Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUJAYRALARNING BO'LINISHI: MITOZ VA MEYOZ
Muhammadjonova Zuhraxon Roziqjon qizi
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
In this article, the processes of mitosis and meiosis, stages and their place in the development of the organism are analyzed. The importance of cell division in the storage of genetic information, the growth and reprodution of organisms has been studied. Key words: Cell division, mitosis, meiosis, genetic information, organism development, biological processes. Аннотация: В данной статье рассматриваются процессы деления клеток, среди прочего анализируется биологическое значение процессов митоза и мейоза, стадии и их место в развитии организма. Изучение деления клеток в хранении генетической информации, росте и размножении организмов. Ключевые слова: деление клеток, митоз, мейоз, генетическая информация, развитие организма, биологические процессы. Hujayra bo‘linishi barcha tirik organizmlar hayot faoliyatining asosi bo‘lib, u genetik axborotni keyingi avlodlarga uzatish, organizmning o‘sishi va ko‘payishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Hujayralar ikki asosiy yo‘l bilan bo‘linadi: mitoz va meyoz. Mitoz somatik hujayralarning bo‘linishida ishtirok etsa, meyoz jinsiy hujayralarning paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Ushbu maqolada har ikki jarayonning bosqichlari va biologik ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tahlil va muhokama 1. Mitoz bo‘linish Mitoz bu – somatik hujayralarning bo‘linishi bo‘lib, unda ona hujayraning genetik materiali to‘liq saqlanadi va ikki qiz hujayraga bo‘linadi. Bu jarayon organizmning o‘sishi, to‘qimalarning tiklanishi va regeneratsiyasini ta’minlaydi. Mitozning bosqichlari: 1. Interfaza: Hujayra bo‘linishiga tayyorgarlik ko‘riladi. DNK ikki barobariga ko‘payadi. 2. Profaz: Xromosomalar zichlashadi, yadroviy qobiq eriydi va hujayraning bo‘linish shpindeli hosil bo‘ladi. 3. Metafaz: Xromosomalar hujayra markaziga joylashadi. 4. Anafaz: Xromosomalar yarmi (xromatidalar) qarama-qarshi qutblarga tortiladi. 107 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 5. Telofaz: Yangi yadrolar shakllanadi, xromosomalar yana diffuz holatga o‘tadi. 6. Sitokinez: Hujayra tsitoplazmasi bo‘linadi va ikki qiz hujayra hosil bo‘ladi. Mitoz jarayonida hujayralar genetik jihatdan bir xil bo‘lib, bu organizmning genetik barqarorligini ta’minlaydi. Biologik ahamiyati: Organizmning o‘sishi va rivojlanishi. Jarohatlangan to‘qimalarni tiklash. Bir hujayrali organizmlarda ko‘payish jarayoni. 2. Meyoz bo‘linish Meyoz bu – jinsiy hujayralarning bo‘linish jarayoni bo‘lib, bunda ona hujayradan to‘rt genetik jihatdan turlicha qiz hujayralar hosil bo‘ladi. Meyoz organizmlarda genetik xilma-xillikni ta’minlaydi. Meyozning bosqichlari: Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishni o‘z ichiga oladi: meyoz I va meyoz II. Meyoz I: 1. Profaz I: Xromosomalar zichlashadi va gomologik xromosomalar juftlashadi (sinapsis). Xromosomalar orasida genetik material almashinuvi (krossingover) sodir bo‘ladi. 2. Metafaz I: Xromosomalar juftlari hujayra markaziga joylashadi. 3. Anafaz I: Gomologik xromosomalar qarama-qarshi qutblarga ajraladi. 4. Telofaz I va sitokinez: Hujayra bo‘linadi va ikki qiz hujayra hosil bo‘ladi. Meyoz II: Bu jarayon mitozga o‘xshash kechadi, lekin bunda xromosomalar soni ikki barobar kamaygan bo‘ladi. Natijada to‘rtta haploid (n) jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi. Biologik ahamiyati: Genetik xilma-xillikni ta’minlaydi. Jinsiy ko‘payishda organizmning moslashuvchanligini oshiradi. Haploid jinsiy hujayralarni hosil qiladi. Hujayralarning bo‘linish jarayonlarining ahamiyati Hujayralarning bo‘linishi tirik organizmlar uchun eng muhim jarayonlardan biridir. Bu jarayon o‘sish, rivojlanish va organizmning funksional tizimlarini tiklashni ta’minlaydi. Hujayra bo‘linishining asosiy turlari – mitoz va meyoz – har biri turli biologik jarayonlarga xizmat qiladi va har xil natijalar bilan yakunlanadi. Mitoz bo‘linish, asosan, barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, meyoz evolyutsion xilma-xillik va moslashuvchanlikni oshiradi. 108 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Mitozning ijtimoiy va tibbiy ahamiyati Mitoz jarayoni somatik hujayralarning yangi nusxalarini yaratib, organizm o‘sishini ta’minlaydi. Shuningdek, u hujayralar qariyb ketganida yoki zararlanganda ularni tiklashga xizmat qiladi. Masalan: Jarohatlarning bitishi: Teri va boshqa to‘qimalardagi hujayralar mitoz orqali tez tiklanadi. Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar: Mitozning samaradorligi pasayganda qarish jarayoni tezlashadi, bu esa qariyalar orasida o‘rganish uchun muhim tibbiy muammo hisoblanadi. Onkologiya (Saraton kasalligi): Mitozning nazoratsiz davom etishi saraton hujayralarining ko‘payishiga olib keladi. Bu jarayonni o‘rganish tibbiyotda samarali davolash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. Meyozning genetik xilma-xillikni ta’minlashdagi roli Meyoz organizmlarda genetik xilma-xillikni ta’minlashda asosiy omildir. Krossingover va genlarning qayta kombinatsiyasi tufayli turli genotiplarga ega bo‘lgan jinsiy hujayralar paydo bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi biologik afzalliklarni ta’minlaydi: Mo
Доказательный фрагмент
«In this article, the processes of mitosis and meiosis, stages and their place in the development of the organism are analyzed.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the processes of mitosis and meiosis, stages and their place in the development of the organism are analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cell division, mitosis, meiosis, genetic information, organism, генетическая информация, деление клеток, биологические процессы., митоз, мейоз, развитие организма
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026