Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SINERGETIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING UMUMMADANIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH
O‘QUVCHILARINING UMUMMADANIY KOMPETENSIYASINI · Qodirov Husniddin Xusanjon o‘g‘li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
This article is devoted to the formation of general cultural competencies in primary school students based on a synergistic approach. The study analyzes the basic principles of the theory of synergetic and their application in the educational process. Effective strategies of the synergistic approach in ensuring the moral, aesthetic and spiritual development of students, as well as in developing their creative and independent thinking skills, are considered. Ways of positively influencing the learning process of primary school students using pedagogical methods and innovative technologies are highlighted. Keywords. Synergetic approach, general cultural competencies, primary education, pedagogical technologies, creativity, student development, aesthetic education, innovative methods, spiritual education, integration. Bugungi kunda ta'lim sohasida innovatsion yondashuvlardan foydalanish global rivojlanishning asosiy talablari qatoriga kiradi. XXI asrning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari insonlardan nafaqat kasbiy bilim va ko'nikmalar, balki yuqori darajadagi umummadaniy kompetensiyani ham talab qilmoqda. Umummadaniy kompetensiya shaxsning 125 madaniyatga oid bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llash qobiliyati sifatida ta'riflanadi va bu pedagogik jarayonda dolzarb yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada sinergetik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umummadaniy kompetensiyani shakllantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Sinergetika murakkab tizimlarning o'z-o'zini tashkil qilish qonuniyatlarini o'rganadigan fan sohasi sifatida ta'riflanadi. Bu yondashuv ta'lim tizimida o'qitish va tarbiyalash jarayonining interaktivligini ta'minlashga yordam beradi. Bunda o'quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik va o'zaro hamkorlikdagi faoliyatga jalb qilinishi asosiy o‘rinni egallaydi. Sinergetik yondashuvning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. O‘z-o‘zini tashkil qilish: O‘quv jarayonida har bir bola o‘ziga xos qobiliyat va iste’dodga ega ekanligini hisobga olish. 2. Interfaol o‘zaro ta’sir: O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida doimiy muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 3. Butunlik: Ta’lim jarayonida turli fanlar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash. 4. Tizimlilik: O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirish. Boshlang‘ich sinf ta'limi bolalarning shaxsiyati va dunyoqarashini shakllantirishda eng muhim davr hisoblanadi. Aynan shu bosqichda o'quvchilarda madaniy qadriyatlar, etika qoidalari va estetik tuyg'ularni rivojlantirish imkoniyati mavjud. Umummadaniy kompetensiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1. Madaniy xabardorlik: O‘quvchilarning milliy va umumbashariy madaniyat haqidagi bilimlarini oshirish. 2. Etik ko‘nikmalar: O‘zini jamiyatda tutish qoidalarini bilish va ularga amal qilish. 3. Ijodiy tafakkur: San’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish. 4. Madaniyatlararo muloqot: Turli madaniyat vakillari bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish. Sinergetik yondashuv asosida umummadaniy kompetensiyani shakllantirish metodlari quyidalardan iborat: 1. O‘quv jarayonini integratsiyalash. Boshlang‘ich sinflarda turli fanlarni bir-biriga bog‘liq holda o‘qitish orqali o‘quvchilarning madaniy bilimlarini kengaytirish mumkin. Masalan, ona tili darsida milliy ertaklarni o‘qitish, tasviriy san'at darsida esa milliy naqshlarni chizdirish orqali o‘quvchilarda madaniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish. 2. Interfaol metodlardan foydalanish. O'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: Rolli o‘yinlar: Milliy va xalqaro bayramlarni sahnalashtirish orqali madaniy xabardorlikni oshirish. Diskussiya: Madaniyat va etika masalalarini muhokama qilish orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish. Ijodiy topshiriqlar: Masalan, "Milliy kiyimlar rasmini chizish" yoki "O‘zimning ertak qahramonimni yaratish" kabi topshiriqlar. 3. Tarbiyaviy tadbirlar. Madaniy ekskursiyalar, teatr va muzeylarga tashriflar orqali o‘quvchilarning madaniy doirasini kengaytirish mumkin. Bunday tadbirlar bolalarning nafaqat bilim, balki madaniyatni amaliy ravishda his qilishlariga yordam beradi. 4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Multimediali dars ishlanmalari, virtual ekskursiyalar va interaktiv o‘yinlar yordamida o‘quvchilarning 126 madaniyat haqidagi bilimlarini oshirish mumkin. Masalan, bolalar uchun mo‘ljallangan animatsion filmlar yoki ilovalar orqali madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati Sinergetik yondashuvda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning sifati muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotning sifati tashkil etish uchun quyidagi ko’nikmalarini shakllantirishi kerak: O‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini hisobga olishi; Har bir o‘quvchiga individual yondashishi; Madaniy qadriyatlarni o‘zi ham namoyon etishi lozim. O‘quvchilar esa: Faol muloqotga kirishishi; O‘z fikrlarini ochiq ba
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the formation of general cultural competencies in primary school students based on a synergistic approach.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the formation of general cultural competencies in primary school students based on a synergistic approach. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Synergetic approach, general cultural competencies, primary education, ijodkorlik, integratsiya., ma’naviy tarbiya, o‘quvchilar rivojlanishi, estetik tarbiya, innovatsion metodlar, Sinergetik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiyalar, umumiy madaniy kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026