ВостоковеденияСАИДАКБАРОВA УМИДА2018
O‘zbekiston respublikasida ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichi
). Oxford: Blackwell. (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024) · YANGI BOSQICHI (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024) · Dilafruz KARIMOVA (International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024)
Культура, отношения, философия туркоязычных народов: история, сегодня и будущее · 5 · 2024
Аннотация
This article analyzes the development trend of the system of continuous education in today's era of information and new technologies. To date, one of the areas of modernization work in the field of education in the Republic of Uzbekistan is the study of the credit-modular system of education in educational institutions. Key words: education, Uzbekiston – 2030, credit-modular system, education, professional training, additional education. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi zamonda mamlakat kelajagi ta’limga bog‘liq. Ma’lumki, hozirgi davrda axborot va yangi texnologiyalarning kuchli oqimi kun sayin ortib bormoqda. Shu asnoda insoniyatning ilmlilik darajasi ham o‘sib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyat jamg‘arib borayotgan bilimlar ko‘lami har 6-7 yilda ikki barobarga ko‘paymoqda[1]. Ammo boshqa bir tomondan olib qaraydigan bo‘lsak, bunday keskin o‘sish mutaxassislarning olgan bilimlari «eskirishi»ga olib keladi. Ekspertlarning tahliliga qaraganda, har yili 15-20% bilimlar amortizatsiyasini kuzatish mumkin[1]. Mana shunday faktorlar ta’lim sistemasini zamon bilan hamnafas olib borish, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda insonning butun umrini qamrab oluvchi uzluksiz ta’limni joriy etish g‘oyasini ilgari suradi. Hozirda ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan ta’limning yangi, zamonaviy konsepsiyasi yurtimizda azaldan targ‘ib qilingan «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» degan purma’no qoidani o‘zida mujassam etadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridan boshlab uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichida sifat ko‘rsatkichini yanada yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. Bu sa’y-harakatlar zamirida Uchinchi Renessans poydevorini qurishdek buyuk vazifalar strategik maqsad qilib qo‘yilgan[2]. “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasida ham birinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasiga qaratilgani mamlakatimizni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqish, yuqori salohiyatli kadrlar avlodini shakllantirish, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, ilm- fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Ushbu ustuvor yo‘nalishda maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish, professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish, oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalari October, 2024 IIAU.UZ 159 International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 5 | IIAU Conference 5 | 2024 Turkiy xalqlar madaniyati, falsafasi, aloqalari: tarix, bugun va kelajak tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash, fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish, iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish, fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish, yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish, Respublikada sport bilan professional va doimiy shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish, milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish kabilar vazifa etib belgilab olindi. Bunda fuqarolarning har biri o‘zining qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib individual yo‘naltirilgan ta’lim olishi va bunda barcha bilan teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi nazarda tutiladi. Zero, A.Mamfold ta’kidlaganidek «Odamlarga keraksiz bilimlarni bergandan ko‘ra, ularga samarali bilim olishlarida ko‘maklashish zarur[3]». Bugungi kun ta’lim tendensiyasi ham talaban
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the development trend of the system of continuous education in today's era of information and new technologies.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the development trend of the system of continuous education in today's era of information and new technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, Uzbekiston – 2030, credit-modular system, education, Узбекистан-2030, credit-modular system, professional training, professional ta’lim, ta’lim olish, ta’lim, дополнителное образование, O‘zbekiston – 2030, образование, кредитно-модулная система, kredit-modul tizimi, additional education, uzluksiz ta’lim, профессионалная подготовка, Uzbekiston – 2030
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025