К содержанию
РецензированоUZ2026

SIYOSIY NUTQNING TASNIFIY BELGILARI VA TURLARI

Kamola Musulmonova · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Siyosiy nutq ko‘plab tadqiqotlarning obyekti vazifasini bajaradi. Lingvistik ekspertologiyada siyosiy nutqning mohiyati yetarlicha tahlil etilmagan. Biroq sohada aynan siyosiy nutqlar ekspertizasiga doir murojaatlar sonining ko‘payishi uni sharhlash zaruratini paydo qiladi. Maqolada siyosiy nutqlar lingvistik ekspertizasida siyosiy nutq tushunchasi mohiyati asoslangan. Kalit so‘zlar: siyosiy, siyosat, siyosiy nutq, nutq, tasnif, ijtimoiy, ommaviy, rasmiy. Siyosiy nutq keng mohiyatga ega bo‘lgan tushuncha. Turli fan sohalarida siyosiy nutqlar turfa aspektlarda o‘rganiladi. Jahonda aynan siyosiy nutqlarning lingvistik xususiyatlarini tahlil qiluvchi siyosiy lingvistika, siyosiy diskurs, sud siyosatshunoslik lingvistik ekspertizasi singari sohalar mavjud. Tilshunoslikda nutq (nutq faoliyati) - bu tildan foydalanish jarayoni, nutq faoliyatining natijasi - matn yaratish. Shunga ko‘ra, siyosiy nutq – siyosiy matn yaratish jarayonida milliy tildan foydalanishdir. Siyosiy nutqning o‘ziga xosligi uning mazmuni va masalalari (davlatlar o‘rtasida, davlatda va uning tuzilmalarida hokimiyatning taqsimlanishi), funksiyalari (adresatning dunyoning siyosiy manzarasiga ta'siri, adresatga hissiy ta'siri, adresatning muayyan harakatlarga moyilligi) bilan belgilanadi.), lug‘at va boshqa elementlarni tanlash va ishlatishda mafkuraviy shart-sharoit, shuningdek, ushbu faoliyat turiga xos bo‘lgan muloqot strategiyalari va taktikalaridan foydalanish demakdir. Nutq faoliyatida nafaqat murojaat qiluvchining (ya'ni, ma'ruzachi yoki yozuvchi), balki qabul qiluvchining (ya'ni, tinglovchi yoki o‘quvchi) ishtirokini ta'kidlash zarur bo‘lgan hollarda “siyosiy muloqot” atamasi ko‘pincha ishlatiladi. Siyosiy muloqotda kundalik yoki badiiy muloqotdan farqli o‘laroq, ko‘p hollarda nutq faoliyatining subyekti va adresati ma’lum bir siyosiy tashkilot yoki hokimiyat tuzilmasi vakili sifatidagi shaxsdir. Masalan, ko‘pgina siyosiy hujjatlar rasmiy ravishda muallifga ega emas va ular tashkilot yoki davlat tuzilmasi nomidan nashr etiladi. Shunga ko‘ra, referent tomonidan yozilgan nutq siyosiy arbob nutqi sifatida qabul qilinadi va tahlil qilinadi va ko‘plab siyosiy hujjatlar ularni haqiqiy tuzuvchi emas, balki siyosiy tashkilot yoki hokimiyat tuzilmasi rahbari tomonidan imzolanadi. Bunda siyosiy nutqning umummanfaat doirasiga asoslangan/ asoslanmaganligini aniqlash, shuningdek, nutqda salbiylik semantikasi mavjud/mavjud emasligini aniqlash zarurati tug‘iladi. Masalaning yana bir jihati, agarda siyosiy nutq siyosiy tuzumga zid strategiyaga asoslangan bo‘lsa, u holda nutq muallifi bunda sababchi sifatida ko‘rsatiladimi yoki uni ijro etuvchi siyosiy rahbarmi. Shu singari masalalarni hal etish zarurati o‘laroq, siyosiy nutqlarni ekspertiza qilish ehtiyoji ortib bormoqda. Siyosiy nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etishdan avval siyosiy nutqning mohiyatini izohlash zarurati mavjud. Birinchidan, siyosiy matn siyosat sohasida faoliyat yurituvchi matn turidir. Ikkinchidan, bu matn muayyan mavzularga, xususan, siyosiy masalalarga bagʻishlangan bo‘lishi lozim bo‘ladi. 70 Olimlarning fikricha, siyosiy nutq siyosiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan yaratilgan nutaqdir . Shuni taʼkidlash kerakki, siyosiy matnlarni oʻrganishda tor va keng yondashuvlar mavjud. Tor yondashuv tadqiqotda faqat bevosita siyosiy arboblar tomonidan yaratilgan nutqlar ishtirok etishini nazarda tutadi, keng yondashuv esa siyosiy nutqlarga siyosiy mavzudagi har qanday nutqlar kiradi, deb taxmin qilinadi. 1 Amerikalik siyosatshunos Andrean Bread tomonidan esa siyosiy nutqqa quyidagicha ta’rif beriladi: “Siyosiy nutqlarda g‘oyalar va mafkuralar til orqali yetkazilishi kerak, shunda ular qabul qiluvchilar tomonidan, shuningdek, nutqning bir qismini keyinroq ommaviy axborot vositalarida o‘qishi yoki eshitishi mumkin bo‘lgan boshqalar tomonidan kelishilgan bo‘lishi kerak. So‘zlar va iboralar ma'noga turli yo‘llar bilan ta'sir qilish uchun ishlatiladi yoki tushiriladi. Bundan tashqari, siyosiy nutqlar ishonchli tildan foydalanishda o‘qitilgan professional nutq mualliflari jamoasi tomonidan tuziladi. Siyosiy nutq haqiqatning to‘g‘riligi tufayli muvaffaqiyatli bo‘lishi shart emas; balki argumentni taqdim etish masalasi bo‘lishi mumkin”2 Saylov oldidan bir necha marta xalqqa murojaat qilinadi. Bu chiqishlar, ayniqsa, miting va saylovoldi tashviqotlarida saylovoldi maxsus murojaatlariga ham havola qilinishi mumkin edi. Siyosiy nutq matn, chiqish va og‘zaki yoki yozilishi mumkin bo‘lgan jarayon sifatida xizmat qiladi. Siyosiy nutq siyosiy arbobning imidji va nufuzini belgilab beradigan asosiy vositalardan biri. Qadimgi davrlardanoq rahbarning notiqlik mahoratiga alohida e’tibor qaratilgan. Siyosiy nutqning o‘rni va ahamiyati xususida siyosatshunos Charteris Black shunday mulohaza bildiradi: “Siyosat hokimiyatni qo‘lga kiritish, saqlash va qo‘llab- quvvatlash bilan bog‘liq. Demokratik jamiyatlarda siyosiy hokimiyat, eng avvalo, mohir va ishonarli tildan foydalanish orqali erishi

Доказательный фрагмент

«Siyosiy nutq ko‘plab tadqiqotlarning obyekti vazifasini bajaradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Siyosiy nutq ko‘plab tadqiqotlarning obyekti vazifasini bajaradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tasnif, ommaviy, ijtimoiy, rasmiy., siyosiy nutq, siyosiy, nutq, siyosat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники