Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
QASHQADARYO VILOYATIDA TURISTLAR OQIMINI SIMULYATSIYA QILISH ORQALI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH
ORQALI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH
Наука и технология в современном мире · 45-46 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada turizm aglomeratsiyani optimal joylashtirishni zamonaviy modellar asosida takomillashtirish yo’llari va Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabini o‘rganish zarur. Mahalliy va xalqaro sayyohlar oqimini jalb qilish uchun marketing strategiyasini shakllantirish va turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonlari yozilgan. Kalit so’zlar. optimal joylashtirish, turizm aglomeratsiya, zamonaviy modellar, Mahalliy va xalqaro sayyohlar, turizm xizmatlarini diversifikatsiya. Kirish. Qashqadaryo viloyatining asosiy tabiiy resurslari va diqqatga sazovor joylari tog‘lar, ko‘llar va o‘rmonlardan iborat. Bu hududda joylashgan Kitob-Qarshi tog‘ tizmasi, Hisor qo‘riqxonasi kabi joylar turistlar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday joylar ekoturizm va tabiiy landshaftlar asosida rivojlantirilishi mumkin. Hisor tog‘lari ekoturizm va ekstremal turizm uchun mos bo‘lib, bu turizmni rivojlantirishga yordam beradi. Qashqadaryo viloyatida qadimiy tarixga ega joylar, masalan, Shahrisabz va uning atrofi, Amir Temur davri yodgorliklari, Dorut-Tilovat, Dorut-Saodat majmualari mavjud. Bu tarixiy joylar turistlarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega. Shahrisabz Amir Temur davridagi arxitektura yodgorliklari bilan butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va bu hududning turizm salohiyati yuqori. Qashqadaryo viloyatida qo'llanishi, Shahrisabz va Kitob-Qarshi hududlarida turistlar oqimini simulyatsiya qilish orqali infratuzilmani qayerda rivojlantirish eng samarali ekanligini prognoz qilish mumkin. Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasi samaradorligini oshirish hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish harakatlar dasturı bo‘yicha 2022-2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar (1-jadval) ko’rsatilgan. 1-jadval Qashqadaryo viloyatida turistlar oqimini simulyatsiya qilish orqali infratuzilmani rivojlantirish Oʻlchov 2022-yil 2023-yil T/r Asosiy mezonlar birligi ko‘rsatkichi (koʻrsatkich) reja amalda % Xorijiy sayyohlar tashrifini 1 ming nafar 53 210 222,3 105,9 tashkil etish. Turizm xizmatlari eksporti mln aqsh 2 hajmi ko‘rsatkichlarigi 11,3 42,0 44,9 106,9 dollari erishish. 16 ` Mahalliy sayyohlar oqimini 3 ming nafar 1485 1822 2108,8 115,7 oshirish Joylashtirish vositalari 4 birlikda 277 31 32 103,2 faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Yangi turoperator va 5 turagentlar faoliyatini yo‘lga birlikda 23 4 13 325,0 qo‘yish Turistik axborot 6 birlikda 3 3 4 133,3 markazlarini tashkil etish Tashkil etiladigan sanitariya- 7 birlikda 547 50 79 158,0 gigiyena shaxobchalari soni Wi-fi nuqtalari tashkil 8 etiladigan turizm obyektlari birlikda 53 40 69 172,5 soni Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan 9 birlikda 55 20 63 315,0 turizm obyektlari soni Turizm sohasida tadbirkorlar tomonidan 10 birlikda 86 84 90 107,1 amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari soni Turizm va yondosh 11 sohalarda yaratilgan ish nafarda o‘rinlari Turistik toifadagi transport 12 birlikda 33 35 40 114,3 vositalari Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tashkil 13 birlikda 2 6 11 183,3 etiladigan turizm obyektlari soni JAMI: 2628,3 2347 2777 118 1-jadvaldagi ko'rsatkichlar bo'yicha 2022 va 2023 yillarning rejali va amaldagi natijalarini tahlil qilganda, Xorijiy sayyohlar tashrifi: 2023 yilda xorijiy sayyohlar tashrifi 210 ming nafar rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bu ko'rsatkich 222,3 ming nafarga yetgan va bu rejaga nisbatan 105,9% ni tashkil etgan. O'sish sezilarli darajada bo‘lib, xorijiy sayyohlar oqimi ortgan. Rejada 42 mln AQSh dollari miqdorida eksport hajmi ko'rsatilgan bo'lsa, amalda bu ko'rsatkich 44,9 mln AQSh dollariga yetgan, ya’ni rejaga nisbatan 106,9%. Bu turizm xizmatlari eksportida ham ijobiy dinamikani ko‘rsatadi. Mahalliy sayyohlar oqimi, 2023 yilda mahalliy sayyohlar oqimi bo'yicha reja 1822 ming nafar bo‘lgan, amalda esa 2108,8 ming nafarni tashkil qilgan. Bu 115,7% ni tashkil etib, mahalliy sayyohlar sonining sezilarli o‘sishini ko'rsatadi. Joylashtirish vositalari faoliyati, rejada 31 ta joylashtirish vositasi ochilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 32 birlikni tashkil etgan va rejaga nisbatan 103,2% ni tashkil qiladi. Rejada 4 ta yangi turoperator va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 13 ta turoperator faoliyatini boshlagan, bu esa reja 17 ` ko'rsatkichidan ancha yuqori (325%). Rejalashtirilgan 3 ta axborot markazidan 4 tasi tashkil etilgan bo‘lib, rejaga nisbatan 133,3%ni tashkil qilgan. Rejada 50 ta yangi sanitariya-gigiyena shaxobchasi tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 79 ta tashkil etilgan. Bu 158% ni tashkil etib, sanitariya infratuzilmasida yaxshi o‘sish kuzatilgan. Rejada 40 ta Wi-Fi nuqtasi tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 69 taga yetgan, ya'ni rejadan 172,5% yuqori. Rejada 20 ta yo‘l belgisi o‘rnatilishi kutilgan bo‘lsa, amalda bu ko'rsatkich 63 taga yetgan, ya'ni 315%.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada turizm aglomeratsiyani optimal joylashtirishni zamonaviy modellar asosida takomillashtirish yo’llari va Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar y…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada turizm aglomeratsiyani optimal joylashtirishni zamonaviy modellar asosida takomillashtirish yo’llari va Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar y… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mahalliy va xalqaro sayyohlar, zamonaviy modellar, turizm xizmatlarini diversifikatsiya., turizm aglomeratsiya, optimal joylashtirish
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020