Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIRLIK DAVRIDA SALOMATLIKNI SAQLASH MUAMMOSI
Rahimova Sabohat Bahodir qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В данной статье освещается актуальная проблема здоровья подростков, причины и последствия возникновения, физиологические и психологические изменения, происходящие в подростковом возрасте. Ключевые слова: подростковый возраст, психический кризис, биогенетическая теория, З.Фрейда, алкоголизм, табак, хронические заболевания, инфекционные заболевания. Annotation: This article covers the problem of maintaining health in adolescents of urgent importance, the causes and consequences of origin, physiological and psychological changes that occur during adolescence. Keywords: Adolescent period, psychic crisis, biogenetic theory, Z.Freud, alcoholism, tobacco, chronic diseases, infectious diseases. O‘smirlik davri boshqa rivojlanish davrlarining ichida o‘zining fiziologik, psixologik, ijtimoiy jihatdan o‘ta “nozikligi” bilan ajralib turadi. O‘smirlik davri qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarga boy davr hisoblanadi. Bunga asosiy sabab, o‘smir ruhiyatida shunday holatlar yuz beradiki, u bu inqirozni bir tomondan yakka o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan bunga o‘zining real imkoniyatlari yo‘l bermaydi. Yetuk psixolog olimlardan biri L.S. Vigotskiyning o‘smir yoshini “psixik rivojlanishdagi inqiroz” deb nomlashi bejiz emas. Boshqa adabiyotlarda o‘smirlik davri “o‘tish davri”, “krizis davri”, “qiyin davr” kabi nomlarni olgan ko‘rinishlar bilan xarakterlanadi. Buyuk ingliz yozuvchisi, dramaturg, shoir Uilyam Shekspir o‘smirlik davrining nozikliklari haqida so‘z yurita turib, “Qaniydi yigitlar 13-yoshda uxlab 20-yoshda uyqudan uyg‘onsalar” deb ta’kidlab o‘tadi. O‘smirlik davri borasida bir qancha nazariyalar bor. Jumladan, Venalik psixolog Zigmund Freyd va uning shogirdlari o‘smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o‘z mavqeyini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb 121 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference hisoblaydilar. Bu intilish go‘yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik paydo bo‘lishiga, atrofdagilar bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilaydi deb ta’kidlaydilar. E.G‘oziyev talqini bo‘yicha Sobiq sovet psixologlari Z.Freyd nazariyasining mutlaqo asossizligini ta’kidlaydilar hamda o‘smirda moyillik va o‘z chki dunyosiga qiziqishning namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanishini asoslab berganlar. Biogenetik nazariya namoyondalarining fikricha, o‘smirni psixik jihatdan inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi, sub’ektiv ichki kechinmalari yigit va qizlarni tanholik psixologiyasiga tortadi. O‘smir uchun xarakterli norozilik, qo‘pollik, qaysarlik, tajanglik, arazchilik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy yetilishning mahsuli bo‘lmish yangi tuyg‘ular, mayllar, kechinmalar o‘smir xatti- harakatida hukmron bo‘lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirishga harakat qiladi. O‘smirlik davri 10-11 yoshlardan 14-15 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Hozirgi davrdagi o‘smirlar ajdodlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustundirlar. Hozirgi davr o‘smirlarida jinsiy yetilish, psixik o‘sish hamda ijtimoiylashuv jarayoni birmuncha ertaroq sodir bo‘lmoqda. Bu davr mobaynida o‘smirda fiziologik va psixologik jihatdan muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal o‘sishi va rivojlanishi hujayra va organizm tuzilmalarining sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishidir. Organizmdagi barcha o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. O‘smirda fiziologik jarayonlardagi o‘zgarishlar bilan bir paytda o‘smir psixikasida ham sifat jihatdan muhim yangiliklar sodir bo‘ladi. Balog‘at davriga 11(12)-15 yoshli qizlar va o‘g‘il bolalar kiradi. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o‘sish va jinsiy yetilish amalga oshadi. Bolaning bo‘yi 11-12 yoshda 6-7sm, hatto 10smgacha o‘sishi mumkin. Ammo, bu bosqichda qizlar yigitlarga nisbatan tezroq o‘sadilar. O‘smir 13-14 yoshga yetganda har ikkala jins vakillarining bo‘yi deyarli birdek o‘sadi. 15 yoshga to‘lganda yigitlar bu “musobaqa” da ilgarilab ketishadi va to umrilarining oxirlarigacha ayollardan bu borada ustunlikni saqlab qoladilar. Mazkur rivojlanish davrida ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchaydi. Kamolotga yetishning birlamchi va ikkilamchi alomatlari bo‘y ko‘rsata boshlaydi. Yigitlarda ovoz yo‘g‘onlashadi, asta-sekinlik bilan soqol-mo‘ylovlar sabza ura boshlaydi. Qizlarda ko‘krak bezlari rivojlana boshlaydi. Ularda boshqa jins vakiliga “qiziqish” ortadi, shirin orzular, nozik his- tuyg‘ular, sog‘inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘la boshlaydi. Bu qiyinchiliklar avvalo ta’lim 122 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference jarayonida ro‘y beradi: ma’lumotlarni bayon qilish va qabul qilish
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещается актуальная проблема здоровья подростков, причины и последствия возникновения, физиологические и психологические изменения, происходящие в подростковом возрасте.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещается актуальная проблема здоровья подростков, причины и последствия возникновения, физиологические и психологические изменения, происходящие в подростковом возрасте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Adolescent period, psychic crisis, biogenetic theory, Z.Freud, alkogolizm, surunkali kasalliklar, yuqumli kasalliklar., Z.Freyd, tamaki, psixik inqiroz, O‘smirli davri, biogenetik nazariya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025