К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDURAHMON JOMIYNING “FAVOIDU’Z-ZIYOYA” ASARIDA “ISM” SO‘Z TURKUMI VA UNING IFODALASH PRINSIPI

NEW RENAISSANCE · Naymanov Raximjon Xakimovich

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Abdurahman Jami (1414–1492) is a thinker and scholar known for his scientific, literary and philosophical works, who left a great mark on medieval Eastern philosophy. His work “Favoidu’z-Ziyoya” specifically analyzes linguistic issues, including the role of word groups, their semantic and syntactic functions. In particular, the study of the word group “Ism”, its composition, functions and principles of expression helps to understand Jami’s contribution to linguistics in a 620 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 deeper way. This article presents a scientific analysis of the word group “Ism” and its principle of expression in the work of Abdurahman Jami. Keywords: Proper (traditional) Noun, Indefinite (common) Noun, ontological, reference, semantic analysis, pragmatic approach, naming function, descriptive function, traditional (classical) meaning, metaphorical meaning, semantic aspects. Ishning dolzarbligi. Abdurahmon Jomiyning asarida “Ism” atamasi nafaqat grammatik birlik sifatida, balki ma'naviy, tasavvufiy va falsafiy jihatdan ham o‘z ifodasini topadi. Ismlar, inson ruhining va dunyoning ma'naviy holatini aks ettirishda, ular o‘rtasidagi aloqalarni anglashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun, “Ism”ning ifodalash prinsipi nafaqat tilshunoslik, balki tasavvufiy falsafa nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir. “Ism” so‘zining tasavvufiy kontekstdagi ma'nosi bilan ham aloqasi mavjud. Jomiy, bu asarda “Ism”ning so‘z sifatidagi tahlilini hamda uning inson ruhiyatiga ta'sirini o‘rgangan. Masalan, “Ism” va “sifat” o‘rtasidagi farq, uning o‘zgaruvchanligi yoki ma'naviy o‘zgarishlarga mosligi tasavvufiy ilm va amallarni izohlashda alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda lingvistik va filologik tadqiqotlar “Ism” so‘z turkumi, uning ifodalash prinsipi va uning tildagi roli bo‘yicha yanada kengroq yondashuvlarni talab qiladi. Bu masala so‘nggi yillarda tilshunoslikda keng o‘rganilayotgan mavzulardan biriga aylangan. Ismlar, semantik va pragmatik nuqtai nazardan tahlil qilinib, ularning inson xulqiga, muloqot va jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarga qanday ta'sir qilishini o‘rganish dolzarb. Shu jihatlarni inobatga olib, maqola mavzusining dolzarbligi, nafaqat o‘rta asrning tasavvufiy va lingvistik qarashlarini o‘rganish, balki zamonaviy tilshunoslik va falsafaga qanday ta’sir ko‘rsatganini ham tahlil qilish imkonini beradi. Jomiy asaridagi “Ism” so‘zining ifodalash prinsipi, zamonaviy tafakkur va tilshunoslikning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga javob berishi mumkin. Ishning maqsad va vazifalari: Abdurahmon Jomiyning “Favoidu’z-Ziyoya” asarida “Ism” so‘z turkumining tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilishi va uning ma'naviy va axloqiy ta'limotlar bilan bog‘lanishini aniqlash o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Jomiyning “Ism” so‘z turkumi va uning ifodalash prinsipini insoniy fazilatlarni va axloqiy idealni shakllantirishdagi o‘rnini tushuntirishdan iborat. Vazifalar: “Ism” so‘z turkumining lingvistik jihatlari: uning turlari, grammatik xususiyatlari va sintaktik vazifalari. 621 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Jomiy asaridagi “Ism” so‘z turkumi va uning ifodalash prinsipi: so‘zning ma'naviy, diniy va axloqiy mazmuni yoritib berishda hizmat qiladi. “Ism” so‘zining Jomiyning falsafiy qarashlari va insoniyatni tarbiyalashdagi roli juda ham muhim kasb etadi. “Favoidu’z-Ziyoya” asarida “Ism” so‘z turkumining o‘rni va uning adabiy-tarbiyaviy ahamiyati katta vazifadir. Jomiyning “Ism” so‘z turkumi orqali insonning yaxshilik va yomonlik, haqiqiy bilim va jaholat kabi tushunchalarini qanday ifodalashini tahlil qilishda asosiy vosita sifatida hizmat qiladi. “Ism” — tilning eng muhim so‘z turkumi bo‘lib, odamlar va ob’ektlar, hodisalar va ularning xususiyatlari haqida fikr yuritishda ishlatiladi. Jomiy asarida Ismning ta’rifi, uning grammatik tizimidagi roli va ifodalash funktsiyalari ko‘plab jihatlaridan tahlil qilingan. Ism, asosan, mavjudot yoki hodisalarni nomlash, shuningdek, ularning xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Jomiy Ismni ikki asosiy turga ajratadi: Muayyan (an'anaviy) Ism — biror narsa yoki hodisaning aniq nomini ifodalaydi. Masalan, “uy”, “kitob”, “Shahar” kabi Ismlar. Noaniq (umumiy) Ism — ko‘proq tasavvur yoki holatni ifodalovchi Ismlar. Masalan, “yaxshi”, “go‘zal”, “boshqa” kabi sifatli ifodalashlar. Muayyan Ism — bu aniq, xususiy, maxsus ob’ektlar yoki hodisalarni ifodalovchi Ismlardir. Ushbu Ismning xususiyati shundaki, u o‘ziga xos, har bir ob'ekt yoki hodisani aniq belgilaydi va ularning tashqi ko‘rinishi yoki o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiradi. Muayyan Ismlar inson tafakkurida ma'lum bir tasavvur yaratadi, chunki ular biror narsa yoki hodisaga alohida, o‘ziga xos ma'no berishi kerak. Masalan:“Uy” — bu Ism aniq bir joyni, yashash joyini ifodalaydi.“Kitob” — muayyan bir ob’ektni, ma’lumot yoki o‘qish uchun materialni ifodalaydi. “Shahar” — aniq bir hudud yoki yirik a

Доказательный фрагмент

«Abdurahman Jami (1414–1492) is a thinker and scholar known for his scientific, literary and philosophical works, who left a great mark on medieval Eastern philosophy.»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdurahman Jami (1414–1492) is a thinker and scholar known for his scientific, literary and philosophical works, who left a great mark on medieval Eastern philosophy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Proper (traditional) Noun, Indefinite (common) Noun, ontological, reference, an'anaviy (klassik) ma'no, semantik tahlil, ontologik, Noaniq (umumiy) Ism, metaforik ma'no, semantik jihatlar., referensiya, nomlash vazifasi, tavsiflash vazifasi, Muayyan (an'anaviy) Ism, pragmatik yondashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники