К содержанию
РецензированоRU2024

Меры криминологического и уголовно-правового противодействия бытовым преступлениям

Gulrukh SHERMATOVA · February -/© in Science LLC. (Samarkand Regional Department of Justice)

Общество и инновации · 6 · 221-226 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассмотрены виды бытовых преступлений, их бытовые преступления, криминологические и уголовно-правовые аспекты, преступность, особенности квалификации данного вида преступлений и потерпевший, меры по их предупреждению, а также даны реабилитация, физическое насилие, соответствующие предложения и рекомендации. психическое насилие, сексуальное насилие, финансовое насилие, криминологический анализ, правовая неграмотность. Hozirgi globallashuv davrida boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi hududida ham maishiy jinoyatlar, ya’ni jabrlanuvchiga nisbatan uning oila a’zolari tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar dinamikasining kun sayin o‘sib borishi jamiyatdagi xavfsizlikka va ijtimoiy barqarorlikka katta tahdid solib kelmoqda. Kriminologik jihatdan olib qaraganda, bunday turdagi jinoyatlarning aksariyati oiladagi ma’naviy muhit jinoyat qilishga moyil shaxslar tomonidan sodir etilishi nafaqat jabrlanuvchiga, balki jamiyatga ham katta zarar yetkazadi. Kriminologiya fani olimlaridan biri A.S. Pashchenko, “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik” atamasiga “oila aʼzolariga nisbatan odamlarni oʻzlari istamagan narsalarni qilishga majburlash uchun tahdid yoki jazo sifatida ogʻriq, haqorat, jismoniy cheklash maqsadida ularning irodasiga qarshi harakatlar jismoniy yoki ruhiy kuch ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan noqonuniy harakat” [1] deb ta’rif bergan bo‘lsa, E.P. Agapovning fikricha, “oilaviy zoʻravonlik yoki maishiy zoʻravonlik – qasddan jismoniy va/yoki ruhiy zarar yetkazish va oila aʼzolariga azob berish, shu jumladan, bunday xatti-harakatlar bilan tahdid qilish, majburlash, shaxsiy erkinlik mahrum qilish, yaʼni, zoʻravonlik – bu inson ustidan cheksiz hokimiyatga erishish, boshqa odamning xatti-harakatlari, fikrlari, his- tuygʻularini toʻliq nazorat qilish” [2] deb hisoblagan. Statistik ma’lumotlar tahlil qilinganda, O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragida sudlar tomonidan 4477 nafar shaxsni oiladagi zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592-moddasi – oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik bo‘yicha 4343 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ulardan 2344 nafariga jarima jazosi qo‘llangan, 1999 nafari esa ma’muriy qamoqqa olingan. Bundan tashqari, takror yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bilan sodir etilgan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik uchun 134 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 1261-moddasi bilan sudlangan, shundan 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 83 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan [3]. Oiladagi zo‘ravonlik muammosi nafaqat bir oilada, balki butun jamiyatda nosog‘lom ijtimoiy-axloqiy muhit mavjudligidan dalolat beradi. Oiladagi zo‘ravonlik katta ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik muammodir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 23-martda qabul qilingan hamda Senat 222 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 1 (2025) / ISSN 2181-1415 tomonidan 2023-yil 6-aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bunga misol bo‘ladi [4]. Shuningdek, 2019-yil 2-sentyabr “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni [5], 2021-yil 19-may “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori [6], 2021-yil 6-oktyabr “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori [7] kabi normativ huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Mazkur normativ huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi nafaqat ayollar va bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini zulm va zo‘ravonlikdan himoya qilishning institutsional-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan, balki huquqni qo‘llash amaliyotidagi ayrim muammolarni hal etishga oid masaladir. Bu ayollar va bolalar huquqlariga daxldor jinoyatlar uchun mutanosib jazo choralarini belgilash bilan bog‘liq, chunki ayollarni ta’qib va zo‘ravonlikdan himoya qilishning milliy qonunchiligimizda deyarli qonuniy kafolatlari mavjud emas edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592 – moddasida keltirilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning harakatlari BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq, shuningdek, Jinoyat kodeksining 1261-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxsning qilmishi esa 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo bilan kvalifikat

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассмотрены виды бытовых преступлений, их бытовые преступления, криминологические и уголовно-правовые аспекты, преступность, особенности квалификации данного вида преступлений и потерпевший, м…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассмотрены виды бытовых преступлений, их бытовые преступления, криминологические и уголовно-правовые аспекты, преступность, особенности квалификации данного вида преступлений и потерпевший, м… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, jinoyat, бытовые преступления, правовая неграмотность, ruhiy zo‘ravonlik, финансовое насилие, jabrlanuvchi, физическое насилие, moliyaviy zo‘ravonlik, victim, domestic crimes, jinsiy zo‘ravonlik, kriminologik tahlil, crime, потерпевший, criminological analysis, реабилитация, психическое насилие, financial violence, преступность, rehabilitation, сексуальное насилие, reabilitatsiya, sexual violence, jismoniy zo‘ravonlik, physical violence, криминологический анализ, huquqiy savodsizlik, maishiy jinoyatlar, mental violence, legal illiteracy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники