Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI HAQIDA
To'xtamurodova Nafisa
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article provides a detailed description of auxiliary word groups, as well as connectives, auxiliaries, and prepositions, and also presents their grammatical features. Keywords: conjunction, auxiliary, preposition, pure and co-operative, subordinate clauses, subordinate conjunction. Ilmiy adabiyotlardan ma’lumki, grammatika to'g'ri gapirish va yozishni o'rgatadigan yirik bo'lim hisoblanib, morfologiya va sintaksis singari qismlarni o'z ichiga qamrab oladi. Morfologiya so'z turkumlarini o'rganadigan bo’limdir. So'z turkumlari o’z ichiga mustaqil so'z turkumlari, yordamchi so'z turkumlari va alohida olingan guruh so'zlarini oladi. Hozir biz shulardan biri bo’lgan yordamchi so'z turkumlarini o'rganib chiqamiz. Yordamchi so'z turkumlari deb, yakka holda ma'no anglatmaydigan, gap bo'lagi vazifasida qo'llanmaydigan, grammatik ma'nolarni ifodalashga ishlatiladigan so'zlarga aytiladi. Ular mustaqil so'zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so'zga va gapning mazmuniga turli qo'shimcha ma'nolar qo'shish maqsadida foydalaniladi. Yordamchi so'zlar turkumiga ko'makchi, bog'lovchi va yuklama kiradi. Dastlab ko'makchi va uning turlari bilan yaxshilab tanishib olamiz. 1 05 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ko'makchi bu- ot va otlashgan so'zlardan so’ng kelib, ularni boshqa so'zlarga tobelanish orqali bog'laydigan yordamchi so'zlardir. Masalan: Qo'li bilan yozdi. Bu yerda ko'makchi "bilan" so'zi bo'lib, u o'zidan oldin kelgan "qo'li" so'ziga bog'lanib kelgan, ikki so'z ya'ni "qo'li bilan" birikmasi bir xil so'roqqa javob bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasini keladi. Ko'makchilar sof va vazifadosh singari turlarga ajraladi: Yordamchi soʻzlar - mustaqil gap boʻlagi vazifasida kela olmaydigan, yordamchi maʼno va funksiyada qoʻllanadigan soʻzlar. Bular gapda mustaqil boʻlak boʻlib keluvchi soʻzlarni bogʻlaydi yoki ularga grammatik tavsif beradi. Oʻzbek tilida vazifasiga koʻra, yordamchi soʻzlar 3 turga boʻlinadi: koʻmakchi; bogʻlovchi; yuklama. Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarning bir turi. Ko'makchi atash ma'nosiga ega emas va u hech qachon mustaqil bo'la olmaydi.So'zni so'zga bog'lab so'z birikmasi hosil qiladi. Gapda ot yoki õzlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Bilan va ga almashsa u vazifadosh bog'lovchi bo'ladi ko'makchi emas. Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: 1) sof (asl) ko'makchilar; 2) funksional ko'makchilar (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar). Sof ko'makchi mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va boshqa. Funksional ko'makchi mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum oʻrinlardagina koʻmakchi sifatida qoʻllanadi. Funksional ko'makchining morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari 1) ot K. (tomon, yon, oʻrta va boshqalar); 2) sifat K. (boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar); 3) feʼl K. (koʻra, qarab, buylab va boshqalar); Ko’makchilar vazifasiga ko’ra kelishiklarga o’xshaydi. Ba’zan ko’makchilar kelishiklar bilan bir xil vazifada kelib, biri ikkinchisining o’rnida ishlatiladi. Masalan: qo’l bilan ko’tardim. Qo’lda ko’tardim (vosita ma’nosi). Jahonda dong’imiz paxta orqali. (G’afur G’ulom.) Jahonda dong‘imiz paxtadan (vosita yoki sabab ma’nosi). Maktab uchun mebel olindi. Maktabga mebel olindi (atalganlik ma’nosi). Lekin ko‘makchi bilan kelishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin: 1 05 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Paxta uchun kurash–paxtaga kurash birikuvlarida uchun ko‘makchisini jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga bilan almashtirib bo’lmaydi . Bogʻlovchi—yordamchi soʻz. Gap va gap boʻlaklarini bir-biriga bogʻlaydi. Bogʻlovchi ishlatilishiga koʻra, yakka Bogʻlovchilar („va“, „ammo“, „lekin“, „agar“, „chunki“, „uchun“ va boshqalar), takrorlanuvchi UYUSHIQ BÒLAKLAR („baʼzi“, „bir“, „goh“, „yo“ va boshqalar) ga boʻlinadi. Bogʻlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʻra, teng bogʻlovchi va ergashtiruvchi bogʻlovchilarga ajratiladi. Teng bogʻlovchilar „va“, „hamda“ — biriktiruv bogʻlovchilarga („bahor keldi va daraxtlar uygʻondi“); „ammo“, „lekin“, „birok“, „balki“ — zidlovchi bogʻlovchilarga („u ishga bordi, biroq ishlamadi“); „yo“, „yoki“, „yoxud“, „goh... goh“, „dam... dam“ — ayiruvchi bogʻlovchilarga („dam havo ochiladi, dam yomgʻir yogʻadi“); „na... na“ — inkor bogʻlovchilarga („na yomgʻir yogʻadi, na havo ochiladi“) boʻlinadi. Biriktiruvchi bogʻlovchining vazifasini, „bilan“ koʻmakchisi, „ham“, „da“, „u“ („yu“) yuklamalari ham bajarishi mumkin. „U“ („yu“) yuklamasi zidlovchi bogʻlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi bogʻlovchi koʻpincha bosh gapga qoʻshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʻlab
Доказательный фрагмент
«The article provides a detailed description of auxiliary word groups, as well as connectives, auxiliaries, and prepositions, and also presents their grammatical features.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides a detailed description of auxiliary word groups, as well as connectives, auxiliaries, and prepositions, and also presents their grammatical features. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- conjunction, auxiliary, preposition, pure and co-operative, subordinate clauses, sof va vazifadosh, bog'lovchi, yuklama, uyushiq bòlaklar, ergashtiruvchi bogʻlovchi., ko‘makchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025