Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOʻLAJAK PEDAGOGLARNING KOGNITIV KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING FANLARARO YONDASHUV ASOSLARI
Jumamuratova Aibaxar Nurmuxanbetovna · КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ
Современная наука и исследования · 112-128 · 2026
Аннотация
The article analyzes research results on the development of creative and cognitive abilities of teachers through an interdisciplinary approach. The study is based on the integration of pedagogy and psychology. Key words: cognitive competence, interdisciplinary approach, pedagogy, psychology, integration. Zamonaviy ta'lim tizimi pedagogik jarayonlarni yangilash, takomillashtirish va samaradorligini oshirishga intiladi. Oʻquvchilarning kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish, ularning fikrlash tizimlarini shakllantirish, yaratish va tanqidiy yondoshuvlarni qoʻllash bugungi ta'limning asosiy maqsadlaridan biridir. Ta'lim jarayonida kognitiv kompetensiyaning shakllanishi nafaqat oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, balki oʻqituvchilarning pedagogik kompetensiyasini oshirishni ham ta'minlaydi. Shu nuqtai nazardan, boʻlajak pedagoglarning 1125 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega boʻlib, u oʻquv jarayonida yuqori sifatli ta'limni ta'minlash uchun zarur. Fanlararo yondashuv pedagogik jarayonda ta'limning sifatini oshirishning samarali vositasi sifatida namoyon boʻlmoqda. Bu yondashuv, oʻz navbatida, turli fanlarning oʻzaro integratsiyasini, bir-biriga ta'sir koʻrsatishini ta'minlaydi, natijada oʻquvchilarda yanada kengroq va chuqurroq bilimlarni hosil qiladi. Kognitiv kompetensiyani rivojlantirishda fanlararo yondashuvning ahamiyatini tushunish, uning metodik jihatlarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida mazkur maqola tayyorlangan. Kognitiv kompetensiya – bu shaxsning bilimlarni oʻzlashtirish, ularni tahlil qilish, yodda saqlash, yangi ma'lumotlarni yaratish va masalalarni hal qilishdagi qobiliyatlari toʻplamidir. Oʻqituvchilarning kognitiv kompetensiyasining shakllanishi, ularning oʻquvchilarga bilim berishdagi yondoshuvlari, metodlari va pedagogik qarashlarida katta oʻzgarishlarga olib keladi. Ushbu kompetensiya boʻlajak pedagoglarni nafaqat bilimlarga ega boʻlish, balki yangi pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtirish, amaliyotda qoʻllash va innovatsion metodlarni tatbiq etish imkoniyatlari bilan ta'minlaydi. Fanlararo yondashuv (interdisciplinary approach) – bu turli fanlarning oʻzaro bog‘liq boʻlgan bilimlar tizimini birlashtirishni oʻz ichiga olgan pedagogik va ilmiy yondashuvdir. Ushbu yondashuv turli sohalar oʻrtasidagi integratsiyani ta'minlash orqali oʻquvchilarda yanada chuqurroq va kengroq bilimlar hosil qilish imkoniyatini yaratadi [4: 77]. Fanlararo yondashuvni amalga oshirishda ikki yoki undan ortiq fanlarning bilimlari oʻzaro bog‘lanadi, bunda har bir fan oʻzining nazariy asoslari va amaliy metodlarini boshqa fanlarning metodlari bilan uyg‘unlashtiradi. Pedagogik jarayonda fanlararo yondashuvni qoʻllash orqali ta'lim tizimi oʻzining innovatsion shaklini rivojlantiradi. Integratsiya oʻquvchilarga har bir fanni alohida emas, balki bir- biri bilan bog‘langan holda oʻrgatish imkoniyatini beradi. Masalan, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha birgalikda oʻrganish, oʻquvchilarning analitik fikrlashini rivojlantiradi [8: 93]. Shu bilan birga, integratsiyalashgan ta'lim oʻquvchilarga real dunyoda uchraydigan muammolarni hal qilishda zarur bilim va koʻnikmalarni beradi. Fanlararo yondashuvni amalga oshirishda interaktiv metodlar alohida oʻrin tutadi. Interaktiv usullar yordamida oʻquvchilar nafaqat bilimlarni oʻzlashtiradi, balki ular oʻrtasida faol muloqot, fikr almashish va masalalarni yechish jarayonlariga jalb etiladi. Masalan, guruhli ishlar, rol oʻyinlari, keys-stadi kabi metodlar oʻquvchilarga turli fanlar oʻrtasidagi bog‘liqlikni anglashda yordam beradi [2: 112]. Fanlararo yondashuv nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy metodlar va texnologiyalarni ishlab chiqishda ham muhim ahamiyatga ega. Bu yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirish 1126 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 uchun pedagoglar va oʻquvchilarda fanlararo bilimlarni birlashtirishga boʻlgan qiziqish va tayyorgarlik boʻlishi zarur. Pedagoglar fanning turli sohalari oʻrtasidagi bog‘liqlikni tushunib, ularni oʻquv jarayoniga muvaffaqiyatli kiritishlari kerak [1: 134]. Fanlarni integratsiyalash texnologiyasi fanlararo yondashuvning asosiy elementlaridan biridir. Ushbu texnologiyalar oʻquvchilarga har bir faning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish bilan birga, ularning oʻzaro bog‘liqligini tushunishga yordam beradi. Bu, oʻz navbatida, oʻquvchilarni koʻproq ma'lumotlarni birlashtirib oʻrganishga, turli bilimlarni amaliyotda qoʻllashga oʻrgatadi. Pedagoglar fanlararo yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirishda markaziy rol oʻynaydi. Ular oʻquvchilarga nafaqat fanlarning oʻziga xos xususiyatlarini, balki ularning bir-biri bilan qanday bog‘liqligini tushuntiradilar. Pedagoglar oʻquvchilarga fanlararo bilimlarni integratsiya qilishda yordam berishlari, hamda ijodiy va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishlari kerak [8: 158]. Pedagogik kompetensiya fanlararo yo
Доказательный фрагмент
«The article analyzes research results on the development of creative and cognitive abilities of teachers through an interdisciplinary approach.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes research results on the development of creative and cognitive abilities of teachers through an interdisciplinary approach. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cognitive competence, interdisciplinary approach, pedagogy, psychology, fanlararo yondashuv, kognitiv kompetentsiya, integratsiya., psixologiya, pedagogika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026