К содержанию
РецензированоRU2024

Механизм патриотического воспитания обучающихся в начальном образовании

Shakhnoza UMAROVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 117-122 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье представлены отзывы и рекомендации воспитание, относительно методов, приемов и технологий, которые патриотизм, важно использовать при отборе, анализе и усвоении гордость, текстов учащимися с целью повышения чувства знание, умение, национальной гордости в процессе обучения по предмету квалификация, «Воспитание» на основе логического мышления. текст, вопрос, задание, логическое мышление. Boshlang‘ich sinflarning tarbiya darslari orqali o‘quvchilarda milliy g‘ururni rivojlantirish bugungi ta’limning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Har bir kishi odamlar orasida farovon yashashi uchun u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak. Zero, Yurtboshimiz ham “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” [1], deya ta’kidlaydilar. Ma’lumki, “Tarbiya” fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan. “Tarbiya” fanini joriy qilingandan buyon yaratilgan metodik ta’minot bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda. Mazkur fanni o‘qitishga boshlang‘ich sinflarda alohida e’tibor qilinmoqda. O‘quvchida yurtsevarlik tuyg‘usi shakllanishi uchun avval unda milliy iftixor tuyg‘usi kamol topishi kerak. Buni Tarbiya darslarida hosil qilishning eng samarali usuli – tarbiyaviy ahamiyati yuqori, vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan quyma matnlar tanlab olinishi va shunga munosib ravishda mantiqiy fikrlashga undaydigan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqilishi kerak. Tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan foydalanish ta'lim jarayonida o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktika – ta’lim nazariyasi hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar esa o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi,ixtiyoriy diqqatini jamlashga yordam beradi, shuningdek xotirani takomillashtiradi. Didaktik o‘yin jarayonida o‘quvchilar o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p harakatlarni,mashqlarni bajaradilar,turli masalalarni yechadilar[2]. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “milliy” so‘zi (arabcha) biror millatning o‘ziga xos xususiyatini ifodalovchi, biror mamlakat va uning aholisi bilan bog‘liqligi ta’riflanadi[3]. Demak, o‘zbek millatiga oid, O‘zbekistonni davlat, mamlakat sifatidagi tarixiga oid barcha moddiy va ma’naviy qadriyatlar milliy qadriyat sanaladi. Shu ma’noda me’moriy obidalar har ikki maqomdagi qadriyat sifatida ham ijtimoiy, ham pedagogik 118 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 2 (2024) / ISSN 2181-3701 (tarbiyaviy) ahamiyat va mohiyat kasb etadi. “G‘urur” so‘zi ham arabcha so‘z bo‘lib, insonning o‘z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi, faxrlanish tuyg‘usi, faxr, iftixor, faxrlanishga asos bo‘ladigan narsa tariqasida talqin etilgan. Bolalarda faxrlanish tuyg‘usi, avvalo, o‘zi yashab turgan hudud, u yerda mavjud qadriyatlar asosida shakllanadi. Me’moriy obidalar esa ham bevosita, ham bilvosita ta’sir etuvchi omil sifatida samarali qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositadir[4]. Milliy g‘urur tushunchasi “Mustaqillik: ilmiy-ommabop lug‘at”da “Milliy g‘urur – millatning o‘z-o‘zini anglashi natijasida sodir bo‘ladigan doimiy ichki ruhiy ko‘tarinkilik. U o‘z ona zamini, avlod- ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma’naviy merosdan, o‘z millatining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulushlaridan, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘- e’tiboridan faxrlanish hissiyotidan iborat. Milliy g‘urur o‘z millatining chinakam fidoyisi bo‘lgan har bir insonga xos ichki ruhiy tuyg‘udir... milliy g‘urur har bir kishida o‘z millatining moddiy, ma’naviy meroslarini o‘zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o‘zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi”[5]. 2-sinf darsligining 10-betida Mirzo Ulug‘bek yulduzlari haqida ma’lumot bor. Keling, tanishib chiqamiz. Mirzo Ulug‘bek yulduzlari Mirzo Ulug‘bek yoshligidan ko‘p vaqtini kutubxonada o‘tkazar, tinmay kitob oqir edi. Bu kitoblarni uning bobosi – Sohibqiron Amir Temur to‘plagan edi. Mirzo Ulug‘bek ayniqsa matematika va astronomiyaga qiziqardi. Shuning uchun yulduzlarni kuzatadigan inshoot-rasadxona qurishni orzu qilardi. Mirzo Ulugbek Samarqandda o‘zi orzu qilgan rasadxonani qurdirdi. Mirzo Ulugbek rasadxonas

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье представлены отзывы и рекомендации воспитание, относительно методов, приемов и технологий, которые патриотизм, важно использовать при отборе, анализе и усвоении гордость, текстов учащимися с ц…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье представлены отзывы и рекомендации воспитание, относительно методов, приемов и технологий, которые патриотизм, важно использовать при отборе, анализе и усвоении гордость, текстов учащимися с ц… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp117-122, текст, education, логическое мышление, qualification, iftixor, knowledge, воспитание, faxr, вопрос, vatanparvarlik, task, patriotism, question, патриотизм, mantiqiy fikrlash, text, malaka, g‘urur, topshiriq, знание, tarbiya, pride, savol, ko‘nikma, bilim, skill, квалификация, умение, гордость, logical thinking, matn, задание
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3