К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO VILOYATI SHAROITIDA QULUPNAY YETISHTIRISH

Insights Across the · Atayeva Zamira Alimovna · Atoyeva Madinabonu Ilhomovna

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 773- 81 · 2026

Аннотация

This article briefly describes the cultivation of the Victoria variety from strawberries in the conditions of the Bukhara region. Key words: strawberries, fruits, seeds, strawberry varieties, growing methods, seedlings, fungal diseases, phytolamp. Kirish. Qulupnay barcha sevib iste’mol qiladigan mevalar qatoriga kiradi. Qulupnay boshqacha nomi yertut – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi, rezavor meva hisoblanadi. Qulupnayning tarkibida muhim oziq moddalar va foydali fitokimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular inson salomatligi uchun biologik faollikka egadi. Shuningdek, insonlar tomonidan uning o‘ziga xos hidi, yorqin qizil rangi, suvli tuzilishi va shirinligi keng qadrlanib, mevasining sifati bir nechta xususiyatlar genetik omillar, ekinning joylashuvi, yetishtirish usullari va boshqa omillar bilan belgilanadi. [1,2] Qulupnay AQSh, Italiya, Ispaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda past namlikda yetishtirish uchun mos meva sifatida tanilgan. Bugungi kunda, qulupnay 76 mamlakatda tijorat maqsadida yetishtirilib, eng ko‘p Xitoy, AQSH, Meksika, Turkiya va Ispaniya mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Oxirgi 20 yilda 463 ta yangi qulupnay navlari tijorat asosida joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda Muto, Tashkentskaya, Zenga-Zengana, O‘zbekiston go‘zali, Kobra, Medvey, Seolhyang, Alba va Viktoria navlari keng tarqalgan. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qulupnay mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. O’zbekistonda qulupnay 132 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 1 asosan Farg’ona vodiysi, Toshkent viloyati, Samarqand va Jizzax, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida yaxshi hosil beradi. Shunga qaramasdan Buxoro sharoitida ham qulupnay yetishtirish ko`pchilikka qiziqish uyg`otmoqda. Albatta, Buxoro viloyatida qulupnay yetishtirish biroz qiyin, chunki bu hudud issiq va qurg’oqchil iqlimga ega. Shuning uchun ham nav tanlashda e’tibor berishimiz kerak, aynan Buxoro viloyatining ob-havosidan kelib chiqqan holda issiqqa chidamli qulupnay navlarini ekishimiz kerak [4,5,6]. Tadqiqot materiallari va uslublari. Buxoro tuproq-iqlim sharoitida qulupnayning Viktoria navini urug’lari va ko’chatlari orqali ekib o`rganilmoqda. “Viktoria navi’’ klassik qulupnay navlaridan biridir. U o’zining yirik mevalari, ajoyib ta’mi va yuqori hosildorligi bilan mashhur. Ushbu nav asosan tijorat maqsadida va tomorqalarda yetishtiriladi. Mevalari o’rtacha yoki yirik, yumaloq-konussimon, qizil rangli va yorqin yuzli. Ta’mi juda shirin, nordonligi kam, xushbo’y. Iqlimga chidamliligiga baho bersak sovuqqa nisbatan chidamli, ammo issiq va qurg’oqchilikga sezgir. Kasalliklarga chidamli, asosan zamburug‘ kasalliklaridan un shudring va kulrang chirish kasalligiga nisbatan chidamli. Buxoro viloyatida qulupnayning Viktoriya navini yetishtirishni tanlashdan maqsad - ushbu nav barcha viloyatlarda yetishtirishga mo‘ljallangan, undan tashqari kasallklarga va iqlimga chidamliligidir. 1-rasm . Viktoriya qulupnay navi Tahlil va natijalar. Ushbu qulupnay navini yetishtirishda quyidagi ekish va tuproqqa bir qator talablari bor. Jumladan, yaxshi drenajlangan, unumdor tuproqda yaxshi o’sadi, tuproqning Ph muhiti 5.5-6.5 bo’lishi kerak. Ko’chatlar orasidagi masofa 30 sm bo’lishi kerak. 133 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 1 Sug’orish talablari: O’rtacha namlikni talab qiladi, muntazam sug’orish zarur, tomchilatib sug’orish tavsiya etiladi Buxoro viloyatida bu qulupnayni ekishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:Ekish vaqti ko’chatar tayyor bo’lgandan so’ng bahorgi ekish fevral oxiri-mart oyi boshlarida ekish tavsiya etiladi. Kuzgi qishki mavsumda sentyabr-oktabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ekish sxemasi: qator oralig’i – 30-40sm Ko’chat oralig’i- 25-30sm Ekish chuqurligi-8-10sm Shuningdek, qulupnay ko‘chatlarni parvarishlashda qo’shimcha fitolampalardan foydalananish yaxshi samara beradi. Fitolampalar -maxsus yorug’lik lampalari bo’lib, ular o’simlikning fotosintez jarayonini qo’llab quvatlsh va o’sishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. 2-rasm . Viktoriya qulupnay navi ko‘chati Agarda qulupnayni yopiq joyda issiqxona, uy sharoiti, yoki yopiq fermalarda yetishtirmoqchi bo’lsangiz fitolampalar yorug’lik yetishmovchiligini kompentatsiya qilish uchun juda foydali bo’ladi. Fitolampalar o’simlik uchun kerakli spektrdagi yorug’likni chiqaradi: Ko’k spektr nurlar barg va ildiz rivojlanishini ta’minlaydi. Qizil spektr 600-700nm gullash va hosil tugishni tezlashtiradi. Ultrabinafsha va infra qizil nurlar o’simlikning immunitetini mustahkamlashga yordam beradi Fitolampalarning 134 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 1 qulupnay uchun foydasi: Fotosintezni kuchaytiradi-o’simlik tezroq o’sadi. Hosildorlikni oshiradi-ko’proq va sifatli hosil olish imkonini beradi,o’simlik immu

Доказательный фрагмент

«This article briefly describes the cultivation of the Victoria variety from strawberries in the conditions of the Bukhara region.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article briefly describes the cultivation of the Victoria variety from strawberries in the conditions of the Bukhara region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
strawberries, fruits, seeds, strawberry varieties, growing, ko’chat, zamburug‘ kasalliklari, yetishtirish usullari, urug’, meva, qulupnay navlari, fitolampa, qulupnay
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники