American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
ZULFIYA LIRIKASIDA SADOQAT VA MUHABBAT MAVZUSI
Samadova Dilnoza
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the life and work of Mahmudkhoj Behbudi, the founder of the Turkestan Jadids and the Jadid movement. In particular, it discusses his role in the development of the nation. Keywords: Jadidism, enlightenment, school, nation, magazine. Аннотация: В данной статье рассказывается о жизни и деятельности Махмудходжи Бехбуди, основателя туркестанских джадидов и джадидского движения.В частности, обсуждается его роль в развитии нации. Ключевые слова: борьба, просвещение, школа, нация, журнал. Kirish: Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan.Bu harakatda zamonaviy maktablar ochish, millatni taraqqiyot sari olib chiqish uchun turli usul va ģoyalar yoqlab chiqilgan. Jadidchilikni shakllantirishda ko‘plab millat ziyolilari faol qatnashgan.Ular mamlakatni qoloqlikdan, mustamlaka zulmidan ozod qilish, xalqni rivojlantirish va uni taraqqiyot yo‘liga olib chiqish uchun harakat qilganlar. Jadidlar nafaqat xalqni ozod qilish,balki ularning ma'rifatli bo‘lishini ham istashgan.Turkistonda bu harakatning ko‘zga ko‘ringan vakillariga Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Fayzullo Xo‘jayev, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Asadullaxo‘jayev, Obidjon Mahmudov, Abduqodir Muhitdinov va boshqalarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Bular xalq orasida mustaqillik ģoyalarini shakllantirishda katta hissa qo‘shdilar.Bu vakillar taraqqiyot uchun, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi ilm-fan, milliy adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni o‘rganish, ayollar va erkaklar tengligi uchun kurash olib borganlar.Turkiston jadidlarini birlashtirishda "Jadidlarning rahbari" deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmati beqiyos bo‘lgan. Asosiy qism: Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat jadidchilik harakatining tarafdori, balki dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi ham bo‘lgan. U "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalining asoschisi. Behbudiy xalqni savodli qilish uchun "usuli savtiya" maktabini ochadi.U maktab o‘quvchilari uchun bir qancha darsliklar, Jumladan,"Risolayi asbobi savod", "Risolayi juģrofiyayi umroniy", "Kitobatul atfol", "Amaliyoti islom", "Tarixi islom" kabi kitoblarni nashr ettirgan.Behbudiy xalqni ma'rifatli qilish uchun maktabni o‘zi yetarli bo‘lmasligini bilib, teatr va matbuot ishlari bilan ham shuģullandi. Uning "Padarkush" dramasi 1914-yil Toshkentda sahnaga qo‘yildi. Bosh rolni Abdulla Avloniy ijro etdi. Dramada jaholat, ilmsizlik qoralanadi hamda tarbiyasizlikka qarshi ma'rifat uluģlanadi. Bu dramaning sahnaga qo‘yilishi bir tomondan, millatni ma'rifat va taraqqiyot sari undashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchidan, o‘zbek teatri va dramaturgiyasining maydonga kelishida muhim qadamlardan biri bo‘lgan. 97 Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zbek matbuoti tarixida maqolanavis sifatida o‘z o‘rniga ega. U o‘zining millat va vatan taqdiri haqidagi qarashlarini maqolalarda ham aks ettirgan. Behbudiyning "Xurshid" gazetasida bosilgan "Xayrul umuri avsotibo" maqolasi, ayniqsa, diqqatga sazovor. Behbudiy "Oyna" jurnalining ilk sonidayoq "Ikki emas, to‘rt til lozim" nomli maqolasini e'lon qilib, o‘zbek, arab, tojik, rus tillarini bilish shart deya murojaat qilgan.Uning "Hurriyat" gazetasida e'lon qilingan yana bir "Haq olinur,berilmas" maqolasida mustaqillikka faqat qo‘lga qurol olib emas, bunga faqat ilm va ma‘rifat bilan erishish mumkinligi bayon qilgan. Behbudiy millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo‘lmaydi, degan xulosaga keladi. U odamlardan axloq me'yorlariga amal qilishni hamda insonparvarlik ģoyalarini shakllantirishni va islom dini ta'limoti bilan tanish bo‘lishni ham talab qilgan. Xulosa: Xulosa qilib, aytish mumkinki, Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlarining yo‘lboshchisi bo‘ldi. Butun umrini xalq manfaatlarini himoya qilish uchun baxshida etdi. Behbudiyning maqsadi xalqning islomiy qarashlarini o‘stirish, ularga to‘ģri yo‘l ko‘rsatishdan iborat edi.U yoshlar qalbida vatanga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish va bu orqali millat ozodligini ta'minlash uchun yetarlicha harakat qildi. U faqat o‘zining asarlari bilangina emas, balki ma'rifiy faoliyati bilan ham millatni uyg‘otishga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy buyuk ma'rifatparvar va yetakchi jadid sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egalladi. Millat va Vatan mustaqilligi,taraqqiyoti yo‘lida fido bo‘lgan inson-Mahmudxo‘ja Behbudiy qilgan amallari bilan xalqimiz yodida o‘chmas iz qoldirdi. Uning ma'rifatparvarlikka oid ģoyalari bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida alohida ahamiyatga egadir. Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References: 1. Nig‘matullayev I."Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlari uning ahamiyati" maqolasi 2. Naim Karimov."Mahmudxo‘ja Behbudiy" Toshkent."Akademnashr" 2022-yil 3. Mahmudxo‘ja Behbudiy."Tanlangan asarlar".Toshkent.2018-yil 4. Ibrohim G‘afurov.Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida ikki badia/ Xurshid Davron kutubxonasi 5. Begali Qosimov. "Mahmudxo‘ja Behbudiy" "Tanlangan asarl
Доказательный фрагмент
«This article discusses the life and work of Mahmudkhoj Behbudi, the founder of the Turkestan Jadids and the Jadid movement.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the life and work of Mahmudkhoj Behbudi, the founder of the Turkestan Jadids and the Jadid movement. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidism, enlightenment, school, nation, magazine, ayol., idea, spring, muhabbat, женщина., sadoqat, mavzu, верность, woman., subject, идея, весна, ģoya, предмет, loyalty, любовь, bahor, love
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021