Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
EFIR MOYLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Ergasheva Gulmira Ostonovna · Oqyolova Bahridil Abduqodir qizi · Mahmudjonova Zilola Mamirjon qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article provides information about essential oils and their chemical structure, properties, beneficial and harmful properties for the human body, essential oils contained in lavender and ermine plants and their benefits. Key words: Essential oils, ermine, lavender, carvacrol, linalool, terpene, tinol, linyl acetate. Kirish: Efir moyi deb, o’simliklardan suv bug’i yordamida haydab olinadigan, o’ziga xos hidi va mazaga ega bo’lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo’y hidli o’simliklar va ulardan olinadigan ba’zi mahsulotlar ( hushbo’y suvlar, smolalar va efir moylar) qadimdan ma’lum. Odamlar bu mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib kelganlar. O’rta asrlarda arablar o’simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilar edilar. XVIII asrdan boshlab efir moylarinring xossalari va tarkibiy qismi o’rganila boshlangan bo’lsada, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ayniqsa avj oladi. Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra yer sharining florasidagi o’simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bo’ladi. Shundan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortiq o’simlik turi Sobiq ittifoq hududida o’sadi. Ayniqsa, yasnotkadoshlar - Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae), selderdoshlar - Apiaceae (soyabon-guldoshlar Umbelliferae), astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae), sho’radoshlar - Chenopodiaceae, archadoshlar (sarvindoshlar) -Supressaceae, mirtadoshlar - Myrtaceae, rutadoshlar - Rutaceae, ra’noguldoshlar - Rosaceae va boshqa oilalarning vakillari efir moyiga boy. Tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklar asosan Ukraina, Moldova, Gruziya, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalarida, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Voronej viloyatlarida ko’plab o’stiriladi. O‘zbekistonda efir moyli o‘simliklarning 560 turi ma’lum bo‘lib, ular 233 turkumga va 50 oilaga kiradi. Mamlakatimizda tabiiy efir moylarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda kimyoviy usul bilan xushbo‘y hidli sintetik moddalar ham ishlab chiqarilmoqda. Bu moddalarni sintez 52 qilganda xomashyo manbai bo‘lib, efir moylarining ba’zi bir komponentlari: linalol, sitral, sitranellal, yevgenol, anetollar hamda asosan tabiiy o‘simlik qoldiqlaridan yuzaga kelgan toshko‘mir, neft, torflar hisoblanadi. So‘nggi yillarda efir moyli o‘simliklarni yanada ko‘proq va ilmiy asosda o‘rganishga e’tibor kuchaygan. Efir moylari o‘simlikning turli organlari (bargi, poyasi, guli va ildizi)da hujayra va to‘qimalarning maxsus joylarida (kanalchalarda) to‘planadi. Bundan tashqari, hujayra shirasida va parenxima hujayralarida emulsiya holida uchraydi. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanish sharoitiga qarab, undagi efir moylarining miqdori o‘zgarib turadi. Efir moylari kimyoviy tarkibining juda murakkab, uchuvchan va xushbo‘y bo‘lishi bilan o‘simlik moylaridan farq qiladi. Agar efir moylari qog‘oz yoki materialga tegizilsa, unda hech qanday dog‘ qoldirmaydi. O‘simlik moylari esa dog‘ qoldiradi. Shuningdek, efir moylari ovqat sifatida iste’mol qilinmaydi, o‘simlik moylari esa iste’mol qilinadi. Efir moylari ko‘pchilik o‘simliklarda erkin holda bo‘lib, suv bug‘i yordamida haydab yoki ekstraksiya yo‘li bilan ajratib olinadi. Ba’zi o‘simliklarda efir, moylari glyukozidlar va boshqa moddalar bilan birikkan holda bo‘ladi. Ularni sof holda ajratib olish uchun fermentatsiya usulidan foydalaniladi. Efir moylari bir qancha moddalarning murakkab birikmasidan hosil bo‘lgan, ko‘pincha genetik jihatdan o‘zaro uzviy bog‘langan turli xil organik birikmalardan iborat. Ularning komponentlari qatoriga uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, fenollar, laktonlar, efirlar, xinonlar, kislotalar, azotli birikmalar va .boshqa moddalar kiradi [1]. Ermon o‘simligi (Origanum vulgare) —xushbo‘y hidga ega bo‘lgan o‘simlikdir. U ko‘pincha oregano deb ham ataladi va asosan Yevropa, Osiyo va O‘rta Sharqda o‘sadi. Ermon o‘simligi an'anaviy tibbiyotda, ayniqsa, dorivor o‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi. Uning efir moylari tibbiyot, kosmetika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida foydalanish uchun juda qadrlanadi. Ermon o‘simligining efir moylari uning barglaridan va gullaridan olinadi. Efir moylari o‘zida ko‘plab biologik faol moddalarga ega bo‘lib, ular tibbiyotda va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Ermon o‘simligining efir moyi turli kimyoviy birikmalarni o‘z ichiga oladi. Eng asosiy tarkibiy qismlar quyidagilardir: Karvakrol bu ermon efir moyining asosiy faol moddasidir va uning antibakterial, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarini ta'minlaydi. Karvakrol shuningdek, antiseptik va antifungal xususiyatlarga ham ega. Timol bu birikma ham antibakterial va antifungal ta'sirga ega, shuningdek, immun tizimini mustahkamlashda yordam beradi. Linalol bu modda tinchlantiruvchi va stressni kamaytiruvchi ta'sirga ega bo‘lib, ermon efir moyining boshqa komponentlari bilan sinergik ta'sir ko‘rsatadi. Terpen bu birikma yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatlarga ega. Bo
Доказательный фрагмент
«This article provides information about essential oils and their chemical structure, properties, beneficial and harmful properties for the human body, essential oils contained in lavender and ermine plants and their b…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about essential oils and their chemical structure, properties, beneficial and harmful properties for the human body, essential oils contained in lavender and ermine plants and their b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Essential oils, ermine, lavender, carvacrol, linalool, terpene, tinol, linyl, Efir moylari, karvakrol, lavanda, linil atsetat., terpen, ermon, linalol
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025