К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARDAGI ICHKI NIZO NAMOYON BO`LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mirzayeva Umida Bosit qizi · Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Talabalardagi ichki nizoga ta'sir qiluvchi omillar,o`quv faoliyatida yuzaga keluvchi nizolar, uning sabablari va ularni oldini olishning psixologik yo`llari ,nizolar turini o`rganishning ilg`or ilmiy konsepsiyalari,ilmiy yondashuvlari hamda xorij psixologiyasida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning mazmuni kabilar batafsil yoritilgan. Kalit so`zlar: Ichki nizo, nizoli vaziyat, hamkorlik, munosabat, xulq-atvor, shaxs, qadriyatlar, o`z-o`zini anglash Talabalardagi ichki nizo (konflikt) — bu shaxsning ichki dunyosida qarama-qarshi istaklar, hissiyotlar yoki qadriyatlarning to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan psixologik holatdir. Bunday nizolar talabalik davrida o‘zini anglash jarayoni, kelajakda o`z kasbining yetuk mutaxassisi bo`lishi, jamiyatdagi o‘rni va akademik bosimlar natijasida sodir bo`ladi. Ichki nizoning birinchi sababi o`zini anglash va identifikatsiya misolida yaqqol namoyon bo`ladi.Xorijiy tadqiqotlarda talabalik davrida ichki nizolarni kelib chiqishini turli sabablari o`rganilgan. Xususan Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasida talabalik davrini “Identifikatsiya va ro`l chalkashuvi” bosqichi deb atagan. Talabalar bu davrda o`z shaxsiyatlarini aniqlash uchun turli tajribalar bilan yuzlashadilar. Agar identifikatsiya jarayoni muvaffaqiyatli kechmasa, ichki nizolar paydo bo`ladi Albert Bandauraning O`ziga ishonch nazariyasiga ko`ra “Talabaning o`z qobiliyatiga ishonchi ichki nizolarni yengishda muhim muhim omil hisoblanadi.” Tashqi omillarga emas, balki o`z kuchiga tayanish stress va ichki qarama qarshiliklarni kamaytiradi. “Nizo” so`zi, psixologiya fanida ko`pchilik tadqiqotchilar tomonidan salbiy talqin etiladi. Biroq, nizo zaruriy xususiyatga ega, chunki uningb ijobiy yechimini izlash hamda paydo bo`lish sabablarini tahlil qilish keng ma`noda, insonlar o`rtasida yuzaga kelgan qarama qarshiliklarini bartaraf etish bilan bog`liq intellectual harakatlarni o`z ichiga oladi. T.F.Bazilievichning aytishicha, talabalar guruhi yoshlardan iborat bo`lganligi sababli, ularga xos nizoli xulqni o`rganishda avvalombor, yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak. Chunki bu davrda inson nizolarga moyil bo`ladi. Shuning uchun, talabalar shaxsida nizoli xulq namoyon bo`lishining psixologik xususiyatlarini aniqlashda, birinchi navbatda ularning yosh xususuyatlarini, individual –psixologik xususiyatlari, aqliy kamolot imkoniyatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir B.G.Ananev o`zining “Inson psixologiyasi” nomli asarida yozishicha, talabalik davri shunday bir davrki,unda insonning kamolotdan kamolotga o`tish davri yuz beradi. Ya`ni nizolarga va turli vaziyatlarga munosabat bildirishning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Bundan tashqari talabalarda ichki nizoning paydo bo`lishining yana bir omili bu Akademik bosimning mavjudligi bilan bog`liq hisoblanadi. Bu bosimning kuchayishi talabaning psixologik holatiga salbiy ta`sir ko`rsatib, motivatsiyaning pasayishi, qaror qabul qilishdagi o`ziga ishonchni zaiflashuviga olib keladi.Talabalar ko`pincha qaror tanlashda qiyin vaziyatga tushadilar(masalan o`qish yo`nalishini tanlash) Bu nizo tanlovdan keyingi pushaymonlik va past motivatsiyaga olib kelishi mumkin. Akademik bosim talabalarda ichki 164 nizo paydo bo`lishining asosiy omillaridan biri sifatida xorijiy tadqiqotlarda keng o`rganilgan. Tadqiqotlar akademik yuklamaning oshishi yuqori kutilmalar va raqobat muhiti ichki psixologik muammolar, stress va identifikatsiya inqirozlariga olib kelishini ko`rsatmoqda. Lazarus va Folkman stressni insonning tashqi bosim va ichki resurslar o`rtasidagi nomutanosiblik sifatida ta`riflaydi. Akademik bosim talabalarda o`z-o`zini anglash va stressga qatrshi kurashish mehanizmlarini sinovdan o`tkazadi. Yuqori bosimli muhitda stress bilan samarali kurasha olmagan talabalar ichki nizolarga duch kelishadi. Buyuk Britaniyada olib borilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, talabalar orasida akademik yuklama va muvaffaqqiyatsizlik qo`rquvi depressiya va ichki nizolarga olib keluvchi asosiy omil sifatida topilgan. Mohiyatan, talabalik davri shaxs rivojlanishing maxsus davri bo`lib, u hayotiy qadriyatlarni qayta baholash bilan bog`liq. Ta`lim jarayonidagi nizolar ob`ektiv harakterga ega bo`lib, u oddiy hodisa sifatida qaralishi va sog`lom psixologik iqlim yaratilishiga xizmat qilishi kerak. Ya`ni zamonaviy ta`lim sharoitlari nizolar va va qarama qarshiliklarga asoslangan pedagogik texnologiyalardan tashkil topishi lozim Umuman olganda, nizolar inson harakterini shakllantirishda katta ro`l o`ynaydi. Talabaning xarakterologik xususiyatlari, ko`pincha jamoani shakllantirishga keng hissa qo`shadi. Xulosa sifatida ta'kidlash mumkinki, talabalardagi ichki nizolarni ijobiy yechimga yo‘naltirish, ular duch kelayotgan bosim va qarama-qarshiliklarni tahlil qilish shaxsiy va akademik muvaffaqiyatga erishishda muhimdir. Identifikatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash, stressni boshqarish texnikalarini o‘rgatish va akademik bosimni kamaytirish talabalarda ichki nizolarni kamaytirishga xizmat qil

Доказательный фрагмент

«Talabalardagi ichki nizoga ta'sir qiluvchi omillar,o`quv faoliyatida yuzaga keluvchi nizolar, uning sabablari va ularni oldini olishning psixologik yo`llari ,nizolar turini o`rganishning ilg`or ilmiy konsepsiyalari,il…»

Образец извлечения

Демо-превью

Talabalardagi ichki nizoga ta'sir qiluvchi omillar,o`quv faoliyatida yuzaga keluvchi nizolar, uning sabablari va ularni oldini olishning psixologik yo`llari ,nizolar turini o`rganishning ilg`or ilmiy konsepsiyalari,il… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ichki nizo, munosabat, xulq-atvor, nizoli vaziyat, shaxs, qadriyatlar, hamkorlik, o`z-o`zini anglash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники