Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH MAZMUNI
NEW RENAISSANCE · Sidiqova Yulduz Sobirovna · Eshpo’latova Gulasal Nurpo’lot qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati, usullari va metodlari tahlil qilingan. Bolalarga tabiatni tushunish va unga g’amxo’r munosabatda bo'lishga o'rgatish jarayonida, o'qituvchi va tarbiyachilarning roli juda katta. Tabiat bilan tanishtirish faqatgina tabiat hodisalarini bilib olishni emas, balki bolalarga uni saqlash va himoya qilishni ham o'rgatadi. Ushbu maqolada pedagogik usullar va metodikalar hamda bolalarga tabiatni o'rgatishning samarali yondashuvlari taqdim etiladi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh, tabiat,ekologiya, ekologik ong, metodlar, didaktik o’yin, tabiat hodisalari. Tabiat, uning go'zalligi, xilma-xilligi va muhofazasi maktabgacha yoshdagi bolalarning dunyoqarashini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bugungi kunda yosh avlodni tabiat bilan tanishtirish, ularga atrof-muhitning ahamiyatini tushuntirish, tabiatni asrash zarurligini o'rgatish muhim pedagogik vazifalardan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiatni o'rganish orqali nafaqat bilimga ega bo'ladilar, balki estetik his-tuyg'ulari ham rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu bolalarning tabiatni, uning turli hodisalarini, o'simliklar va hayvonlar dunyosini o'rganish orqali ularni atrof-muhitga mehr atrof olam haqidagi tushunchalarini shakllantirish jarayonidir. Tabiat bilan tanishtirish maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'quv dasturlarining ajralmas qismi bo'lib, bu nafaqat bilim, balki hissiy va estetik rivojlanishniga ijobiy ta’sir etuvchi jarayondir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy maqsadi bolalarda tabiatga nisbatan hamdardlik va ehtiyotkorlik hissini rivojlantirishdir. Tabiatni o'rganish bolalarning hissiy va intellektual rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu jarayonda bolalar o'simliklar, hayvonlar, havo, suv va yer kabi asosiy tabiiy elementlar haqida bilib olibgina qolmasdan tabiatdadagi barcha tabiiy hodisalar, fasllar almashinuvi haqidagi tushunchalarga ham ega bo’ladilar. 499 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Bizga ma’liumki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyatlar o’yin tarzida olib boriladi. Shu bilan birgalikda turli xil metodlardan ham foydalaniladiki bu metodlar bolalarda tushunchalarning to’la va aniq shakllanishiga olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi[1,B.38] Tabiat bilan tanishtirishda qo'llaniladigan metodlar bolalarga tabiatni o'rgatishda muhim o’rin tutadi. Tajriba va kuzatuvlar, interfaol o'yinlar, didaktik materiallar, sayohatlar va tabiiy hodisalar haqida hikoyalar, tarbiyachining bolalar bilan olib boradigan tabiat haqidagi suhbati kabilar orqali o'rgatish samarali hisoblanadi. Masalan kuzatish metodini qo’llaydigan bo’lsak, tabiat bilan tanishtirishda bolalar bilan birgalikda uzoq va qisqa muddatli kuzatishlarni amalga oshirish mumkin Bu bolalarda kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tadqiqotchilik kabi sifatlarning rivojlanishiga olib keladi. Bolalar bilan uzoq muddatli kuzatuvlarni tashkil qilish orqali o’simliklarning daraxtlarning o’sish jarayonlarini kuzatish mumkin. Qisqa muddatli kuzatuvda yomg’ir shamol, bulutlarni kuzatish orqali tabiat va tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini boyitish mumkin. Bu metodlar bolalarning qiziqishlarini uyg'otadi va ularda tabiiy dunyo haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi. Bundan tashqari har bir o’tilgan mavzuni mustahkamlashda turli xil didaktik o’yilar: Yerdami daraxtda, kuzdami qishdami, mevami sabzavotmi, kabi so’z o’yinlaridan ham foydalanib bolalarning tabiat haqidagi tushunchalarini mustahkamlash bilan birga ularning nutqi va tafakkurini oshradi[2, B,62-67]. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik o'yinlarning ahamiyati juda katta. Didaktik o'yinlar nafaqat bolalarga bilimlarni o'zlashtirishga yordam beradi, balki ularda tabiatga bo'lgan qiziqish va sevgi tuyg'ularini ham rivojlantiradi. Bu o'yinlar o'quvchilarning faolligini oshiradi, tushunish va muloqot qilish ko'nikmalarini mustahkamlaydi, va bir vaqtning o'zida ular uchun o'rgatish jarayonini qiziqarli va jonli qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tabiat bilan tanishtirishda didaktik o'yinlarning ba'zi afzalliklari: Tajriba va kuzatish: O'yinlar yordamida bolalar tabiatning turli hodisalarini o'rganib, tajriba qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Misol uchun, o'simliklar yoki hayvonlar haqida o'yinlar yordamida o'zaro bog'lanish va kuzatish ko'nikmalarini rivojlantirish mumkin. Kreativlik va tasavvur: Tabiatni o'rganish bolalarda tasavvur qilish, yangicha fikrlash va kreativlikni rivojlantiradi. Didaktik o'yinlar orqali ular o'zlarining fikrlash qobiliyatlarini yanada oshiradi. 500 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Muloqot va jamoada ishlash: Bolalar o'yinlar orqali birgalikda is
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati, usullari va metodlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati, usullari va metodlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik ong, tabiat, Maktabgacha yosh, didaktik o’yin, tabiat hodisalari., ekologiya, metodlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026