К содержанию
РецензированоUZ2017

12-13 YOSHLARDAGI BOLALARNI MILLIY KURASH MUSOBAQALARI OLDIDAN PSIXOLOGIYASINI TAYYORLASH

PSIXOLOGIYASINI TAYYORLASH · Vaxobov G‘iyos Do‘stmurodovich

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2017

Аннотация

Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar va harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Kurash mashg‘ulotining maqsadi yosh kurashchilarni yuqori malakali sportchi qilib tarbiyalash va kurash turlarida sportdagi eng yuksak natijalarga erishish bilan birga ma’naviy etuk hamda jismonan barkamol inson qilib tarbiyalash hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Kurash, milliy kurash, kurash turlari, sport, mutaxassis, to‘garak, jarayon, jismoniy tarbiya, psixologik tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2017-yil 2- oktabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3306-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek yurtimizda kurash sportini yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Respublikamizda kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning asosiy vositalari hisoblanadi. Bundan tashqari , kurash eng qadimiy va keng tarqalgan sport turidir .Qadimgi xalqimiz ichida epchilik, chaqqonlik , kuchlilik va irodaviy sifatlari mujassam insonlar bo’lgan .Ushbu fazilatli insonlarni xalqimiz o’zbek xalqi polvonlari deb atashgan . Buyuk aloma Abu Ali Ibn Sinoning « Tib qonunlari » kitobida kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashining muhim omili deya e’tirof etgan. G’azal mulkining sultoni Alisher Navoi ko’p asarlarida kuchli kurashchilar bellashuvlari tasvirlangan. Ushbu asarlarda ham ko’rinib turibdiki, o’zbeklarda usullar tizimi yetakchi bo’lgan. Bugungi kunga kelib yurtimizda kurash sohasida yetakchi mutaxasislar A.Atoyev, F.A.Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J. Toshpo’latov, U. Ibrohimov Z.Jumayevlarning ilmiy uslubiy ishlarida takidlanishicha, ajdodlarimizning ma’daniy ishtimoiy iqtisodiy siyosiy va madaniy merosimiz bilan chambarchash bog’liq bo’lgan. Kurash xalqimizning etnik madaniy, jismoniy madaniyati bilan uyg’unlikda rivojlanib kelganidan dalolat beradi. Shu bilan birga kurashning tarixiy hayoti turli ishtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, marifat tarixiy voqealar hamda ananalar bilan chambarchas bog’liq. Zamonaviy kurash tarixiy ildizlarining tahlilida ushbu sohaning etakchi mutaxassislari (N.M. Galkovskiy, A.Z. Katulin, N.G. Chionov, N.N. Sorokin,R. Petrov; o’zbek olimlari: A.K.Atoev, F.A.Kerimov, N.A.Tastanov, R.S.Salomov, R.D.Xolmuxamedov) kurash ibtidoiy-jamoa tizimi davrida yashash uchun kurash vositasi sifatida paydo bo’lgan deb ta’kidlaydilar. Mehnat qurollari paydo bo’lishi va ularning murakkablashib borishi jamiyatning har bir a’zosiga yangi talablar qo’yib kelgan. Yangi harakatlarni mukammal o’rganishi uchun inson o’z tanasini maxsus tayyorlash zaruriyati paydo bo’ldi. Epchillik, kuch va boshqa jismoniy fazilatlarini sinash uchun o’yinlar va yakkakurashlar uyushtirilgan. 126 Kurash – oʻzbek milliy sport turi. Belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama- yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. O‘zbek kurashining 12-13 yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, yoshlarimizning har tomonlama barkamol, sog‘lom, ma’naviy Yetuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Boshlang’ich tayyorlov guruhlari uchun asosiy metodlar (3-yil, 12-13 yosh). Tik turib qabul qilishning asosiy usullari tegishli uchun: yuqoridan qo’lini ushlash bilan aylantirib tashlash (1-a rasm), qo’li va tanasidan ushlash bilan orqaga bukmlmb uloqtirish (2-b rasm), elka va qo’lni pastdan ushlash orqali oyog’idan chalish (3-v rasm). 1-rasm Parterdagi asosiy texnikalarga quyidagilar kiradi:  uzoq son ag’darish chalg’itish teskari qo’lga (2-a rasm),  uzoq oyoq ilgak bilan tilt ta’qib elka va kestirib otish (2-b rasm),  yuqoriga o’tirib (2-v rasm). 2-rasm 127 O‘zbek kurashining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, yoshlarimizning har tomonlama barkamol, sog‘lom, ma’naviy Yetuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. 1. Ta’lim muassasalarida kurash mashg‘ulotlari darslari soatini ko‘paytirish. 2. O‘zbek kurashi bo‘yicha darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va kerakli adabiyotlarni chop ettirilishini jadallashtirish. 3. O‘zbek kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyatlar tumanlarida musobaqalarni tashkil etishni ko‘paytirish. 4. O‘zbek milliy kurash turlari bo‘yicha yagona o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalar o‘tkazish uchun yagona dastur, nizom va darsliklar, qo‘llanmalar yaratis

Доказательный фрагмент

«Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar va harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar va harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kurash, psixologik tayyorlash, jismoniy tarbiya, milliy kurash, mutaxassis, kurash turlari, sport, to‘garak, jarayon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники