К содержанию
РецензированоUZ2024

Turkiy xalqlar pedagogikasi taraqqiyotiga abdulla avloniy qarashlarining ta’siri

AVLONIY QARASHLARINING TA’SIRI (“New Middle East”. Middle East and North Africa. Centre for Research on) · Kumush Xamrakulova (“New Middle East”. Middle East and North Africa. Centre for Research on)

Культура, отношения, философия туркоязычных народов: история, сегодня и будущее · 5 · 2024

Аннотация

In the article, the role of the pedagogical heritage of Abdulla Avloni, a great representative of Turkestan modernism of the late 19th - early 20th centuries, in the development of the pedagogical views of the Turkic peoples is revealed based on various sources and literature. Key words: modernism, didactics, "First teacher", "Second teacher", "Turkish culture or ethics". October, 2024 IIAU.UZ 564 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak Dunyo ilm-fani taraqqiyotiga turkiy xalqlarning ta’siri ko‘plab mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lib, pedagogika sohasi bu borada istisno emas. Ma’lumki, taraqqiyotni ta’minlashda pedagogikaning ahamiyati kattadir. Zeroki, XVI-XVII asrlarda Yevropada pedagogika sohasining rivojlanishi, ushbu sohada yetakchi mutafakkirlarning yozgan asarlari qit’ada ta’limning rivojlanib, bu o‘z navbatida Renessansning Ma’rifatparvarlik davriga o‘tib borishiga xizmat qildi. Xuddi shu davrda turkiy tilli mamlakatlarda dunyoviy ilm-fanga qiziqishning pasayishi ularning taraqqiyotdan orqada qolishiga va bu, o‘z navbatida Yevropa davlatlari mustamlakasiga aylanishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari joylashgan tarixiy Turkiston o‘lkasi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Turkiy xalqlarning ziyoli, millatparvar namoyondalari ushbu holatdan xulosa chiqarib, fan, ta’lim va madaniyatda o‘ziga xos modernizatsiyani amalga oshirib, yangiliklar kiritishga harakat qilishdi. Bu XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharq uyg‘onish davri deb atalgan harakatning Turkistondagi ko‘rinishi – jadidchilikda namoyon bo‘ldi. Ushbu harakatning yetakchilaridan biri Abdulla Avloniy edi. Abdulla Avloniy (1878–1934) – turkiy xalqlar pedagogik sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan pedagog-olim, jadidlar yetakchilaridan biri, adib, jamoat arbobi. Adibning pedagogika sohasiga oid “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” va “Turkiy guliston yoxud axloq” asarlari turkiy xalqlar pedagogik qarashlari rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. “Birinchi muallim” 1917-yilga qadar 4 marta nashr etilgan. U, muallif ta’kidlaganidek, “avvalgi sinf shogirdlari uchun” yozilgan edi. Avloniy uni yozishda o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan darsliklarga, birinchi navbatda, Munavvarqorining “Adibi avval”i va Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval”iga suyandi. Dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalandi. Pirovard natijada zamon talablariga javob bera oladigan, ayni paytda Aziziy boshlab bergan yo‘lni takomillashtiruvchi original asar yozishga muvaffaq bo‘ldi [5, 34]. Muallif kitobida oddiydan murakkabga borish prinsipiga qat’iy amal qiladi, uni “tadrijiy sur’atda tartib et”adi. Darslar harflar alifbosi tartibida keltiriladi. So‘ng navbati bilan qaysi o‘rinda qanday yozilishi va ularga oid ixcham, sodda misollar beriladi. Bosh harflar, o‘rta harflar, oxir harflar tushuntiriladi. Nihoyat, matnlarga o‘tiladi: dastlabki matni “Maktab” deb atalgan. Unda, tabiiyki, maktabning fazilatlari haqida gap ketadi. Adib o‘z so‘zlarini: Taraddud birla makabda o‘qing o‘g‘lonlar, o‘g‘lonlar, October, 2024 IIAU.UZ 565 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak Bo‘lursiz bir kuni olamda zo‘r insonlar, o‘g‘lonlar, [1, 97] – satrlari bilan tugatadi. “Ikkinchi muallim” yuqoridagi kitobning bevosita davomi, “Alifbodan so‘ng o‘qutmak uchun” yozilgan, “axloqiy hikoyalar, adabiy she’rlar ila ziynatlangan”. Binobarin, u – darslik-majmua. Kitob dastlab 1912-yilda Toshkentda G‘ulom Hasan Orifjonov litografiyasida bosilib chiqdi. So‘ngra 1915–1917-yillarda qayta nashr qilindi. Boshqa asarlaridagi singari bunda ham nashrlar o‘zaro farq qiladi, mukammallashib boradi. Asarga: Shavkati inson erur ilm-u adab, E’tibor etmas anga mol-u nasab. – degan satrlar epigraf qilib olingan. Kitobning birinchi nashridagi hikoyalar qirqdan kam edi, so‘nggi nashrida ular qirqdan ortiq. Hikoyalar aksari nasriy bo‘lib, ularning barchasi bolalarning yoshiga, aqliga, savodiga mos. “Birinchi muallim”dagi singari Avloniy bu asarida ham hikoyalarning hayotiy va qiziqarli bo‘lishiga, ifodaning sodda va aniqligiga alohida e’tibor beradi. “Eng oson usul ila”, “Ochuq til va oson tarkib ila” yozishga harakat qiladi. Kitobni o‘qir ekanmiz, Avloniyning xalq og‘zaki ijodidan samarali foydalanganini yaqqol ko‘ramiz. Ulardan chiqariladigan hissa ham ko‘pincha xalq maqollaridir. Ayni chog‘da u Sharq she’riyatining o‘lmas asarlaridan oziq oldi. Adibning bir qator hikoyalarida Navoiyning mashhur “Hayrat ul- abror”i, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”i ta’siri ochiq ko‘rinib turadi. Ba’zan o‘zbek adabiyotida hikoyachilikni yuqori bosqichga olib chiqqan Poshshoxo‘janing “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” to‘plamlaridagi ma’lum va mashhur hikoyalarni qayta ishlash, davrga moslashtirish seziladi. Adib XIX asr rus klassik adabiyotidan, ayniqsa, L.N. Tolstoy v

Доказательный фрагмент

«In the article, the role of the pedagogical heritage of Abdulla Avloni, a great representative of Turkestan modernism of the late 19th - early 20th centuries, in the development of the pedagogical views of the Turkic…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the article, the role of the pedagogical heritage of Abdulla Avloni, a great representative of Turkestan modernism of the late 19th - early 20th centuries, in the development of the pedagogical views of the Turkic… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
modernism, didactics, "First teacher", "Second teacher", "Turkish, “Birinchi muallim”, «Второй учитель», модернизм, дидактика, jadidchilik, «Первый учитель», «Турецкая культура или этика»., “Turkiy guliston yoxud axloq”, didaktika, “Ikkinchi muallim”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники