Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIRLIK DAVRIGI INQIROZLARNI PSIXOLOGIK TASNIFI
M.A Yusupova · Texnologiya Menejment kommunikatsiya
Современная наука и исследования · 1 · 22-2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘smirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishning umu miy xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga taʼsiri hamda o‘smirlik davr ida intellektual va shaxs rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘z: o‘smirlik davri, rivojlanish, inqiroz, shaxs, xarakter, fiziologiya. Jamiyatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida, ko‘proq, ulg’ayib kelayotgan kelajak avlod tarbiyasiga qaratilayapti. Bunda “inson katta miqdordagi bilimlar egasi qilib tarbiyalanib qolmay, balki o‘z vatanining sodiq farzandi, mehnati va xulq-atvori jihatidan yuqori madaniyatli shaxsni” tarbiyalash kiradi. Shu sababdan ham o‘smirlik davridagi inqiroz va xulq og‘ishlari muammosini o‘rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. 1 O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas” ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.2 O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, maʼnaviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu rivojlanishda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilik suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Garchi bu davrda mushaklar tez surʼat bilan o‘ssa ham, mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish surʼati orqada qoladi. O‘smirlarda bu xususiyat ularning beso‘naqay xatti-harakatlarida, yurish- turishlaridagi qo‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o`sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur etadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish 1 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST 2 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 99-b. 334 RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK 2025 -Yil YONDASHUVLAR 13-Fevral Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda baʼzi qon bosimining ortishi ro‘y beradi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini maʼlum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri “o‘tish davri”, “krizis davr”, “qiyin davr” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu rivojlanishdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis” deb nomlagan. 3 Inqiroz - bu odamning uzoq vaqt davomida o‘zidan va tashqi dunyo bilan bo‘lgan munosabatlaridan noroziligidan kelib chiqadigan ruhiy buzuqlik holati. Inqiroz – bu insonning asosiy hayotiy qadriyatlari va ehtiyojlariga ta'sir qiladi, insonning ichki hayotining asosiy xususiyatiga aylanadi va kuchli hissiy tajribalar bilan birga keladi. Odatiy hayot tarzini buzadigan, tartibsiz yoki hatto imkonsiz qiladigan inqiroz odamdan o‘z hayotini eng muhim tarkibiy qismlarini qayta ko‘rib chiqishni, o‘z hayotiy maqsadlarini, boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarini, turmush tarzini va boshqalarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Inqiroz – bu inson uchun hayotiy vazifadir va uni hal qilish natijasi ko‘pincha hayotning yangi fazilatlarining paydo bo‘lishiga aylanadi.4 O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘smirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishning umu miy xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga taʼsiri hamda o‘smirlik davr ida intellektual va shaxs rivojlanish xusu…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘smirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishning umu miy xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga taʼsiri hamda o‘smirlik davr ida intellektual va shaxs rivojlanish xusu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xarakter, rivojlanish, fiziologiya., inqiroz, shaxs, o‘smirlik davri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025