К содержанию
РецензированоUZ2026

SUVOʼTLAR EKOLOGIYASI VA AHAMIYATI

Abdurayimova Xurshida Zokirjon qizi

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Cyanobacteria, also known as blue-green algae, are prokaryotic organisms capable of photosynthesis and play an important role in aquatic ecosystems. They are essential for maintaining ecological balance, nitrogen fixation, and have applications in biotechnology and medicine. This article provides detailed information about the morphological structure, pigments, reproduction, representatives of cyanobacteria, and their potential uses. Keywords: Cyanobacteria, blue-green algae, photosynthesis, nitrogen fixation, ecological significance, pigments, prokaryotes. Koʻk-yashil suv oʻtlari – prokariot hujayrali organizmlar boʻlib, suvda va nam tuproqda yashaydi. Ular asosan fotosintez qilish orqali kislorod ishlab chiqaradi va azotli birikmalarni fiksatsiya qilish qobiliyatiga ega. Koʻpincha sianobakteriyalarni suv havzalarining "gullashi" bilan bogʻlashadi, bu esa ularning ekologik salohiyatini koʻrsatadi. Koʻk-yashil suv oʻtlari – prokariot organizmlar boʻlib, oddiy hujayra tuzilishiga ega. Ular shakllari va tuzilishiga qarab xilma-xillik ko‘rsatadi: bir hujayrali, kolonial yoki ipli (filamentli) tuzilmada boʻlishi mumkin. Koʻk-yashil suv oʻtlarining hujayra shakli bir qancha turlarga ega: Bir hujayrali shakl – Hujayralar alohida yoki shilliq moddadan iborat qoplama ostida yashaydi (masalan, Chroococcus). Kolonial shakli – Koʻplab hujayralar bir-biri bilan bogʻlanib koloniyalarni hosil qiladi (masalan, Microcystis). Filamentli shakl – Hujayralar ip shaklida joylashadi (masalan, Oscillatoria, Anabaena). Koʻk-yashil suv oʻtlarining morfologik tuzilishi ularga turli sharoitlarda yashash va hayot kechirish imkonini beradi. Ularning oddiy tuzilishi fotosintez, azotni fiksatsiya qilish va ekologik muhitni saqlashda muhim rol oʻynaydi. Koʻk- yashil suv oʻtlari pigmentlarining xilma-xilligi ularga turli ranglarni beradi va fotosintez 84 samaradorligini oshiradi. Xlorofill a – Asosiy fotosintetik pigment. Karotinoidlar – Himoya pigmenti boʻlib, ortiqcha yorugʻlikdan himoya qiladi. Fikotsianin – Koʻk rangni beradi. Fikoeritrin – Qizil rangni beradi. Sianobakteriyalar asosan oddiy boʻlinish yoki fragmentatsiya yoʻli bilan koʻpayadi: Binar boʻlinish: Hujayraning ikki qismga boʻlinishi. Gormogoniya: Iplar boʻlib boʻlinish. Eksosporalar va endosporalar: Maxsus sharoitlarda yuzaga keluvchi chidamli tuzilmalar. Koʻk-yashil suv oʻtlarining eng koʻzga koʻringan vakillari: Anabaena – Azotni fiksatsiya qiladi. Nostoc – Simbiyotik hayot tarziga ega. Spirulina – Oziq-ovqat va bioqoʻshimchalar manbai. Microcystis – Suv havzalarining gullashida ishtirok etadi. Ekologik rol – Kislorod ishlab chiqaruvchi asosiy organizmlardan biri. Azotni fiksatsiya qilish orqali tuproq unumdorligini oshiradi. Oziq-ovqat va tibbiyotda qoʻllanilishi – Spirulina kabi vakillari oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Biologik faol modda sifatida dorivor preparatlar ishlab chiqariladi. Biotexnologiyada – Biogaz va bioyoqilgʻi ishlab chiqarish. Atrof-muhitni tozalashda yordam beradi. Salbiy taʼsiri – Suv havzalarining gullashiga sabab boʻlib, ekotizimga zarar yetkazishi mumkin. Koʻk-yashil suv oʻtlari tabiiy ekotizimlarning ajralmas qismi boʻlib, ularning ahamiyati faqat ekologik rol bilan cheklanib qolmay, balki biotexnologik va tibbiyot sohalarida ham namoyon boʻladi. Ammo ularning haddan tashqari koʻpayishi ekotizimlar uchun xavf tugʻdirishi mumkin, shuning uchun ulardan samarali va nazoratli foydalanish zarur.

Доказательный фрагмент

«Cyanobacteria, also known as blue-green algae, are prokaryotic organisms capable of photosynthesis and play an important role in aquatic ecosystems.»

Образец извлечения

Демо-превью

Cyanobacteria, also known as blue-green algae, are prokaryotic organisms capable of photosynthesis and play an important role in aquatic ecosystems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cyanobacteria, blue-green algae, photosynthesis, nitrogen fixation, ecological, perrofit suvoʻtlari, diatom suvo’tlar, yashil suvo’tlar, plastinkasimon struktura, qoʼngir suvoʼtlar, sifonal struktura., Algalogiya, sariq-yashil suvoʻtlar, tillarang suvo’tlar, monad struktura, kokkoid struktura, ko’k-yashil suvo’tlari, qizil suvoʻtlar, evglena suvoʻtlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники