American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Salimova Shahzoda Azizbekovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiya doirasida oilaviy munosabatlarning shakllanishi,rivojlanishi va barqarorligi haqida so’z yuritiladi.Oilaviy psixologiya insonlarning oila ichidagi o’zaro munosabatlarning, kommunikatsiya jarayonlari, konfliktlar va ularning yechimlarini, shuningdek, oilaviy rollarning ta’sirini o’rganadi. Mustahkam oilaviy munosabatlar inson ruhiyati va jamiyat barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Maqolada oilada kommunikatsiya usullari, oila a’zolari o’rtasidagi emotsional bog’liqliklar, nizolarni bartaraf etish strategiyalari va farzand tarbiyasining psixologik jihatlari yoritib beriladi.Shuningdek,zamonaviy oilalarda uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo’llari muhokama qilinadi. Maqola oilaviy psixologiya bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, pedagoglar va oilaviy munosabatlar psixologiyasiga qiziqqan har bir inson uchun foydali bo’lishi mumkin. Kalit so’zlar: Oila, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy psixologiya, kommunikatsiya, konflikt, oilaviy rol, farzand tarbiyasi, psixologik moslashuv, emontsional bog’liqlik. Oila-jamiyatning eng kichiki, ammo eng muhim bo’g’ini hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning muhim yo’nallishlaridan biri bo’lib, oilaning barqarorligi, ichki nizolar, psixologik muvozanat va insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganadi. Bu maqolada oilaviy munosabatlarning psixologik jihatlari, ularning ijtimoiy ta’siri va mustahkam oila qurish omillari haqida so’z yuritiladi. Oila insonning hayotidagi asosiy ijtimoiy institutlardan biri bo’lib, uning ruhiy va hissiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. Oila-shaxsning axloqiy va psixologik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.Bolalar tarbiyasining asosiy manbai bo’lib, ularning ijtimoiylashuvi va hayotga moslashishida muhim rol o’ynaydi. Jamiyatdagi qadriyatlarni shakllantiradi va davom ettiradi. Oiladagi ijtimoiy munosabatlar psixologiyasi juftliklar o’rtasidagi mehr, hurmat,tushunish va nizolarni boshqarish qobiliyatini o’rganadi. Oilaviy munosabatlar turlicha shaklanadi va quyidagi asosiy turlarga bo’linadi: 1.Mehribonlik va ishonchga asoslangan oilaviy munosabatlar – bunday oilalarda sevgi, hurmat va o’zaro tushunish ustuvor bo’linadi. 2.Avtoritar va bosimga asoslangan munosabatlar- bunday oilalarda bitta shaxs dominat bo’lib, boshqalar esa unga bo’ysunadi. 3.Ziddiyatli munosabatlar- doimiy kelishmovchiliklar va nizolar bilan kechadigan oilaviy hayot. 4.Beparvolik va e’tiborsizlik-oilaviy a’zolar o’zaro iliq munosabatda bo’lmaydi, aloqa yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi. Oilaviy Psixologiyaning Asosiy Yo’nalishlari 1.Oilaning psixologik asoslari. Oila- bu faqatgina qon-qarindoshlik aloqalari bilan bog’langan kishilar guruhi emas, balki insonning emotsional, ruhiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradigan muhitdir.Oilaviy psixologiya oilaviy munosabatlarning shakllanishi, oila a’zolarining bir-biriga ta’siri va 74 psixologik moslashuv jarayonlarini o’rganadi. 2.Oila ichidagi kommunikatsiya. Oilaviy munosabatlarning muvaffaqiyati to’g’ri va samarali kommunikatsiyaga bog’liq. Oila a’zolari o’z his-tuyg’ularini ochiq ifoda etishlari, bir-birlarini tinglashlari va tushunishi kerak. Noto’g’ri kommunikatsiya nizolar, tushunmovchiliklar va oilaviy kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin. 3.Oilaviy rollar va ma’suliyatlar. Har bir oilada turli rollar mavjud: ota, ona, farzand, aka-uka, opa-singil va boshqalar. Ushbu rollar ijtimoiy va madaniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Oilaviy psixologiya ushbu rollarning qanday taqsimlanishi va ularning inson ruhiyatiga ta’sirini o’rganadi. 4.Oilaviy konfliktlar va ularni hal qilish yo’llari. Har qanday oilada muammolar yuzaga kelishi tabiiy hol.Muhimi, ushbu muammolarni qanday hal qilishni bilishdir. Psixologiyada konfliktlar hal qilish strategiyalari mavjud bo’lib, ularni orqali oilaviy nizolarni konstruktiv tarzda yechish mumkin. 5.Oilada bollar tarbiyasi. Farzand tarbiyasi- oilaviy psixologiyaning eng muhim jihatlardan biridir.Bolaning shaxs sifatida shakllanishida oilaning o’rni beqiyos. Ota-onalar bolaning psixologik rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini bilishlari va unga mos tarbiya usullarini qo’llashlari kerak. Oilaviy munosabatlarning barqarorligi turli omillarga bog’liq: 1.Ijtimoiy omillar. Jamiyatdagi urf-odatlar, an’analar, iqtisodiy va madaniy sharoitlar oilaviy munosabatlarga ta’sir ko’rsatadi. 2.Psixologik omillar. Shaxsning xarakteri, temperament, hissiy holati va o’z-o’zini anglash darajasi oilaviy hayotga ta’sir qiladi. 3.Moliyaviy barqarorlik. Oila moddiy jihatdan barqaror bo’lsa, munosabatlar ham mustahkam bo’lish ehtimoli yuqori bo’ladi. 4.Farzand tarbiyasi. Farzandlarning tarbiyasi va ularning ruhiy holati oilaning umumiy muhitiga ta’sir etadi. Oilaviy munosabatlar oila a’zolarining bir-biriga bo’lgan munosabati, hissiy bog’liqlik, o’zaro ishonch va hurmat kabi omillarga asoslanadi.Quyida oilaviy munosabatlarning asosiy jihatlari keltirilgan: 1.Emotsional bog’liqlik. Oilaviy hayotda hissiy bog’liqlik muhim ahamiya
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiya doirasida oilaviy munosabatlarning shakllanishi,rivojlanishi va barqarorligi haqida so’z yuritiladi.Oilaviy psixologiya insonlarning oila ichidagi o’zaro munosabatlarning, kommunika…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ijtimoiy psixologiya doirasida oilaviy munosabatlarning shakllanishi,rivojlanishi va barqarorligi haqida so’z yuritiladi.Oilaviy psixologiya insonlarning oila ichidagi o’zaro munosabatlarning, kommunika… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konflikt, psixologik moslashuv, kommunikatsiya, ijtimoiy psixologiya, farzand tarbiyasi, oilaviy munosabatlar, Oila, emontsional bog’liqlik., oilaviy rol
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021