К содержанию
РецензированоUZ2026

GLOBALLASHUV JARAYONIDA TIL VA MADANIYATNING O‘ZGARISHI

Shermurod Sherqulovich Subhonov

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 48 · 3325-3334 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining turk tiliga va madaniyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Globallashuvning lingvistik o‘zgarishlarga, xususan, yangi so‘z va atamalar kirib kelishiga, leksik va grammatik jihatlarga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, madaniy identifikatsiya, an’anaviy qadriyatlarning o‘zgarishi va ommaviy madaniyatning turk jamiyatidagi o‘rni muhokama qilinadi. Turk tilida inglizcha va boshqa xorijiy tillardan olingan so‘zlarning ko‘payishi, yoshlar orasida yangi kommunikatsiya shakllarining paydo bo‘lishi va bularning madaniyatga ta’siri atroflicha o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: globallashuv, til o‘zgarishi, madaniy transformatsiya, leksik o‘zgarish, ommaviy madaniyat, turk tili, madaniy identifikatsiya, lingvistik ta’sir. Kirish qismi: Globallashuv bugungi kunda dunyoning barcha davlatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Texnologik taraqqiyot, iqtisodiy hamkorlik, migratsiya va internet kommunikatsiyalarining rivojlanishi natijasida tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalar keskin kuchaygan. Natijada, mahalliy tillar va madaniyatlar o‘zgarishga uchramoqda, ayrim hollarda esa ular assimilyatsiyaga uchrash xavfi ostida qolmoqda. Turk tili ham globallashuvning lingvistik va madaniy oqibatlarini sezilarli darajada boshdan kechirmoqda. So‘nggi o‘n yilliklarda ingliz tilining xalqaro muloqot vositasi sifatida kuchayishi natijasida turk tilida inglizcha so‘z va iboralar ko‘paygan. Xususan, texnologiya, biznes, san’at va yoshlar muloqotida ingliz tilidan olingan atamalar keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, madaniy o‘zgarishlar ham sezilarli bo‘lib, turk jamiyati an’anaviy qadriyatlar va zamonaviy ommaviy madaniyat o‘rtasida muvozanat izlamoqda. Ushbu maqolada globallashuvning turk tiliga va madaniyatiga ta’siri turli jihatlari bilan tahlil qilinadi. Avvalo, lingvistik o‘zgarishlar, ya’ni xorijiy so‘zlar ta’siri, yangi kommunikatsiya shakllari va leksik o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Keyinchalik, madaniy transformatsiya, an’anaviy qadriyatlar va ommaviy madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Asosiy qism: So‘nggi yillarda turk tilida inglizcha va boshqa xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, biznes, texnologiya, ilm-fan va kundalik hayotda inglizcha so‘zlarning ko‘pligi seziladi. Masalan: Teknoloji (Technology) Online alışveriş (Online shopping) Startup (Yangi biznes) Influencer (Taniqli ijtimoiy media foydalanuvchisi) Bu jarayon lingvistik ijtimoiylashuvning bir qismi sifatida qabul qilinsa-da, turk tilining milliy xususiyatlarini saqlab qolish masalasi muhokama qilinmoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlar lingvistik o‘zgarishlarni tezlashtirdi. Yoshlar o‘rtasida qisqartirilgan so‘zlar, aralash tilda gaplashish va emojilar bilan boyitilgan yangi ifoda usullari paydo bo‘ldi. Masalan: 95 "Görüşürüz" (Ko‘rishamiz) o‘rniga "Görüşürüzzz" "Tamam" (Yaxshi) o‘rniga "Oki" (Okay) "Teşekkür ederim" (Rahmat) o‘rniga "Tşk" Bu holat turk tilining leksik va grammatik tuzilishiga ta’sir qilmoqda va yangi avlodlar orasida rasmiy va norasmiy til farqi yo‘qolib bormoqda. Turk jamiyatida asrlar davomida shakllangan an’anaviy qadriyatlar globallashuv natijasida o‘zgarishga uchramoqda. G‘arb ommaviy madaniyatining ta’siri natijasida kiyinish, musiqa, kino va hayot tarzida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Masalan: An’anaviy turk musiqasi o‘rniga pop va rep musiqaga qiziqish ortmoqda. Teatr va xalq ertaklari o‘rnini Gollivud filmlari egallamoqda. Milliy taomlar o‘rniga fast food (tez tayyorlanadigan ovqat) mashhurlashmoqda. Bu o‘zgarishlar milliy identifikatsiyaning zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Ommaviy madaniyatning keng tarqalishi turk yoshlarini o‘z an’analaridan uzoqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, filmlar, seriallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali yosh avlod G‘arb hayot tarzini ideal sifatida qabul qilmoqda. Ba’zi ijobiy jihatlar: Dunyoqarash kengaymoqda; Zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirish osonlashmoqda; Salbiy jihatlar: Milliy qadriyatlar va urf-odatlar ahamiyatini yo‘qotmoqda; Til va madaniyatga begonalashish kuzatilmoqda. Globallashuv jarayoni turk tiliga va madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Lingvistik jihatdan turk tiliga inglizcha va boshqa xorijiy tillardan ko‘plab yangi so‘zlar kirib kelmoqda, natijada yoshlar orasida norasmiy so‘zlashuv shakllari keng tarqalmoqda. Madaniy o‘zgarishlar esa an’anaviy qadriyatlar va ommaviy madaniyat o‘rtasidagi muvozanatni o‘zgartirmoqda. Bu jarayonda milliy madaniyat va tilni saqlab qolish uchun quyidagi chora- tadbirlar zarur:  Turk tilining milliy o‘ziga xosligini saqlash uchun terminologik standartlashtirish.  Milliy qadriyatlarni saqlash va ommalashtirish maqsadida madaniy tadbirlarni kuchaytirish.  Yosh avlodga ona tilining ahamiyatini tushuntirish va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha ta’lim tizimida o‘zgarishlar kiritish. Globallashuv jarayoni to‘xtab qolmaydi, biroq har bir jamiyat o‘z tili va madaniyatini yo‘qotmaslik uchun ongli harakat qilishi lozim. Globallashuv jarayoni dunyo miqyosid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada globallashuv jarayonining turk tiliga va madaniyatiga ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining turk tiliga va madaniyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, turk tili, ommaviy madaniyat, madaniy identifikatsiya, leksik o‘zgarish, lingvistik ta’sir., til o‘zgarishi, madaniy transformatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4