К содержанию
РецензированоEN2024

XUSUSIY MULK HUQUQI

UZBEKISTAN” JURNALI · HUSUSIY MULK HUQUQI · ПРАВО ЧАСТНОЙ СОБСТВЕННОСТИ · Abdug‘afforova Durdona (Andijon davlat pedagogika instituti) · Ilmiy rahbar: Isroilov Davronbek (Andijon davlat pedagogika instituti)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

The right to private property provides the rights of a person to legally possess, use and manage his property. This article examines the main features of private property rights, its role in society and economic development. Property rights serve to ensure a balance between individual freedoms and common interests in society. It is also stated that private property rights should be updated according to social and political changes, as well as new regulatory legal requirements related to technological and digital property. Аннотация: Право частной собственности обеспечивает права человека законно владеть, пользоваться и распоряжаться своим имуществом. В данной статье рассматриваются основные особенности права частной собственности, его роль в обществе и экономическом развитии. Права собственности служат для обеспечения баланса между индивидуальными свободами и общими интересами в обществе. Также утверждается, что права частной собственности должны обновляться в соответствии с социальными и политическими изменениями, а также новыми нормативно-правовыми требованиями, связанными с технологической и цифровой собственностью. 388 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Kalit so‘zlar: Hususiy mulk huquqi, mulkdan foydalanish, mulkni boshqarish, shaxsiy erkinlik, iqtisodiy rivojlanish, intellektual mulk, huquqiy himoya, jamiyat va iqtisodiyot, raqamli mulk, patentlar. Key words: Private property rights, property use, property management, personal freedom, economic development, intellectual property, legal protection, society and economy, digital property, patents. Ключевые слова: Право частной собственности, пользование собственностью, управление собственностью, свобода личности, экономическое развитие, интеллектуальная собственность, правовая защита, общество и экономика, цифровая собственность, патенты. Hususiy mulk huquqi – bu shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkni qo‘lga kiritish, undan foydalanish, undan naf ko‘rish va mulkini boshqarish huquqidir. Bu huquq insonning iqtisodiy va huquqiy erkinliklarini ta'minlovchi, jamiyatning rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi asosiy huquqlardan biridir. Hususiy mulk huquqi bir qator printsiplarga asoslanadi, ulardan eng asosiysi – mulk egalik huquqini himoya qilish va uning buzilishini oldini olishdir. Mulkni egallash huquqi – bu shaxsning mulkni qonuniy tarzda egallash, ya'ni mulkni o‘ziga tegishli deb e'lon qilish va uni boshqarish huquqidir. Bu huquq mulkni egallashning turli usullarini o‘z ichiga oladi, masalan, sotib olish, meros qilib olish, ajratish yoki boshqa qonuniy asoslar orqali mulkka egalik qilish. Mulkni egallash huquqi mulk egaligini ta'minlaydigan asosiy mexanizm hisoblanadi va hususiy mulk huquqining birinchi va eng muhim qismidir. Bu huquq, asosan, mulkning egalik huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Mulkni egallash huquqi, asosan, quyidagi qonuniy asoslarga asoslanadi: 1. Sotib olish – bir shaxs boshqa shaxsdan mulkni sotib olib, uni qonuniy ravishda egallaydi. Bu jarayonda sotuv va xarid o‘rtasida imzolangan shartnoma va to‘langan summalar asosida mulk egasi o‘zgaradi. 2. Meros qilib olish – agar mulk egasi vafot etsa, uning mulki merosxo‘rlarga qonun yoki vasiyatnoma asosida o‘tadi. Meros huquqi mulkni o‘ziga tegishli deb biladigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 389 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 3. Ajratish (o‘rtacha ulush bilan bo‘lish) – agar biror mulk bir necha shaxslar o‘rtasida umumiy mulk bo‘lsa, unda mulkni ajratish va har bir shaxsga tegishli ulushni berish orqali mulkni egallash mumkin. 4. Qonuniy ajratish va topshiriq – ba'zi hollarda, mulk davlat yoki boshqa rasmiy organlar tomonidan ajratiladi va biror shaxsga beriladi (masalan, davlat tomonidan ajratilgan yer). 5. Mulkni qayta tiklash – ba'zi holatlarda, mulkni egallash huquqi yo‘qolgan shaxslar tomonidan mulkni qayta tiklash shaklida yuzaga keladi. Bu, ayniqsa, mulkni noqonuniy ravishda egallab olgan shaxslar bilan bog‘liq vaziyatlarda yuz beradi. Mulkni Egallashning Ijtimoiy va Iqtisodiy Ahmiyati esa Mulkni egallash huquqi shaxsning iqtisodiy erkinliklarini ta'minlaydi. Bu huquq, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Mulkni qonuniy ravishda egallash shaxsga o‘z mulkidan foydalangan holda daromad olish, o‘z faoliyatini amalga oshirish, tashabbuskorlikni rivojlantirish imkonini beradi. Mulkni egallash huquqi, shuningdek, jamiyatda mulkni qonuniy tarzda taqsimlash va uni adolatli ravishda boshqarish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu, o‘z navbatida, fuqarolar o‘rtasida mulk munosabatlarini tartibga soladi va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaydi. Mulkni egallash huquqi hususiy mulk huquqining asosi hisoblanadi. U shaxsning mulkni qonuniy ravishda egallash, undan foydalanish va boshqarish huquqini ta'minlaydi.

Доказательный фрагмент

«The right to private property provides the rights of a person to legally possess, use and manage his property.»

Образец извлечения

Демо-превью

The right to private property provides the rights of a person to legally possess, use and manage his property. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Private property rights, property use, property management, Hususiy mulk huquqi, mulkni boshqarish, mulkdan foydalanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники