Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI FAOLLASHTIRISHDA FAN O'QITUVCHILARINING RO’LI
UZBEKISTAN” JURNALI · FAN O'QITUVCHILARINING RO’LI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, ularning bilim olish jarayonida mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O'qituvchilar bu jarayonda o'z rollarini to'g'ri belgilab, o'quvchilarga motivatsiya berish, ularni faol ishtirok etishga undash va ta'lim mazmunini qiziqarli qilish uchun turli uslublardan foydalanishlari zarur. Ushbu tadqiqotda fan o'qituvchilarining o‘quvchilarning faoliyatini oshirishdagi roli, pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. O‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar, hamda ta’lim muhitining ahamiyati alohida e’tiborga olinadi. Kalit So'zlar: Ta’lim jarayoni, O‘quvchilarni faollashtirish, Fan o'qituvchilari, Pedagogik texnologiyalar, Interaktiv metodlar, Motivatsiya, Ta’lim muhitining ahamiyati, Mustaqil fikrlash, Ijodiy yondashuv, O‘quvchi-o'qituvchi munosabatlari. Ta’lim – tarbiya jarayonida pedagogik faoliyatni olib borishda pedagogik- psixologik bilimlarning samarasi malakali o‘qituvchining tayyorgarligiga va uning ta`lim - tarbiya jarayonini tashkil qiladigan eng maqbul shakl, uslub va vositalarni izchil, muayyan sharoitlarda qat`iy tizimlilik asosida amalga oshirishga bog‘liq faoliyatdir. Ta’lim sohasidagi islohotlarni amaliyotda samarali amalga oshirishning muhim shartlaridan biri bu, pedagoglarning pedagogik-psixologik bilimlarga ega bo‘lishi va o‘sha bilimlarni o‘quvchilar guruhlari bilan ishlash jarayonida tadbiq qila olishini talab etadi. O‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyatni pedagogik-psixologik bilimlarga tayangan xolda amalga oshirishlishi muayyan ketma-ketlik hamda tizimlilik asosida olib borilishi maqsadga muofiqdir. Bugungi kun o‘qituvchisi jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishi va unda kuchli raqobatbardoshlik muxitini yo‘qotmasligi, shuningdek, kasbiy nuqtai-nazardan ijtimoiy-ma`naviy soha rivojiga o‘z ulushini qo‘shishi uchun shunchaki ma’lumotli 107 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bo‘lish bilan chegaralinishi yetarli emas. Chunki zamona zayli har bir shaxsdan tom ma`noda faollikni talab qilmoqda. Ho‘sh faol shaxs kim? Uning ijtimoiy parametrlarini qanday belgilash mumkin? Yuqoridagi savollarga o‘qituvchining mutaxassis sifatida tayyorgarligining shartlari shunchaki bilimlilikni emas, balki intelektuallikni, keng dunyoqarashi, o‘tkir tafakkurlilikni, ijodiy sermahsul faoliyat yuruta olish qobilyatini, shu bilan birga tashabbuskorlikni, tashkilotchilik, muloqotchanlik, yuksak madaniyatlilik va ma`naviyatlilikni talab qiladi. Ha, ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi shaxsiga juda jiddiy va qat’iy talablar qo‘yilgan. Shu bilan birga Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan shaxs faolligini, uning potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish o‘quv- biluv faoliyati orqali qisqa muddatlarda samarali amalga oshirilishi darkor. Aynan o‘qituvchi tomonidan amalga oshirishga bog‘liq faoliyatda natijalar samarasi va uning qay darajada kafolatlanganligi uning pedagogik va psixologik bilimlarga bo‘lgan munosabatining ijtimoiy zarurat mazmunini aniqlashga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchini pedagogik faoliyat istiqbolini rejalashtirishini, “o‘qituvchi-o‘quvchi”, “o‘qituvchi-guruh”, hamkorligi yo‘nalishlarini pedagogik - psixologik nuqtai-nazardan aniq tashxislashini, o‘quv axborotlarini uzatish va mustaxkamlashda har bir o‘quvchining o‘zlashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish va shu asosida ilmiy-nazariy ma`lumotlar ustida ishlashga zamin yaratadi. Bu esa o‘z navbatida uning ko‘nikma va malakalarga, ta`bir joiz bo‘lsa kasbiy maxoratiga. Eng aniq va to‘g‘ri metodikalar, sharoitlar va uslublar mutanosibligini belgilash zaruratini oldinga suradi.Yuqorida keltirilgan talablarni amalga oshirishda o‘qituvchining pedagogik-psixologik bilimlari ma`nosi va o‘qituvchi imkoniyatlari qanday bo‘lishi lozimligi haqida mushohada yuritsak. Albatta, o‘qituvchidagi mavjud pedagogik - psixologik bilimlar tahsil olayotgan o‘quvchilarning erkin fikr yuritishi, mustaqilligi, faoliyat yuritishi va ijodiylik qobilyatlarini shakllantirish yoki bo‘lmasa o‘quvchi shaxsini maqsadli rivojlantirishda ahamiyati juda kattadir. Ammo, pedagogik jarayonda pedagogik - psixologik bilimlarni tadbiq qilishda o‘qituvchi faoliyatida rejalilik, tizimlilik, yaxlitlik, asoslilik, ta`lim mazmunini ijtimoiylashtirish, insonparvarlashtirish, shuningdek insoniylashtirish qoidalari negizida tashkil qilinsagina u samara beraoladi. O’qituvchining psixologik va pedagogik bilimlarini yanada oshirish va takomillashtirish maqsadida o‘qituvchining guruh rahbari sifatida faoliyat yuritishi 108 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 maqsadga muofiqdir. Chunki, o‘quvchilar jamoasini ya`ni konkret guruhni shakllantirish, o‘quvchilar guruhini boshqarish, sha
Доказательный фрагмент
«Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, ularning bilim olish jarayonida mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюTa’lim jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, ularning bilim olish jarayonida mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ta’lim jarayoni, O‘quvchilarni faollashtirish, Fan, Pedagogik texnologiyalar, Fan o'qituvchilari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025