshashlik: bo‘g‘in yoki bo‘g‘inning bir qismi ikki so‘z o‘rtasida taqsimlanadi. Klipping: ikkita so‘zni qisqartirib va ularni qo‘shish. Fonemik o‘xshashlik va klipping: ikki so‘zni umumiy bo‘g‘inga qisqartirish va qo‘shish. 277 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2024) / ISSN 2181-3701 Tomas Payl va Jon Algeo har bir davrga mansub tilshunoslik sohalarini o‘rgandilar. Tadqiqotchilar o‘z ishlarida qo‘shma so‘zlar, klipping, blending usullari orqali so‘z yasalishi, shuningdek, ularning vazifasi va shakllari haqida yozganlar. Kognitiv tilshunoslikda (J. Lakoff, R. Langaker, L. Talmi, U. Cheyf, Ch. Fillmor, N.D. Arutyunova, N.N. Boldirev, V.I. Karasik, V.Z. Demyankov, Y.S. Kubryakova, Y.N. Karaulov, Y.S. Stepanov, I.A. Sternin, V.N. Teliya, Sh. Safarov, D.S. Xudoyberganova, Sh. Iskandarova, M. Hakimov va hakazo) innovatsion yo‘nalishlarning kirib kelishi, o‘z navbatida, tildagi jarayonlarni, jumladan, so‘z yasalish jarayoni “inson omili” va “kognitiv faoliyat (idrok, foydalanish, axborotni saqlash va ishlab chiqarish)” ni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Bundan tashqari, kognitiv voqelik nafaqat inson faoliyatidagi leksikadan foydalanish, balki yangiliklarni shakllantirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Bu jihatdan N.N. Boldirevning fikri muhimdir. Ma’nolarni shakllantirish jarayoni, kognitiv in’ikos qilish jarayonini, yaqindan olamni anglash va shunga o‘xshash bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, so‘z yasalish sohasi struktur-semantik jihatdan ko‘p o‘rganilgan, ammo kognitiv tomondan yеtarlicha o‘rganilmagan. Tilshunoslikning yangi bosqichga o‘tishi, uning diqqat markazida inson kognitiv faoliyati bo‘lsa, ikkilamchi kelib chiqishi lingvistik darajada emas, balki aqliy jihatlarga bog‘lab o‘rganishni taqozo etadi. Blending – qo‘shma so‘zlarga o‘xshash bo‘lib, u ham ikkita alohida mustaqil komponentlarning qo‘shilmasidan yaxlit yangi so‘zning hosil bo‘lishidir. Biroq blendingda birinchi so‘zning birinchi bo‘g‘ini va uni ikkinchi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga qo‘shish orqali hosil qilinadi. Bizning fikrimizcha, qo‘shma so‘zlar va blendinglar orasida farq bor. Qo‘shma so‘zlar butun bir ma’noli so‘zdan iboratdir (dalahovli, xon qizi- ladybird, doorbell – eshik qo‘ng‘irog‘i kabi), blendinglar esa so‘zlarning qisqartmalaridan iborat va birikmadagi komponentlarning bog‘lanishining morfologik xususiyati – morflarni kesish va ustma-ust joylashtirish va bog‘lash bilan tavsiflanadi. Blending atamasi kamida bittasi qisqartirilgan, ikki yoki undan ortiq shakllar kombinatsiyasini anglatadi. Blendingda so‘zning bir qismini oddiygina tushurib qoldirish yoki bir-biriga o‘xshash harflarni yoki

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Увеличение словарного запаса каждого языка напрямую блендинг, связано с методами словообразования, используемыми словообразование, в этом языке.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Увеличение словарного запаса каждого языка напрямую блендинг, связано с методами словообразования, используемыми словообразование, в этом языке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
blending, word formation, through examples, mixing, lexical unit, qo‘shma so‘zlar, aralashtirish, compound words, so‘z yasalishi, лексическая единица, qisqartirish, контаминация, cognitive linguistics, составные слова, эллипсис, contamination, ellipsis, когнитивная лингвистика, leksik birlik, сокращение, блендинг, смешивание, словообразование, kognitiv tilshunoslik, kontaminatsiya, shortening
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти