К содержанию
РецензированоRU2026

STABILLOVCHI BURGʻULASH QORISHMALARINI QО‘LLASH VA ULAR TARKIBIDAGI TURLI REAGENTLAR USTIDA OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR

Raxmanov Jaxongir Jalilovich · Bozorov Otabek Nashvandovich

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Neft va gаz sanoatining burgʻulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan stabillovchi reagentlarni ishlab chiqarish bо‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rishimiz mumkinki, turli plastlarda burgʻulash jarayonlarida ishlatiladigan stabillovchi burgʻulash qorishmalarini qо‘llash va ular tarkibidagi turli reagentlar ustida olib borilayotgan amaliy ishlar atroflicha о‘rganildi. Kalit so‘zlar: harorat, sellyuloza, komponent, makromolekulalar, qaynatish, gomogen, tozalash, reaksiya, qaynatish, avtoklav, tarkibiy, kompleks. “О‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib olish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan О‘zbekistondagi eng yirik davlat kompaniyasi hisoblanadi. Tabiiy gaz qazib olish bо‘yicha ushbu kompaniya dunyoda 11- о‘rinni egallaydi. Neft va gaz sanoati faoliyatida geologik qidiruv, neft va gaz konlarini о‘zlashtirish, burgʻulash, qazib olishdan boshlab, uglevodorodlarni qayta ishlash, neft mahsulotlari, neft va gaz ishlab chiqarish, kimyoviy uskunalar va iste’molchilarni neft mahsulotlari bilan ta’minlashgacha bо‘lgan barcha neft va gaz operatsiyalarini qamrab oladi[1]. Neft va gaz sanoati, neft va gaz konlarini qidirish, burgʻulash, qazib chiqarish, uglevodorodlarni qayta ishlash, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish, neft-kimyo va kimyo uskunalarini ishlab chiqarish va iste’molchilarni neft mahsulotlari bilan ta’minlashgacha boʻlgan barcha neft va gaz operatsiyalarini qamrab oladi. Neft va gaz sanoatida 30 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari faoliyat kо‘rsatmoqda, ular, avtobenzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, har xil turdagi moylar, mazut, bitum, har xil turdagi polietilen, tovar holdagi tabiiy va suyultirilgan gaz, neft-kimyo va kimyo uskunalari, suyultirilgan gaz uchun balonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Neft va gaz sanoatining investitsiya siyosati, avvalo sohani diversifikatsiya qilish va neft va gaz resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlash uchun yuqori texnologiyalar bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan. Sо‘nggi 5 yil ichida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi va boshqa bir qator sanoat obyektlari, strategik obyektlar foydalanishga topshirildi[2]. Uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bо‘yicha yirik strategik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda. Xususan: - sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish zavodi 2020-yilda ishga tushirilgan; - ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,6 mlrd. kub metr tabiiy gazni qayta ishlash va Yevro-5 talablariga javob beradigan 1,5 mln. tonna yuqori sifatli sintetik yoqilgʻilar ishlab chiqariladi. 39 ` Shu bilan birgalikda, Shо‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bо‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishning yangi Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Loyihani amalga oshirish bilan zavodning hozirda ishlab turgan quvvati 125,0 ming tonnadan 500,0 ming tonnagacha, ya’ni 4 baravar kо‘paydi. Uglevodorodga asoslangan burgʻulash suyuqliklarining foydali qatlamlarni dastlabki ochishda afzalliklari, xorijiy va mahalliy ishlab chiqarish formulalarini koʻrib chiqishgan [2]. Ksantan biopolimerining asetat va piruvant guruhlari va guar smolasini gidroksil guruhlarining oʻzaro ta'siri burgʻulash suyuqligining reologik parametrlarini 35% dan ortiq oshirishga va filtrlash tezligini kamaytirishga yordam berishi sifat va miqdoriy jihatdan tasdiqlagan, bu natijaga 30% dan koʻprogʻiga ksantin biopolimeri va kraxmal reagentini mos ravishda 0,5% va 1,6% quruq polimer konsentratsiyasini qoʻllash orqali erishgan [3]. Kimyo, yengil va toʻqimachilik sanoati uchun xomashyo boʻlgan paxta tozalash chiqindilari va yuqori sifatli paxta sellyulozasini qayta ishlash, paxta korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va uning atrof-muhitga taʼsirini yaxshilash, mavjud texnologiyalarning ustun tomonlaridan foydalanilib olingan sulfat-sulfid, bisulfid sellyulozalarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari farq qilmaydi. Ferromolibden shlakini ogʻirlashtiruvchi vosita sifatida ishlatish zarur strukturaviy va reologik xususiyatlarga ega boʻlgan zichligi 1770 kg/m3 gacha boʻlgan burgʻulash suyuqliklarini olish imkonini bergan. Massasi 0,3-0,5% boʻlgan KK-Robus markali biopolimeriga asoslangan ogʻirlashtiruvchi burgʻulash suyuqliklari ishlab chiqilgan kompozitsiyalari ularning mahsuldor rezervuarlarning filtrlash va sigʻim xususiyatlariga salbiy ta'sirini minimallashtirishga imkon beradi [4]. Natijada neft-kimyo sanoatini yanada rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar negizida mahalliy xom ashyolar asosida burgʻulash qorishmalari uchun asosiy manba – stabillovchi reagent olish ushbu tadqiqotning asosiy vazifalaridan sanaladi. Mualliflar tomonidan yer osti gaz saqlash ob'ektlari haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan. Yer osti gaz omborlarini ish rejimi va ularning maqsadi boʻyicha tasniflash, shuningdek, er osti gaz saqlash inshootlarining umumiy tasnifi taklif etilgan [5]. Kompressor-nasos stansiyalar, magistral

Доказательный фрагмент

«Neft va gаz sanoatining burgʻulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan stabillovchi reagentlarni ishlab chiqarish bо‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rishimiz mumkinki, turli plastlarda burgʻulash ja…»

Образец извлечения

Демо-превью

Neft va gаz sanoatining burgʻulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan stabillovchi reagentlarni ishlab chiqarish bо‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rishimiz mumkinki, turli plastlarda burgʻulash ja… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harorat, komponent, qaynatish, sellyuloza, reaksiya, tarkibiy, kompleks., gomogen, avtoklav, makromolekulalar, tozalash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники