К содержанию
РецензированоRU2024

Выражение концепта «стыд» в узбекских фразеологизмах

Munirakhon MAKHMUDOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 196-201 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье проводится анализ фразеологических пословица, единиц узбекского языка, в которых отражается концепт концепт, «стыд». Фразеологизмы, накопившие вековые традиции и стыд, культурные значения, играют ключевую роль в сохранении образный аспект, концептуальный аспект, и передаче культурных идентичностей. В работе ценностный аспект, рассматриваются образные, концептуальные и ценностные лингвокультурология. аспекты этого понятия через призму пословиц и поговорок. Анализ подчеркивает, как глубоко понятие «стыд» интегрировано в социальные и культурные аспекты узбекской жизни, демонстрируя его влияние на поведенческие нормы и моральные ориентиры общества. O‘zbek millati kundalik hayotida uyat, or-nomus kabi hislar katta o‘rin egallaydi. Shubhasiz, umuminsoniy-ma’naviy qadriyatlar insoniyat asosini tashkil qiladi, hayotning ma’no va mazmunini belgilaydi. Frazeologik birliklar inson ichki hissiy hayotining namoyon bо‘lishini tavsiflaydi va asosiy his-tuyg‘ularni tо‘g‘rilaydi, uning qanday faollashtirilganligini, u qanday namoyon bо‘lganligi va tajribasini, ularning har biri aloqada qanday funksiyalarni bajarishini tushunishga yordam beradi. Tilshunoslikda frazeologik birliklarning ekspressiv-baholash va funksional uslubiy bо‘yoqdorligini uslubiy ma’no komponentlari sifatida tan olish; ular о‘rtasidagi munosabat masalasiga doir turli xil qarashlar mavjud. A.I. Molotkovning fikricha, frazeologik birliklarning ekspressiv-emotsional bо‘yog‘i ularning muayyan nutqiy uslublarda qо‘llanishi bilan bog‘liq emas: “Frazeologizmning ekspressiv-emotsional bо‘yog‘i ularni muayyan funksional uslubda qо‘llash hamda о‘zlaridagi uslubiy va tarixiy- zamonaviy tavsifi bilan bog‘liq emas. Ibora og‘zaki sо‘zlashuv, oddiy, eskirgan, dialektal kabi xususiyatlaridan qat’iy nazar, u yoki bu ekspressiv-emotsional bо‘yoqni nutq jarayonida qо‘llashdan oladi [1].” Boshqa bir guruh olimlar esa bu ikki komponent bir-biri bilan uzviy bog‘liq, ular bir butun holda frazeologik birlik semantik tuzilishida amal qiladi, deb ta’kidlaydilar. Avval qayd qilganimizdek, bu ikki komponent (ikki bо‘yoq) frazeologik birlikdagi bir hodisaning turli tomonlaridir. Ba’zan frazeologik birlikning ekspressiv-baho bо‘yog‘i uning funksional-uslubiy bо‘yog‘i bilan о‘zaro aloqada bо‘lib, ular о‘rtasida sabab-oqibat munosabatlari yuzaga keladi, ya’ni biri ikkinchisini taqozo etadi, keltirib chiqaradi. Insonning hissiy holatini ifoda etadigan frazeologizmlar guruhi о‘zbek tilida juda kо‘p, ifodali va ichki tasvirlarga boy. Frazeologizmlar odamlarga xos bо‘lgan his- tuyg‘ularni ifodalaydi: sevgi, baxt, g‘azab, qо‘rquv, uyat, xushomad va boshqalar. Frazeologizmlar bir necha sо‘zdan tashkil topganligiga qaramay ular birgina sо‘z ifodalay olishi mumkin bо‘lgan frazeologik ma’noga ega. Frazeologik ma’no leksik ma’nodan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi sо‘zlar bog‘lanishidan kelib chiqadi va umumlashgan bо‘ladi [2]. Quyida “uyat” konsepti bilan bog‘liq maqollar va iboralar tahlil qilinadi. Maqollar til leksik qatlamining yillar davomida mavjud bo‘lib kelgan katta qismini egallaydi va “uyat” konseptini ifodalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqollar 197 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 4 (2024) / ISSN 2181-3701 “...xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi, O‘zi va O‘zligi to‘la namoyon bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilib kelgan va qo‘llanmoqda” [3]. Odamda ma’naviy tamoyilning ahamiyatini aks ettirgan holda, maqollar uyat holatining muqarrarligi haqida gapiradi va shu bilan birga insonning yaxlitligini buzadigan haddan tashqari axloqiy tajribalardan ogohlantiradi. Maqollarda uyatning o‘z- o‘zini ayblash hissi va uyat hissi odamlar oldida o‘zlarining xatolarini anglash kabi qarama-qarshiligi saqlanib qolgan. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” elektron manbasida “uyat” so‘zining quyidagi ma’nolari beriladi: 1. Oʻz qilmishi, nooʻrin xatti-harakatidan xijolatlik hissi; nomus. 2. Axloq-odob, taomil talabiga toʻgʻri kelmaydigan, unga zid ish, xatti-harakat va shu kabilar. 3. Uyat boʻladigan, uyatli. 4. Uyatli ish, xatti-harakat, holat kabilarni alohida taʼkidlash, qayd etish uchun qoʻllanadi [4]. “Uyat” leksemasining yuqoridagi semalariga to‘g‘ri keluvchi va unga sinonim tarzda qo‘llaniluvchi bir qancha leksemalar qatori mavjud: sharmanda, or, nomus, ibo, hayo, isnod, xijolat, o‘ng‘aysiz, oriyat, izzat-nafs, sharm, noqulay, andisha va h.k. Bularning barchasi o‘zbek xalqi ongida “uyat” konsepti ostiga birlashgan bo‘lib, o‘zbek kunda

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье проводится анализ фразеологических пословица, единиц узбекского языка, в которых отражается концепт концепт, «стыд».»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье проводится анализ фразеологических пословица, единиц узбекского языка, в которых отражается концепт концепт, «стыд». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
proverb, of Uzbek life, demonstrating its influence on behavioral norms, tushunchaviy jihat, shame, maqol, obrazli jihat, value aspect, linguoculturology, стыд, concept, лингвокультурология, концептуальный аспект, образный аспект, пословица, lingvomadaniyatshunoslik, konsept, figurative aspect, qadriyat bilan bog‘liq jihatlar, концепт, ценностный аспект, conceptual aspect, uyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти