Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Poyaning ichki tuzulishi
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Poya yuksak o`simliklaming yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir. Poya urug’ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo`ladi. Urug’ning unishi bilan poya yer betiga chiqadi va meristema hujayralarning bo`linishi hamda yiriklashishi hisobiga o`sadi. Missional bogʻlaydi. Poya oʻsimlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik hamda funktsional bog’laydi. Uning funktsiyasi suv va unda yerigan minyeral moddalarni ildizdan bargga etkazish hamda bargda hosil bo`lgan organik moddalami ildizga o`tkazishdan iboratdir. Yorug’lik sevuvchi o`simliklarda poya uzun bo`ladi. U ba’zan suv va boshqa zaxira oziq moddalar toʻlovchi ombor vazifasini ham o`taydi. Bundan tashqari, poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda assimilyatsiya hamda vegetativ ko`payish vazifalarini bajaradi. O`simlik poyalari o`sish xaraktyeriga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir necha xil bo`ladi. Kalit soʻzlar: kambiy, yogʻochlik, endoderma, epiderma, parenxima, gʻudda. Ключевые слова: камбий, древесина, энтодерма, эпидермис, паренхима, клубень. Key words: cambium, wood, endoderm, epidermis, parenchyma, tuber. Poyaning birlamchi ichki tuzilishi. Poyaning birlamchi tuzilishida epiderma, birlamchi po'stloq va markaziy silindlar ajratiladi. Epiderma tunika qavatidan shakllanadi. Agarda u bir necha qavat hujayralardan iborat bo'lsa, birlamchi po'stloqning tashqi qavatlari ham hosil bo'lishi mumkin. Birlamchi po'stloq asosiy parenxima to'qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi hujayralarida xloroplastlar ham kuzatiladi. Ko'pchilik o'simliklarda birlamchi po'stloq tarkibiga mexanik to'qima kollenxima ham kiradi. Sklerenxima kamdan-kam hollarda kam hollarda uchraydi. Birlamchi po'stloqning ichki hujayralari endoderma halqasini hosil qiladi.[1] Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, o'tkazuvchi elementlar sistemasi va o'zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon meristema 382 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 hisoblanib, u kambiy hujayralari, qo'shimcha ildizlar yoki kurtaklarni hosil qiladi. Ko'pchilik o'simliklarda peritsikl butunlay mexanik to'qima yoki asosiy to'qima hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning o'tkazuvchi elementlari o'sish konusidagi maxsus qism, prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy birlamchi meristemaning ba'zi hujayralarini bo'yiga bo'linish natijasidan kelib chiqadi. O'ziga xos ingichka va cho'ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan to'lgan hujayralar to'dasi paydo bo'lib, ular poyaming markaziga qarab birlamchi yog'ochlik elementlari, chekkalarda esa birlamchi lub elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindming ichki qismi o'zakni tashkil etuvchi parenxima to'qima hujayralaridan iborat. O'zakning bo'lishi poyaning ildizdan farq qiluvchi xarakterli belgisidir. Poyaning o'zak qismi parenxima hujayralaridan tashkil topgan. U birlamchi o'zak nurlari orqali birlamchi po'stloq bilan bog'lanadi. O'zak ba'zi o'simliklarda qisman yoki butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning oʻrtasi bo'shliqdan iborat bo'lib qoladi. O'sish konusida prokambiy turlicha shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti bir pallali o'simliklar poyalarining o'tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini belgilaydi.[2] Poyaning ikkilamchi tuzilishi. Poyaning ikkilamchi tuzilishiga o’tishi uning birlamchi tuzilish xususiyati bilan chambarchas bog’liq va u uchta asosiy turga ajratiladi: Boylamli, oraliq va boylamsiz. Daraxt o’simliklar bilan o’t o’simliklar poyalarining ikkilamchi tuzilishida ham o’ziga xos farqlar kuzatilib, u poyalarning har xil muddatlarda hayot kechirishi bilan bog’liq o’rtacha kengliklardagi bir yilik o’to’simliklarda har yili vegetatsiya davrining oxirida poyasi qurib qoladi. Daraxtlarning poyasi esa ko’p yillik umr ko’radi.[3] Boylamli tur. Bunday tuzilish poyaning birlamchi tuzilishida bir-biridan ajralgan o’tkazuvchi boylamlarga ega bo’lgan o’simliklar sebarga, tok uchun xosdir Ikkilamchi o’tishda kambiyga xosdir. Ikkilamchi tuzilishga o’tishda kambiy ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublarni hosil qiladi. O’tkazuvchi boylamlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy to’qima hujayralari boylamlararo kambiyni hosil qiladi. U o’z navbatida o’zak nurlari parenximasiga ajraladi. Shuning uchun ham yaxlit kambiy halqasi hosil bo’lishiga qaramay o’tkazuvchi boylamlar ikkilamchi tuzilishida ajralgan holda qoladi. Ba’zi o’simliklarda boylamlararo kambiy ancha sust rivojlangan. [1,3] Oraliq tur. Bu ham dastlab ajralgan boylamlarga ega bo’lgan poyali o’simliklar uchun xarakterli bo’lib, keyinchalik boylamli kambiyning faollik 383 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ko’rsatishi hisobiga yaxlit kambiy halqasi vujudga keladi. Oraliq tuming muhim xususiyati shu
Доказательный фрагмент
«Poya yuksak o`simliklaming yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюPoya yuksak o`simliklaming yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cambium, wood, endoderm, epidermis, parenchyma, tuber, kambiy, yogʻochlik, parenxima, endoderma, gʻudda, epiderma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026