К содержанию
РецензированоRU2026

Направления по выведению населения из бедности посредством развития малого бизнеса

KAMBAGʻALLIKDAN CHIQARISH YO‘NALISHLARI · Dedamirzayev Ravshanbek Abdumalik o‘g‘li

Наука, инновации и образование: ключевые векторы общественного прогресса · 2026

Аннотация

The article examines issues related to the development of small businesses to lift the population out of poverty, provide employment by creating new jobs, as well as factors that contribute to improving people's well-being. Keywords: business, entrepreneurship, credit, banking, investment, entrepreneurial activity, employment, subsidy. Mamlakatimizni rivojlanishida kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarning o‘rni beqiyosdir. Shu bois ularga turli xil imtiyozlar berilmokda va ular faoliyatini rivojlanishida barcha sharoitlar xam yaratib kelinmokda. Mamlakatimiz Prezidentining qarorida xam kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha yaxlit tizim joriy etish ustivor maqsad belgilandi. Ya’ni, aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishda aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini o‘qitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish va “oilaviy tadbirkor – mikrobiznes – kichik biznes –o‘rta biznes” zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat dasturlari doirasida kichik va o‘rta biznes loyihalarini “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka 152 «Наука, инновации и образование: ключевые векторы общественного прогресса» o‘qitish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda biznes jarayonlarining barcha bosqichlarida doimiy hamrohlik qilishni “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJlar va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJda, shuningdek, vakolatli organlar va tijorat banklarining tadbirkorlik yo‘nalishidagi elektron platformalarida amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi [1]. Kambag‘allikning iqtisodiy oqibatlari kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday oqibatlar aholining xarid qobiliyati pasayishi, talab tarkibining past narx segmentiga qarab o‘zgarishi va umuman, kichik biznes va turli tadbirkorlik korxonalarining iqtisodiyotdagi ishbilarmonlik muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘ladi. Kambag‘allik shaxs yoki ijtimoiy guruh iqtisodiy holatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, insonning hayot kechirishi, mehnat qobiliyatini saqlab qolish va nasl berishda zarur bo‘lgan minimal ehtiyojlarning ma’lum bir doirasini qondira olmaslikni anglatadi. Shuning uchun kambag‘allik jamiyat va iqtisodiyotda bir qator salbiy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Kambag‘allik bir qator ob’yektiv va sub’yektiv sabablar tufayli tug‘ilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shu bois kam ta’minlanganlik ulushini o‘rganilishi bevosita uning oqibatida yuzaga keladigan kambag‘allikni oldini olish va hech bo‘lmaganda qisqartirishdan iborat bo‘lgan maqsadga erishishdir. Izlanishlar natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda kam ta’minlangan oilada a’zolar soni 7 kishidan iborat bo‘lib, oila boshlig‘ining o‘rtacha yoshi 50 yoshdan yuqori va u oliy ma’lumotga ega emas. Jumladan, 11% kam ta’minlangan oilaning boshlig‘i ishsiz, 93% holatlarda esa oliy ma’lumotga ega emas va faqat 24% o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Kam ta’minlangan uy xo‘jaliklarining 43% doimiy ish joyiga ega emas. 93% markaziy isitish tizimiga, 96% markaziy kanalizatsiya tizimiga va 66% markaziy suv ta’minotiga ulanmaganligi aniqlangan bo‘lib, bunday tadqiqotlar O‘zbekistondagi kambag‘allikning yanada aniq tasvirini hamda unga qarshi kurash bo‘yicha asosiy choratadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi [6]. Hozirgi davrda jahon mamlakatlarining muayyan aholi qatlamini qamrab olgan. Aniqroq aytsak, kambag‘allik turli davlatlarda turlicha darajalarda namoyon bo‘lib, bugungi kunda ham keng tarqalgan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida kambag‘allik bir qator iqtisodchi olimlarning e’tiborini tortdi. Osiyo, antik va feodal jamiyatlarida boy va qambag‘allarga bo‘linish insonning shaxsiy qobiliyatiga unchalik bog‘liq bo‘lmagan: ehtiyojlar darajasi va ularni qondirishlik shaxsning sinfiy va huquqiy holatiga bog‘liq edi. Chunki u davrlarda turli ijtimoiy guruhlar turli xil turmush tarziga ega edi. Shuning uchun quyi tabaqalarning yuqori qatlamlarning obro‘li turmush tarziga rioya etishlari mumkin emasligi odatiy hayot me’yorlari sifatida qabul qilingan. Shuningdek, u faqat mehnat unumdorligining doimiy oshishigina kambag‘allikni yengish uchun haqiqiy istiqbollarni ochadi, deb hisoblagan. Xususan, Ch.But va S.Rauntri asarlari kambag‘allik haqidagi bilimlar bo‘yicha akademik tadqiqotlar uchun asos yaratdi va ko‘plab mamlakatlar siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Kambag‘allikning asosini shaxsning ijtimoiy hayotga munosabati, ya’ni kiyim-kechak, oziqovqat, uy-joy kabi eng asosiy ehtiyojlarini qondirish edi. Ch.But 153 «Наука, инновации и образование:

Доказательный фрагмент

«The article examines issues related to the development of small businesses to lift the population out of poverty, provide employment by creating new jobs, as well as factors that contribute to improving people's well-…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines issues related to the development of small businesses to lift the population out of poverty, provide employment by creating new jobs, as well as factors that contribute to improving people's well-… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
business, entrepreneurship, credit, banking, investment, subsidy, entrepreneurial activity, банковское дело, предпринимательство, bandlik, investitsiya, bank, кредит, tadbirkorlik faoliyati, subsidiya, предпринимательская деятельность, tadbirkorlik, инвестиции, субсидия, бизнес, biznes, employment, kredit, занятость
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники