К содержанию
РецензированоEN2026

UNDERSTANDING THE ELEMENTS OF FLUID MECHANICS

PROTSESSUAL MUAMMOLARI · Muhammadjon ALIMOV · ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ДОСУДЕБНОГО ПРОИЗВОДСТВА · В ВОЕННОМ УГОЛОВНОМ ПРОЦЕССЕ · Мухаммаджон АЛИМОВ · MILITARY CRIMINAL PROCEEDINGS (д.ф.ю.н. (PhD), доцент, Университет общественной безопасности) · Muhammadjon ALIMOV (д.ф.ю.н. (PhD), доцент, Университет общественной безопасности)

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2026

Аннотация

both theoretically and practically, the issues of the specifics of pre- trial proceedings for crimes committed with the participation of military personnel, its legal foundations, crimes committed with the participation of military personnel and 119 their forensic characteristics, the procedure for conducting an inquiry for war crimes or crimes committed with the participation of military personnel are analyzed. Kalit so‘zlar: harbiy xizmatchi, jinoyat, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi sudga qadar ish yurituv, surishtiruv, dastlabki tergov, tergovga qadar tekshiruv. Ключевые слова: военнослужащий, преступление, УК, УПК досудебное производство, дознание, предварительное следствие, досудебное расследование. Key words: serviceman, crime, Criminal Code, Code of Criminal Procedure pre-trial proceedings, inquiry, preliminary investigation, pre-trial investigation. Mamlakat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, sud-huquq sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar harbiy xizmatchilarning odil sudlovdagi huquq va manfaatlarini erkin himoya qilishga qaratilgan. Bu boradagi islohotlarning maqsadi harbiy xizmatchilarning jinoyat protsessida alohida subyekt sifatidagi ishtirokida sodir etiladigan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi, ular sudda jinoyat huquqining qanday subekti bo‘lib ishtirok etishidan qat’iy nazar ularning huquqlari aybsizlik prezumpsiyasiga asosan himoya qilinishiga qaratilganligini alohida ta’kidlash lozim. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2022- yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni asosida “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” imzolangan bo‘lib mazkur strategiyaning ikkinchi yo‘nalishida “Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish” vazifasini qo‘yilishi mazkur mavzuning naqadar dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. Harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan sudga qadar ish yurituvning huquqiy asosi sifatida JPKning to‘qqizinchi bo‘limida, shuningdek, harbiy xizmatchining jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va uning huquqlarini ijtimoiy himoyasi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabr kunidagi “Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 120 tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi PP-4447-sonli qaror bilan tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarida inson huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan qoidalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, uning 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanganligi” alohida huquqiy me’yor sifatida belgilangan. Mazkur normativ huquqiy hujjatlar harbiy xizmatchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida tergov organlari va sud hokimiyatining ochiq va shaffofligini ta’minlash, ularning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1 2 Harbiy jinoyatlarni tergov qilish va amaldagi JPKning 34, 36, 38 , 39 – moddasiga asosan harbiy xizmatchilar tomonidan jinoyat sodir etilganida sudga qadar ish yurituvchi organlarning vazifalari, hamda ularning protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqlari tartibga solingan. Yuqoridagi normativ huquqiy hujjatlar va Respublika Prezidenti tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat hozirgi kunda harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv, dastlabki tergovni olib boruvchi organlar, shuningdek, biz kabi ilmiy izlanuvchilar oldiga harbiy jinoyatlarni har tomonlama puxta tergov qilish shakli va usullarini ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi protsessual tartiblarni optimallashtirish kabi talablarni qo‘ymoqda. Umuman jinoyat protsessida (shu jumladan harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlarda ham) jinoyat subyektlarining ayblilik masalasini uzil-kesil hal etish asosan dastlabki tergov bosqichida boshlanib, unda shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb etish, dalillarni qidirish, aniqlash, qayd etish, 121 tadqiq qilish, tekshirish va baholashga qaratilgan protsessual tizim tergovchiga shaxsning huquqlarini qonun doirasida cheklash vakolatini beradi [1]. Harbiy xizmatchilar ishtirokida sodir etilgan jinoyat ishlarini yuritishda tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarni ta’minlash, protsessual harakatlarni amalga oshirish jarayonlari odillik va adolatlilik mezonlari asosida olib borilayotganligini tekshirish jarayonlari tahlili shuni ko‘rs

Доказательный фрагмент

«both theoretically and practically, the issues of the specifics of pre- trial proceedings for crimes committed with the participation of military personnel, its legal foundations, crimes committed with the participati…»

Образец извлечения

Демо-превью

both theoretically and practically, the issues of the specifics of pre- trial proceedings for crimes committed with the participation of military personnel, its legal foundations, crimes committed with the participati… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
serviceman, crime, Criminal Code, Code of Criminal Procedure, Naviеr-Stоkеs еquatiоns., fluid prоpеrtiеs, Rеynоlds numbеr, fluid statics, fluid dynamics, Bеrnоulli's principlе, Fluid mеchanics
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники