К содержанию
РецензированоRU2024

Структура предложения и история его изучения

Farangiz NEMATILLOEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 135-139 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной работе основной целью является изучение предложение, особенностей и закономерностей построения предложений синтаксис-семантика, английского и узбекского языков, выявление их сходств и сравнительная типология, различий, а также их сравнительный анализ с когнитивно- семантика. грамматической точки зрения. Одним из ключевых аспектов исследования синтаксическо-семантической и структурной организации языков является проведение сравнительного анализа. При таком исследовании необходимо на примерах родственных и неродственных языков определить структурные и семантические особенности предложений. Tillarning sintaktik-semantik va strukturaviy tarkibini o‘rganishning asosiy omillaridan biri bu tillarni qiyosiy o‘rganishdir. Albatta, bu borada ma’lum darajada ishlar olib borilgan bo‘lsa-da, yetarli darajada ishlar amalga oshirilgan deyish qiyin. Olib borilgan ishlar sirasiga marhum professor olim J. Bo‘ronovning “Ingliz-o‘zbek tillari qiyosiy tipologiyasi” qo‘llanmasi, professor O‘.Q. Yusupovning risolalari, Sh. Ashurovning “Ingliz va o‘zbek tillarida kesim tipologiyasi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi va shu kabi bir necha ishlarni keltirish mumkin. Shunga ko‘ra, tilshunos olimlar gap tadqiqotlari borasida tilning ichki (ya’ni bir tilning o‘ziga tegishli) va tashqi (qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillar bilan qiyosi) masalalariga tegishli ko‘p muammolarni ko‘rishgan va ulardan ko‘pi o‘z yechimini topgan. Shunday bo‘lsa-da, har bir tilda, jumladan, ingliz va o‘zbek tillarida gap strukturasi zamonaviy tilshunoslik sohalari kesimida, pragmatik, kognitiv nuqtai nazardan tahlili etish, o‘rganish ham murakkab bo‘lib, jiddiy yondashuvni va ko‘p tahlillarni talab qiladi. Shuning uchun ham, eng avval har ikkala tilda ham tilshunos olimlarning gap strukturasi borasida paydo bo‘lgan fikrlarini, nazariyalarini solishtirib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ushbu gap doirasi haqidagi fikrlar, tushunchalarni va nazariyalarni o‘zaro qiyoslab o‘rganilishi tadqiqotni ma’lum bir yo‘nalishda olib borishga imkon yaratadi. Gap tuzulishi, tarkibi turli tillarda o‘ziga xos qonun-qoidalar asosida turlicha shakllanadi. Shunga ko‘ra so‘zlarning yasalishi, jumladan, gap tarkibining shakliy masalasining murakkab tomonlarini o‘rganish, ilmiy izlanishlar olib borish natijalari ham har xildir. Gap tarkibi va uning tipologik talqini hamda alohida ingliz va o‘zbek tillarida ham ko‘p tilshunos olimlar o‘z ishlarini ularning turli jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlaganlar. Masalan, ular sirasiga J. Bo‘ronov, O‘.Q. Yusupov, L.S. Barxudarov, B.A. Ilish, A. Hojiev, Sh. Rahmatullaev va boshqalar katta hissa qo‘shishgan. O‘zbek tilshunosligiga nisbatan ingliz tilshunosligida gap tarkibi keng o‘rganilganligi olib borilgan tadqiqotlar va olimlarning ilmiy izlanishlaridan ko‘rinib turadi. Ya’ni ingliz tilida gap tarkibi tuzilishi tilning ichki masalasi sifatida ham keng o‘rganilishi bilan birga, kognitiv, diskursiv tomonlari hamda tashqi masalasi sifatida ham juda ko‘plab tillar bilan qiyoslab o‘rganilganligi va buning natijasida tildagi yangi 136 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 2 (2024) / ISSN 2181-3701 imkoniyatlar yoritib berilganini ko‘rish mumkin. Hozirgi kunda ko‘plab ingliz tilshunoslari gap tarkibi borasida sezilarli ishlarni amalga oshirganligini va buning natijasida keltirilgan ahamiyatli nazariyalar paydo bo‘lganining guvohi bo‘lish mumkin. Bunga misol qilib, R. Langakerning “Kognitiv grammatikasi”ni keltirish mumkin. Tilshunos olimlardan N. Chomsky, J.D. Fodor, Ronald W. Langacker, Rappaport Hovav, S.C. Dik, A.-J. Greymas, V.A. Plungyan va M.A. Abdurazzokov, P.A. Abdurahmonov, M. Asqarova hamda shu kabi ko‘plab tilshunoslar gap tarkibining turli tillar, jumladan ingliz, o‘zbek tillaridagi imkoniyatlarini ochishga harakat qilishgan. Bular qatori yana ko‘plab tilshunos olimlarning qimmatli ishlarini aytib o‘tish mumkin. Gap tarkibining har ikkala tilda ham alohida o‘rganib chiqilgan tomonlari keyingi qilinadigan ishlar uchun nazariy va amaliy jihatdan imkoniyatlar yaratadi. Ya’ni tilshunos olimlarning gap tarkibini kognitiv grammatika termini haqidagi qarashlari, so‘z birikmalari bilan o‘xshash va farqli tomonlari haqidagi fikrlari, sintaksis tarixiy taraqqiyoti, sintaktik tasniflari haqidagi mulohazalari gap tarkibi nazariyasi tadqiqotlarining davom etishida katta ahamiyatga ega. O‘zbek tilida gap tarkibi bo‘yicha qilingan ishlarda o‘zbek tilshunoslaridan tashqari “O‘zbek tili grammatikasi masalalari”ni o‘rgangan akademik A.N. Kononov., professor V.V. Reshetov kabi rus olimlarining ishlari ham ahamiyatlidir. Bu olimlar o‘zbek va rus tillarining turli sohalarini qiyoslab o‘rganish orqali tildagi ko‘plab imkoniyatlarni yoritib berishgan. Jumladan, ular tilning morfologik qatlamidan tashqari gap tarkibini strukturaviy shakllarini, sintaktik aloqadorlik tomonlarini ham o‘rganishgan. Ingliz va o‘zbek tillarini qiyoslab o‘rganish

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной работе основной целью является изучение предложение, особенностей и закономерностей построения предложений синтаксис-семантика, английского и узбекского языков, выявление их сходств и сравните…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной работе основной целью является изучение предложение, особенностей и закономерностей построения предложений синтаксис-семантика, английского и узбекского языков, выявление их сходств и сравните… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sentence, using examples of related and unrelated languages, семантика, syntax-semantics, semantics, сравнительная типология, синтаксис-семантика, предложение, gap, sintaktik-semantik, qiyosiy tipologiya, semantika, comparative typology, typology
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3