К содержанию
РецензированоUZ2025

YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘G‘IL BOLA TARBIYASI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA AXLOQIY- FALSAFIY QARASHLAR TAHLILI

Xojiqulov Naimjon Raimovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida buyuk mutafakkir olimlarning axloqiy- falsafiy, ma’naviy qarashlari, tarbiyaning umumiy ijtimoiy vazifasi, farzand tarbiyasida ota- onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga oid turli yondashuvlarning falsafiy asoslanishi rivojlantirish bo‘yicha pedagog, psixolog, falsafiy olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: mutafakkir olimlarning falsafiy qarashlari, axloqiy- ma’naviy ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, o‘g‘il bola tarbiyasi, pand-nasihat, aksiologik talqinlar tahlili. Ulug‘ mutafakkir olimlarimiz o‘zlarining yozgan asarlarida axloqiy-falsafiy, ma’naviy qarashlarida o‘g‘il bola tarbiyasiga alohida e’tibor bilan chuqur yondashganlar. Xususan, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim») asari ta’lim-tarbiya tarixi, uning nazariy masalalari, o‘g‘il bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda foydalanish muhim bo‘lgan mohiyatan teran manbadir. “Qutadg‘u bilig” asarini birinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilgan filolog olim Q.Karimov, bu asar “axloq va odob, ta’lim va tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlari, usullari, chora-tadbirlarini mujassamlashtirgan qomusdir” 1 deya munosabat bildirgan. Tadqiqotchi D.Y.Xodjayeva “Qutadg‘u bilig” asarida ilgari surilgan axloqiy-ma’naviy qarashlar to‘g‘risida shunday munosabat bildiradi: Asardagi “to‘rtta yetakchi qahramon; Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘gdulmush, O‘zg‘urmish obrazlari orqali ramziy timsollar tarzida adolat, davlat, aql va qanoatni ifodalashi talqin qilinib, qahramonlar o‘rtasida kechgan savol-javob, munozara asosida muallif o‘zining ilg‘or falsafiy qarashlarini, odob- axloq meyorlarini jamiyat turli tabaqalarining burch va farzlarini ijtimoiy hayotning hamma tomonlari haqida fikr yuritgan. Faqat bilimli, aql zakovatli kishilargina ezgu savobli ishlarni qilishga qodir bo‘lib, haqqoniy odil, adolatli siyosat yurgazib kelgan”2 degan xulosani ilgari suradi. Asarda o‘g‘il bola tarbiyasida 1 Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. (Тўртликлар) / Нашрга тай. Қ.Каримов. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1971.- Б. 15. (160 б.) 2 Xodjaeva D,Yu. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ma’naviy - axloqiy qarashlar // Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies Hosted online from Paris, France. Date: 19 th January, 2023 ISSN: 2835-3730.- B. 373-380. 352 Fevral, 2025-Yil otaning roliga alohida e’tibor qaratilib: “Bolaga otaning mehnati singgan bo‘lsa, So‘ng u bolaning xulq-atvorida bilinadi. Ota bolani nazoratda tutsa, U yaxshi, ezgu bo‘ladi”. “Ota bolani kichikligidan bebosh qilib qo‘ysa, Bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otada”3 degan mulohazalar ifodalangan. Asarda tarbiya masalalari pand-nasihat tarzda ifodalangan bo‘lib, uni quyidagi to‘rtlik misolida ham ko‘rishimiz mumkin: “Ota pandiga san tugal qil amal, Yurarsan bo‘lib baxtiyor har mahal, Otangni, onangni sevintir tamom, Bu xizmat yetirgay tilakka tugal”4. Bunda o‘g‘il bolalarning otalar pandiga amal qilishi, baxt va baxtiyorlik belgisi sifatida qaralib, farzand ota-onani sevintirishi va rozi qilishi orqali o‘zi orzu qilgan hayotga va oldiga qo‘ygan maqsadlarga yetishish badiiy-falsafiy talqin asosida bayon etilgan. Shuningdek, asarda o‘g‘il bolani tarbiyalashga gnoseologik nuqtai nazardan yondashish lozimligini ko‘rsatib, o‘g‘il bolalarni bilimli va hunarli qilib tarbiyalash lozimligini, bilim tufayli inson boshiga til orqali tushishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklar va falokatlardan ham saqlashi, insonning haqiqiy baxti bilimda ekanligini urg‘ulab, quyidagi tarzda bayon etilgan: Odamni vuhushdan bilim farqladi, Bilim birla inson qadin tikladi, Bo‘lib qolma yilqi, bilim ol, hunar, Bilib so‘zla, tilni bilim saqladi5. Umuman Yusuf Xos Xojibning o‘g‘il bola tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlarini aksiologik nuqtai nazardan talqin etadigan bo‘lsak, uning “Qutadg‘u bilig” asari asrlar silsilasida toblanib, bizgacha yetib kelgan va o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan, falsafiy mazmuni va mohiyati bilan o‘rganishga loyiq ma’naviy meros sifatida tarbiya metodologiyasini boyitish uchun xizmat qiluvchi muhim va qimmatli manbadir deyishimiz mumkin. Tadqiqotchi B.B.Hamdamovning yozishicha, “Qobusnoma”da farzand tarbiyasi va ma’naviyatini rivojlantirishga doir turli xil pandu nasihatlar o‘rin olgan. Jumladan, «Ota–ona haqini bilmak zikrida», «Suxandonlik bila baland martabaga erishmoq zikrida», «Qarilik va 3https://www.e-adabiyot.uz/maqola/1092; https://old.allomalar.uz/allomalar_batafsil/15 4 Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. (Тўртликлар) / Нашрга тай. Қ.Каримов. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1971.- Б. 45. (160 б.) 5 Юсуф Хос Хожиб. Қутадғу билиг. (Тўртликлар) / Нашрга тай. Қ.Каримов. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1971.- Б. 49. (160 б.) 353 Fevral, 2025-Yil yigitlik sifati zikrida», «Mehmon olmoq va mehmon bo‘lmoq zikrida», «Omonatni saqlamoq zikrida», «Farzandni parvarish qilmoq zikrida», «Do‘st tutmoq zikrida»deb nomlangan bo‘limlarda shaxs kamoloti masalalari ilgari surilgan”6. Darhaqiqat asarning «Farzandni parvarish qi

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida buyuk mutafakkir olimlarning axloqiy- falsafiy, ma’naviy qarashlari, tarbiyaning umumiy ijtimoiy vazifasi, farzand tarbiyasida ota- onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga oi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida buyuk mutafakkir olimlarning axloqiy- falsafiy, ma’naviy qarashlari, tarbiyaning umumiy ijtimoiy vazifasi, farzand tarbiyasida ota- onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga oi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mutafakkir olimlarning falsafiy qarashlari, axloqiy- ma’naviy ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, aksiologik talqinlar tahlili., pand-nasihat, o‘g‘il bola tarbiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники