К содержанию
РецензированоUZ2026

QASHQADARYO VILOYATDA TURIZM AGLOMERATSIYALARINI OPTIMAL JOYLASHTIRISH UCHUN ALGORITMIK YONDASHUV

N.J. Toshev (Qarshi davlat universiteti Turizm va marketing kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 45-46 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabini o‘rganish zarur. Kalit so’zlar. optimal joylashtirish, turizm aglomeratsiya, zamonaviy modellar, Mahalliy va xalqaro sayyohlar, turizm xizmatlarini diversifikatsiya. Kirish. Qashqadaryo viloyatida qadimiy tarixga ega joylar, masalan, Shahrisabz va uning atrofi, Amir Temur davri yodgorliklari, Dorut-Tilovat, Dorut-Saodat majmualari mavjud. Bu tarixiy joylar turistlarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega. Shahrisabz Amir Temur davridagi arxitektura yodgorliklari bilan butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va bu hududning turizm salohiyati yuqori. Tadqiqotimizda nazariy o‘rganishlarimiz asosida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirish uchun algoritmik yondashuvda bir nechta matematik formulalar va optimallashtirish modellari qo‘llash baholash vositalari hamda yondoshuvlari tasnifini umumlashgan holatida tadqiq etdik. Viloyatda turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirish uchun algoritmik yondashuvda bir nechta matematik formulalar va optimallashtirish modellari qo‘llanilishi mumkin. Ushbu formulalar orqali turizm resurslarining optimal joylashuvini va infratuzilmaning samarali tarqalishini hisoblash mumkin. Turizm aglomeratsiyalari o‘rtasidagi masofa va aholi zichligini hisobga olgan holda turist oqimlarini prognoz qilish uchun qo‘llaniladi. Ushbu model tortish kuchi qonuniga o‘xshab ishlaydi. T = Pi×Pj / d 2 ij ij Bu yerda T i va j joylari o‘rtasidagi turistlar oqimi; P , P - i va j joylarning aholisi yoki ij - i j turistik salohiyati; d i va j joylari o‘rtasidagi masofa. ij - Bu modeldan Shahrisabz va Qarshi kabi asosiy turistik markazlar o‘rtasidagi masofa va turistlarning tortish kuchini hisoblashda qo‘llanilishi mumkin. Bu bilan turistlarning qaysi yo‘nalishda ko‘proq harakatlanishini aniqlash mumkin. Lagrange multiplikatorlari cheklovli optimallashtirish muammolarini hal qilishda ishlatiladi. Agar turizm aglomeratsiyalarini joylashtirishda tabiiy resurslar, infratuzilma va iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘lsa, Lagrange multiplikatorlari orqali optimal joylashtirish aniqlanadi. L(x ,x ,λ)=f(x ,x )+λ(g(x ,x )−c) 1 2 1 2 1 2 Bu yerda f(x , x ) — optimallashtirilishi kerak bo‘lgan funksiyalar (masalan, iqtisodiy 1 2 foyda, sayyohlar oqimi); g(x , x ) — cheklov funksiyasi (masalan, infratuzilma, resurslar); λ 1 2 — Lagrange multiplikatori; c — cheklov qiymati. Bu algoritm orqali resurslar (tabiiy, infratuzilmaviy, moliyaviy) cheklangan holatlarda turistik markazlarni optimal joylashtirish uchun ishlatilishi mumkin. 4 Turistik joylarning joylashuvi turistlar o‘rtasidagi umumiy masofani minimallashtiruvchi tarzda aniqlanadi. Bu model turistlar uchun joylar orasidagi masofani qisqartirish va xizmatlardan samarali foydalanish uchun optimal joylashuvni topishga yordam beradi. Masofa minimallashtirish modeli (P-median model) deb ham ataladi Z=∑ n∑ m h×d ×x i=1 j=1 i ij ij Bu yerda : Z - umumiy xarajat yoki masofa (minimallashtirilishi kerak); h - i nuqtadagi i turistlarning oqimi; d - i va j nuqtalar orasidagi masofa; x - agar i joy j xizmat ko‘rsatuvchi ij ij joyiga bog‘langan bo‘lsa, 1, aks holda 0. Turistik xizmat ko'rsatish joylari (mehmonxonalar, restoranlar va dam olish zonalari) orasidagi masofani minimallashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Bu sayyohlar uchun yo‘l xarajatlarini kamaytiradi va qulaylikni oshiradi. Buni masofa minimallashtirish modeli (P- median model) deb ham ataladi. Bu operatsion tadqiqotlar va logistika sohasida qo'llaniladigan optimallashtirish modeli bo'lib, uning asosiy maqsadi xizmat ko'rsatish joylarini turizm markazlarini, shunday joylashtirishki, ular mijozlar yoki foydalanuvchilar bilan bog'langan masofalarni minimallashtirishdir. Bu model, ayniqsa, geografik hududda xizmat ko'rsatish turizm markazlarini joylashtirishni optimallashtirish uchun qo'llaniladi. P- median modelining asosiy maqsadi — turli punktlar orasidagi umumiy masofani minimallashtiruvchi tarzda xizmat ko‘rsatish markazlarini tanlash va joylashtirish. Qashqadaryo viloyatida qo'llanishi, turistik resurslardan samarali foydalanish darajasini baholashda va mavjud infratuzilmani optimallashtirishda qo‘llanishi mumkin. Simulyatsiya modellari (Agent-based modeling) , Simulyatsiya modellari orqali turistlar harakatlanishining virtual modellarini yaratish mumkin. Ushbu modellar turistlarning harakat yo‘nalishlarini, joy tanlashini va xizmatlardan foydalanish ehtimolini prognoz qilish imkonini beradi. Har xil ssenariylar asosida turizm aglomeratsiyalarining optimal joylashtirishni aniqlash mumkin. Bu murakkab tizimlarni individual "agentlar" darajasida modellashtirish usuli bo'lib, agentlarning o'zaro ta'siri orqali tizimning butun faoliyatini tushunishga imkon beradi. ABM, ayniqsa, turizm, ekologiya, iqtisodiyot, transport va shunga o'xshash sohalarda qiyin va murakkab muammolarni yech

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabin…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahalliy va xalqaro sayyohlar, zamonaviy modellar, turizm xizmatlarini diversifikatsiya., turizm aglomeratsiya, optimal joylashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4