К содержанию
РецензированоRU2024

Важнейшие компоненты восточных традиций наставника-ученика в системе музыкального образования (в разрезе узбекского музыкального образования)

Ma'rufjon RASULOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Andijan State University)

Общество и инновации · 5 · 218-222 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается узбекский модуль, а модуль, также интеграция и взаимодействие методов традиции метод, "учитель-ученик", широко применяемых в теории и практике традиция, восточной музыки, с методами обучения и учебными стиль, музыка, процессами, используемыми в мировой науке. Исследуются, статус, анализируются и освещаются процессы, наблюдаемые с теория, точки зрения музыковедения. модальность, фактура, соноризм, аккорд. “Hunarli kishi xor bo‘lmas”, deydi xalqimiz. Ammo keyingi paytda farzandlarimizning mohir hunarmandlar qo‘lida kasb-hunar o‘rganishiga yetarli e’tibor berilmayapti. Vaholanki, ustoz ko‘rgan o‘g‘il-qizlarimiz domlasiga munosib bo‘lishga intiladi, ularning ko‘magi bilan hayotda o‘z o‘rnini topadi. Shu bois, hududlarda “ustoz-shogird” an’anasini kuchaytirsak, o‘ylaymanki, nur ustiga nur bo‘ladi. Sh. Mirziyoyev. Musiqa ilmida xususan An’anaviy xonandalikda ustoz shogird an’analari chuqur axamiyat kasb etadi. Aynan xofizlik san’atida yosh ijodkorning, ijrochining o‘z vaqtida kerakli ustoz qaramog‘ida bo‘lishligi bu katta baxtdir Musiqa san’ati insoniyatning ma’naviy boyligi, estetik dunyoqarashi va kelajak kamolotining belgilovchi mezonlardan biri sifatida ardoqlanib keladi. Unda har bir xalqning milliy an’analari, urf-odatlari, marosim va qadriyatlari munosib o‘rin olgan. Yo‘nalishlar qatorida hofizlik san’ati eng qadimiysi, amaliy tajribada pishgan va amaliyot jarayonida mukammallikka erishgan tarmoqlardan biri sifatida shakllangan. Hofizlik musiqa san’atining barcha tarmoqlariga birdek ta’sir etadigan hamda bir me’yorda va ibrat bo‘ladigan xususiyatlar bilan sug‘orilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak hofizlik san’ati sertarmoq, tartibli, tarkibli, muayyan qonuniyatlarga asoslangan va, albatta o‘ziga xos ananalarini yuzaga keltirgan soha desak, adashmagan bo‘lamiz. Bularning barchasini shakllanib rivojlanishi esa, musiqaning kuchini, sehrini namoyon etuvchi “ijrochilik”, ya’ni musiqa ohanglari jonli jarayonining natijasidir. Ijrochilik-musiqa san’atining asoslaridan biri sifatida uning borligini ifoda etuvchi jarayon, ahvolini belgilovchi mezon hamda mahorat darajasini aniqlab beruvchi omildir. 219 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 Ijrochilikda zohiriy taraflarini ko‘z bilan ko‘rib, ma’nosini qalban his etib, bahramand bo‘ladigan bu jonli jarayonda kuy va ashulalarni yuzaga kelishi uchun muhim hisoblangan bir qator sifat va xususiyatlar uyg‘unlashgandir. Ijrochilikning ana shunday asosiy qonunlari xonandalik, cholg‘uchilik (sozandalik) hamda raqs yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Ularning har biri alohida va shu bilan birga uyg‘unlashgan holda xalq ijrochilik amaliyotida shakllangan va rivojlangan. Pirovardida, san’at deb atalmish ma’naviyatimizning sirli, badiiy, ruhiy va jozibali jihatlarini namoyish etuvchi turlari sifatida muhrlangan. An’anaviy xonandalik san’ati professional ashulachilar orasida keng ommalashdi. Ularning janr jihatidan keng qamrovliligi, ijro talqinining turlanishi, joy va makon an’analarining ahamiyati negizida o‘sib-boyib bordi. Natijada shaxsiy hamda mahalliy unsurlar bilan xarakterlanuvchi ijro uslublar, keyinchalik ijro maktablari yuzaga keldi. Andijon, Xorazm, Marg‘ilon, Qo‘qon hofizlik maktablari yoki Hamroqul Qori, Hojixon Boltaev, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mamatbuva Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov kabi shaxsiy ijro uslublar shular jumlasidandir. Ushbu maktablarning o‘ziga xos jihatlarining shakllanib sayqallanishida ustoz-shogird an’anasi asosiy ahamiyat kasb etadi. Uning natijasida bilim, ya’ni hofizlik xonish Bilan bog‘liq ilm darajasi namoyon bo‘lishi lozim. Ya’ni, ijro mahorati, so‘z talaffuzi, ohang tarannumi, meros va ijodiy munosabat. Buning zaminida esa o‘zbek amaliy san’atida eng muhim hisoblangan omil ustoz-shogird an’anasi yotadi. Ushbu an’ana mumtoz san’at rivojining garovi sifatida azal- azaldan xalqimiz amaliyotida katta ahamiyat kasb etib kelgan. Ustoz-shogird an’anasi negizi esa, ilm o‘rganish demakdir va unda bir qator saboq mezonlarini o‘tash taqozo etiladi. Ustoz shogird an’analari sharq musiqa ta’limotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu uslub O‘zbek san’atida XX asrlarga qadar asosiy mezon sifatida xizmat qilgan. O‘zbek musiqashunoslik ilmi keng qamrovli va jumladan g’arb san’ati, ilmi, nazariyasi, metodikasi bilan bir qatorda sharqona ustoz shogird an’analari bilan chambarchas shakllanganligi bilan alohida e’tiborlidir. Biz bilamizki sharqda, xar bir soha ustoz – shogird an’anasida o‘rganib, o‘rgatib va targ‘ib qilib kelgan va shu an’ana xozirgi kunda ham davom etib kelmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi ta’lim jarayonini ham misol qilib keltirishimiz mumkin. O‘zbek musiqa madaniyatida ochilmagan ko‘p qirrali mavzular bisyordir. Shu bilan birga tadqiqotchi olimlarimiz tinmay ijod bilan mashg‘uldir. 2015-yil O‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqa nazariyasi kafedrasi tomonidan “Zamonaviy garmo

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается узбекский модуль, а модуль, также интеграция и взаимодействие методов традиции метод, "учитель-ученик", широко применяемых в теории и практике традиция, восточной музыки…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается узбекский модуль, а модуль, также интеграция и взаимодействие методов традиции метод, "учитель-ученик", широко применяемых в теории и практике традиция, восточной музыки… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2024 in Science LLC, sonorism, Module, modality, модальность, tradition, соноризм, style, теория, method, music, маком, традиция, музыка, maqom, theory, akkord, модуль, sonorizm, an’ana, modallik, musiqa, texture, аккорд, стиль, фактура, chord, uslub, Modul, status, faktura, metod, nazariya, метод
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники