Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYA FANINING TIBBIYOTDAGI ROLI VA AHAMIYATI TO’G’RISIDA MULOHAZALAR
AHAMIYATI TO’G’RISIDA MULOHAZALAR · Namozov Muhammadamir · Sharipov Bobur Salimovich
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 5 · 62-63 · 2026
Аннотация
This thesis discusses the role and significance of the Latin language and the science of medical terminology in medicine. It provides information based on the analysis of the history of the origin of the Latin language, the use of Latin terms in medicine, their role and specific features. Key words: medical term, anatomy, pharmacology, pathology, term-elements. Kirish. Lotin tilini bilish dunyoning turli mamlakatlaridagi shifokorlarga bir-birlarini osongina tushunish imkonini beradi. Tibbiyotda lotin tilini qo'llashning uzoq an'analari butun dunyo shifokorlari va tibbiy ta'limni standartlashtirish uchun birlashtiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Tibbiyot sohasida aniq va tushunarli muloqotning ahamiyati katta. Qadimdan Invia est in medicina via sine lingua latina – lotin tilisiz tibbiyotga yo’l yo’q jumlasi bugunda ham o’z tasdig’ini topmoqda deb aytishimiz mumkin. Bu borada tibbiy terminologiya va lotin tili alohida o'rin tutadi. Lotin tili qadimdan ilm-fan, xususan, tibbiyotda keng qo'llanilgan va hali ham bu sohada asosiy til sifatida xizmat qilib kelmoqda. Ushbu tezisda lotin tilining tibbiyotdagi roli, uning tibbiy terminologiya bilan bog'liqligi va ahamiyati haqida so'z yuritamiz. Yunonistonning Rim tomonidan zabt etilishi bilan (miloddan avvalgi 2-asr) lotin va yunon tillari va madaniyatlarining oʻzaro boyishi sodir boʻldi. Lotin tili juda ko'p yunoncha so'zlarni, shuningdek, asoschisi shifokor Gippokrat bo'lgan yunon tibbiy terminologiyasini o'zlashtirdi. Asosiy qism. Lotin tili – bu qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili bo'lib, keyinchalik Yevropaning ko'plab mamlakatlarida ilmiy va huquqiy faoliyatda asosiy tilga aylangan. Tibbiyotda lotin tilining ishlatilishi Rim davriga borib taqaladi. Xususan, qadimgi tibbiyotshunoslar, shifokorlar va olimlar o'z asarlarini lotin tilida yozganlar. O'rta asrlarda esa, Lotin tili butun Yevropada ilmiy hamda diniy matnlarning asosiy tili sifatida qo'llanildi. Shu sababli, zamonaviy tibbiy terminologiyaning ko'pchiligi aynan lotin tilidan kelib chiqqan. Tibbiy terminologiya – bu tibbiyotda ishlatiladigan maxsus atamalar va iboralar tizimidir. Tibbiy terminlarning asosiy vazifasi aniq va tushunarli muloqot o'rnatishdan iborat bo'lib, bu orqali shifokorlar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar bir-biri bilan muammolarni, kasalliklarni va davolash usullarini muhokama qiladilar. Tibbiy terminologiya har doim yangilanib boradi, ammo ko'plab tibbiy atamalar lotin tilidan kelib chiqqan va ularning asosiy qismlari bugungi kunda ham o'zgarmagan holda saqlanib qolgan. 50 Lotin tili tibbiyotda aniq, qisqa va tushunarli ifodalash imkonini beradi. Bu tilning grammatika va sintaksisi oddiy va murakkab atamalarni aniqlik bilan ifodalashga imkon beradi. Shifokorlar va mutaxassislar bir-birlari bilan bevosita muloqot qilishda bir xil tilni ishlatishadi, bu esa muloqotning noaniqlik va tushunmovchiliklardan holi bo'lishini ta'minlaydi. Lotin tilida ishlatiladigan so'zlar ko'plab kasalliklarni, simptomlarni, dori vositalarini, anatomik tuzilmalarni, jarrohlik operatsiyalarini va boshqa ko'plab tibbiy holatlarni aniq tavsiflashga yordam beradi. Tibbiy ta'limda lotin tili asosiy fanlardan biri sifatida o'qitiladi. Shifokorlar, farmatsevtlar, stomatologlar, biomeditsina mutaxassislari va boshqa tibbiyot sohasidagi mutaxassislar uchun lotin tilini bilish zarur. Tibbiy atamalarni tushunish, ularning tarjimasi va o'zaro bog'lanishini bilish mutaxassislarning o'z sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun muhimdir. Shuningdek, lotin tilining o'rgatilishi tibbiy sohada tarixiy va madaniy merosni saqlashga yordam beradi. Bugungi kunda, tibbiyotda lotin tilining ahamiyati kamaygan deb hisoblash mumkin, chunki ko'plab tibbiy atamalar xalqaro so'zlashuvda ingliz tilida qo'llanilmoqda, ammo o’sha inglizcha tibbiy atamalar ham dastlab lotincha yoki yunoncha terminlar sifatida shakllangan. Biroq, lotin tilining o'rni hali ham katta. Zamonaviy tibbiyotda ham ko'plab tibbiy atamalar lotin tiliga asoslanadi. Shuningdek, lotin tili tibbiyotning boshqa yo'nalishlarida, masalan, farmakologiya, anatomiyada va patologiyada asosiy terminologiya sifatida qolmoqda. Boshqa tillarda ham ko'plab ilmiy so'zlar lotin tilidan olingan va bu til ilmiy til sifatida saqlanib qoladi. Lotin tilidagi tibbiy terminlardan hozirda butun dunyo shifokorlari kundalik va kasbiy hayotlarida faol qo’llashadi. Turli tillarda gapiradigan shifokorlar doimo bir-birini tushunishlari uchun lotin tili zarurdir. Shunday qilib, lotincha tibbiy terminologiya zamonaviy tibbiyot fanining atamalarini o'z ichiga oladi va tibbiy lug'at nafaqat tibbiy sohada, balki tilning boshqa sohalarida, xususan, ijtimoiy va ilmiy faoliyatda ishlaydigan nomlarni birlashtiradigan kengroq tushunchadir. Xulosa. Lotin tili va tibbiy terminologiya tibbiyot sohasining ajralmas qismi bo'lib, ularning tibbiyotdagi o'rni va ahamiyati juda katta. Ular aniq va tushunarli muloqotni ta'minlaydi, tibbiy ta'limning sifatini oshiradi va tibbiy ilm-fanning rivojlan
Доказательный фрагмент
«This thesis discusses the role and significance of the Latin language and the science of medical terminology in medicine.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis discusses the role and significance of the Latin language and the science of medical terminology in medicine. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medical term, anatomy, pharmacology, pathology, term-elements, farmokologiya, anatomiya, patologiya, atama-elementlar., tibbiy termin
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021