МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Исследование проблемы лакун в мировой лингвистике
Shakhlo BAKHODIROVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 798-804 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются проблемы исследования лакуна, лакун в контексте мирового языкознания. Лакуны, адаптация, представляющие собой понятия или идеи, отсутствующие в неологизм, одном языке, но присутствующие в другом, являются грамматические лакуны, культурные лакуны, ключевым элементом для понимания культурных и лексические лакуны, языковых различий. Особое внимание уделяется значению западное языкознание, лакун для переводческой деятельности, поскольку они перевод, могут стать препятствиями в точном и эффективном коммуникация, переводе, требуя от переводчиков находить способы семантическое единство. сохранения языкового богатства и разнообразия. В статье представлены конкретные примеры, которые демонстрируют, как лингвисты подходят к изучению лакун, выявляют их присутствие и воздействие на языковое и культурное взаимодействие. Til insoniyat tarixida eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida xizmat qilgan va xizmat qilmoqda. Til orqali odamlar fikr almashadi, his-tuyg‘ularini ifodalaydi va bilimlarini uzatadi. Biroq, tillar о‘rtasidagi farqlar ba'zan ma'lum bir tilda mavjud bо‘lgan tushunchani boshqa bir tilda tо‘liq ifodalashni qiyinlashtiradi. Shu nuqtai nazardan, "lakuna" tushunchasi tilshunoslikda muhim о‘rin egallaydi. Lakuna - bu bir til yoki madaniyatda mavjud bо‘lgan, lekin boshqa til yoki madaniyatda aniq ekvivalentga ega bо‘lmagan semantik birlikdir. Jahon tilshunosligida lakuna masalasining о‘rganilishi tilshunoslikning qiyosiy tahlil sohasida va tarjima jarayonlarida katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Tilshunoslikda bu tushuncha muayyan madaniyatga xos bо‘lgan tushunchalarning boshqa tillarda ekvivalenti yо‘qligini ifodalaydi. Lakunalar turli xil kо‘rinishlarda namoyon bо‘lishi mumkin: leksik, grammatik va madaniy. Leksik lakunalar sо‘zlar va iboralarning yо‘qligi bilan bog‘liq bо‘lsa, grammatik lakunalar til strukturasi va qoidalaridagi farqlar tufayli yuzaga keladi. Madaniy lakunalar esa madaniy tushunchalarning turlicha bо‘lishidan kelib chiqadi. Lakunalar tarjima jarayonida katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tarjimonlar bu qiyinchiliklarni yengib о‘tish uchun turli xil usullarni qо‘llaydilar. Misol uchun, tushuntirish usuli yordamida tarjimonlar lakunaning ma'nosini kengaytirish yoki chuqurroq izohlash orqali ifodalashga harakat qiladilar. Boshqa bir usul - adaptatsiya, ya'ni lakunani boshqa madaniyatga mos keladigan tarzda ifodalash. Shuningdek, yangi sо‘z yoki ibora yaratish, ya'ni neologizm usuli ham qо‘llaniladi. Bu usullar tarjimaning aniqligini va mazmunini saqlashga yordam beradi. Lakuna fransuzcha lakun – “bо‘shliq”, “chuqurlik”, “bо‘sh joy” degan ma’nolarni anglatadi. Kanadalik olimlar J.Vine va J.Darbelne tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan[6] lakuna tushunchasi rus tilshunosligida chuqur о‘rganilgan. Mazkur olimlar “Fransuz va 799 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 ingliz tillarini qiyoslash uslubi” nomli kitobida lakunaga ikki til qiyosida aniqlanadigan lisoniy hodisa sifatida quyidagicha tarif bergan: “Bir tildagi sо‘zning boshqa tilda muqobili topilmagan о‘rinlarda lakuna hodisasi voqelanadi”[6]. Ta’rifdan ham kо‘rinib turibdiki, ikki til muqoyasasida aniqlanadigan va tillarning birida muqobili mavjud bо‘lmagan tushunchani ifodalash uchun mazkur atama qо‘llangan. Lakuna atamasining keyingi davrdagi juz’iy semantik о‘zgarishlarga uchrashiga qaramasdan asl terminologik xususiyatlarini saqlab qolishida ayni shu tarif birlamchi asos vazifasini о‘tab kelmoqda. Rus va xorij tilshunosligida lakunarlik hodisasi va bо‘shliq turlarini tizimlashtirishga katta e'tibor berildi, masalan, J.P. Vine, J.Darbelne, Yu.A. Sorokin, E.M. Vereshchagin, S. Florin, S. Vlahov, V.G. Kostomarov, V.L. Muravyov, S.G. Ter-Minasova, Z.D. Popova, I.A. Sternin, V.I. Jelvis, I.Yu. Markovina, G.V. Bikova, Yu.S. Stepanov, V.G. Huk, E.A. Eynullayeva, L.K. Bayramova, K.M. Abisheva, B.T. Qulboyeva va boshqalar[7]. Jahon tilshunosligida lakuna masalasini о‘rganish kо‘plab tadqiqotlar va ilmiy ishlarga asoslangan. Masalan, rus tilshunosligida V.V. Vinogradov lakuna tushunchasini til madaniyati bilan bog‘liq holda chuqur tahlil qilgan. Uning tadqiqotlari lakunaning semantik va madaniy jihatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. G‘arb tilshunosligida esa E. Sapir va B. Whorf tillar va madaniyatlar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni tadqiq etgan. Ularning ishlari lakunalar va ularning tarjimadagi о‘rnini chuqur tahlil qilishga asos bо‘lgan. Lakuna masalasini о‘rganishning ahamiyati nafaqat ilmiy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham kattadir. Bugungi globallashgan dunyoda tillararo muloqot va madaniy almashinuvlar yanada kо‘paygan. Bu jarayonlarda lakunalarni tо‘g‘ri tushunish va ularga mos keladigan tarjima usullarini qо‘llash juda muhimdir. Lakunalar turli tillar va madaniyatlar о‘rtasidagi farqlarni aniqlash va tushunishga yordam beradi, bu esa tarjima jara
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются проблемы исследования лакуна, лакун в контексте мирового языкознания.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются проблемы исследования лакуна, лакун в контексте мирового языкознания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lacuna, examples that demonstrate how linguists approach the study of, neologizm, neologism, лакуна, грамматические лакуны, adaptation, grammatik lakunalar, lexical lacunae, grammatical lacunae, перевод, неологизм, leksikal kakunalar, communication, tarjima, adaptatsiya, Western linguistics, западное языкознание, лексические лакуны, коммуникация, семантическое единство, lakuna, g‘arb tilshunosligi, культурные лакуны, kommunikatsiya, translation, адаптация, cultural lacunae, semantic unity, semantik birlik, madaniy lakunalar
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеНазарова Шаҳло2017