Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Из истории археологических памятников Касансайского района
Shakhnoza KHAITOVA · Borillo BEKNAZAROV · as Mugtepa (National Archaeological Center)
Общество и инновации · 5 · 79-83 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлена информация об Кaсaнсaйский район, археологических памятниках Кaсaнсaйского района процесс антропогенеза, Наманганской области и истории их изучения. Отмечается, археологический что Касансай является историческим и древним городом, памятник, ремесла, где с древнейших времен развивались торговля, ремесла, а культурный слой, также городское планирование. Особое внимание уделено оборонительная стена, таким памятникам, как Мугтепа, Нагоратепа, Навжартепа и город, Дукортепа, и их значению в истории государственности. дворец правителя, городские руины. Kosonsoy shahri qadim tarixiy shaharlardan biri bo‘lib, bu shahar qadimda Koson deb yuritilgan, uning paydo bo‘lish tarixi va rivojlanishining ilk bosqichlari borasida yozma manbalarda juda kam ma’lumotlar berilgan. Shu bois shahar tarixini yoritishda asosan arxeologlar tomonidan ushbu hududda olib borilgan qazishmalar jarayonida topilgan ashyoviy dalillar va yozilgan ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalaniladi. O‘rta asrlar davriga oid bo‘lgan muallifi noma’lum “Hudud ul Olam” asarida va Yoqut Xamaviyning 1224-yilda yozilgan 14 jildli toponimik asari “Mujam ui- Buldon” (Mamlakatlar lug‘atlari) asarida Farg‘ona vodiysi shaharlari,xususan Koson asarda ”Kosan “nomi bilan tilga olingan.Tumanning hududida ko‘plab arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib, ular turli tarixiy davrlarga tegishli tepaliklar majmuini tashkil etadi. Bu borada qadimgi Koson shahri joylashgan Mug‘tepa yodgorligidan tashqari Tergachi qishlog‘idagi Nog‘oratepa, Gurmiron qishlog‘idagi eski qabriston, Rovot qishlog‘idagi Navjartepa, Dukortepa kabi maskanlar o‘tmishning guvohi bo‘lgan va Kosonsoyning uzoq tarixidan hikoya qiluvchi arxeologik yodgorliklar hisoblanadi. Aynan mazkur tepalarni mukammal tarzda tadqiq qilish orqali biz o‘tmish tarixni, xususan, jonajon o‘lkamiz tarixining ko‘plab noma’lum sahifalariga aniqliklar kiritishimiz mumkin.. XIX asrda chop qilingan “Turkistanskaya vedomosti” gazetasi xabar berishicha, fransuz olimi Bayron Uy – Falvi XIX asrning so‘nggi choragida Kosonda bo‘lib, Mug‘tepa xarobalarini o‘rganishga harakat qilgan. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, aynan u nafaqat Koson shahrini o‘rgangan dastlabki xorijiy mutaxassis, balki dastlab ushbu hududdagi qadimgi shahar qoldiqlarini tadqiq qilishga harakat qilgan olim hisoblanadi. Birinchi bo‘lib Koson (Mug‘tepa) vayronalarini 1895-yilda Sherbina-Kramarenko Nikolay Nikolayevich kelib ko‘rdi. U o‘z hisobotida boy arxeologik qimmatga ega bo‘lgan materiallar olish mumkinligini qayd etgan. Kosondagi ilmiy izlanishlarni 1946-yilda А.N. Bershntam tomonidan davom ettirilgan. Olimning fikricha, shaharda madaniy qatlamlar balandligi 10 metrni tashkil etadi. Mug‘tepaning sakkizta joyida ilmiy tekshirish ishlari olib borildi. А.N. Bernshtam Koson eramizdan avvalgi davrdagi harbiy istehkom, madaniy markaz shahar poytaxti bo‘lgan, degan xulosaga keldi. Mug‘tepa va Mug‘qalʼa yodgorliklarini o‘rganish 1951–1983-yillarda Y.А. Zadneprovskiy tomonidan davom ettirildi. Olim o‘z ilmiy izlanishlarida shahar madaniy qatlamlarining eramizdan avvalgi II–I asrlar davrini, yaʼni antik davrini o‘rgandi. Qazish ishlari natijasida qadimgi shaharning minorasi qisman ochildi. Y.А. Zadneprovskiy Koson shahri eramizdan avvalgi Davan podsholigining poytaxti bo‘lgan va u IV-VII asrlarda Farg‘ona davlatining markazi hisoblangan, degan fikrni olg‘a surdi. 80 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 U Fargona vodiysining shimoliy hududlarini o‘rganish borasida yozgan hisobotida bu yerdan arxeologik qimmatga ega bo‘lgan materiallar olish mumkinligini qayd qilgan. Oradan bir yil o‘tib N. Bryanov Sherbina-Kramerenkoga qarshi fikr bildirib, Koson shahri o‘rnidagi Mug‘tepa xarobalari qadimiy tarixga ega bo‘lsada, lekin ushbu shahar tarixini yorituvchi boy arxeologik materiallarga ega emas, deb yozgan. Bizningcha, bu davrda qadimiy Koson shahrida dastlabki tadqiqotlar olib borilganligi va tadqiqotchilar tomonidan ona zamin qa’rida shahar tarixidan so‘zlovchi noyob materiallar qazib olinmaganligi uchun ham muallif bunday xulosa chiqargan bo‘lishi mumkin. Kosonsoy qadimda poytaxt,ma’muriy markaz vazifaini ham bajarganligini quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Miloddan avvalgi I asrning oxirlari – milodiy I asr boshlarida Fargʻonaning siyosiy hayotida oʻzgarishlar yuz berib, hokimiyat tepasiga yuechji qabilalarining vakili oʻtiradi. Xuddi shu davrda Fargʻona vodiysida 10 balli zilzila yuz beradi. Natijada, Fargʻona vodiysidagi shahar va shahar tipidagi qarorgohlar vayron boʻladi. Poytaxt shahar Fargʻona, Qirqhujra va Eylaton oʻrnidagi shaharlar yer bilan yakson boʻladi. Eylaton oʻrnidagi Yuchen shahri tarix sahifasidan oʻchib ketadi. Qirqhujra va poytaxt shahar qaytadan tiklanadi. Lekin siyosiy poytaxt yangi joyga – Mugʻtepaga (Koson) koʻchiriladi, yaʻni Fargʻona- ning yangi hukmdori hozirgi Kosonsoy shahrining shimolida, Kosonsoyning oʻng sohilidagi stra
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлена информация об Кaсaнсaйский район, археологических памятниках Кaсaнсaйского района процесс антропогенеза, Наманганской области и истории их изучения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлена информация об Кaсaнсaйский район, археологических памятниках Кaсaнсaйского района процесс антропогенеза, Наманганской области и истории их изучения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kosonsoy district, оборонительная стена, городские руины, hunarmandchilik, ремесла, city ruins, city, mudofaa devori, shahar xarobalari, anthropogenesis process, Кaсaнсaйский район, ruler's palace, Kosonsoy tumani, madaniy qatlam, археологический памятник, процесс антропогенеза, hukmdor saroyi, arxeologik yodgorlik, antropogenez jarayon, archaeological monument, defensive wall, культурный слой, дворец правителя, shahriston, crafts, город, cultural layer
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026