Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TERAPEVTIK STOMATALOGIYADA BEMORLARNI ASOSIY TEKSHIRISH USULLARI
Axmedova Malika Qilichovna · Neymatov Dilshodbek Behzodovich
Современная наука и исследования · 7 · 2026
Аннотация
In therapeutic dentistry, a number of iatrogenic diseases occur in patients due to improper examination and diagnosis. It is important to prevent this and correctly diagnose patients and develop a treatment plan. This requires a complete and sequential implementation of patient examination methods. Keywords: Patient, anamnesis vitae, anamnesis morbi, examination methods, bimanual palpation, oral examination, percussion. ПАЦИЕНТЫ ТЕРАПЕВТИЧЕСКОЙ СТОМАТОЛОГИИ ОСНОВНЫЕ МЕТОДЫ ИНСПЕКЦИИ. Аннотация. В терапевтической стоматологии у пациентов возникает ряд ятрогенных заболеваний из-за неправильного обследования и диагностики. Для того чтобы предотвратить это и предоставить пациентам правильный диагноз и план лечения, важно разработать правильный диагноз. Для этого необходимо полное и последовательное внедрение методов обследования пациентов. Ключевые слова: Пациент, anamnesis vitae, anamnesis morbi, методы обследования, бимануальная пальпация, оральное обследование, перкуссия. 257 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Terapevtik stomatologiyada bemorlarga to’g’ri tashxis qo’yish maqsadida quyidagi tekshiruv usullarida foydalaniladi: ✓ Asosiy tekshiruv usullari (klinik tekshiruv usuli); ✓ Qo’shimcha tekshiruv usullari (paraklinik tekshiruv usuli). Asosiy tekshiruv usuli o’z navbatida ikki turga bo’linadi: ✓ Subyektiv; ✓ Obyektiv. Subyektiv tekshiruv usuli bu bemordan ma’lumot yig’ish hisoblanib uch turda bo’ladi: ✓ Bemorning shikoyati; ✓ Anamnez morbe (mazkur kasallik tarixi); ✓ Anamnez vitae (hayot tarixi). Bemor kelganda birinchi navbatda bemorning shikoyatlari tinglanadi. Bunda bemorga hech qanaqa qo’shimcha savollar berilmaydi. Anamnez morbe kasallikning boshlanishi, kasallikning boshlanishidan davolash paytigacha boʻlgan alomatlar dinamikasi; Kasallik qachon boshlangan, og’riq qachon paydo bo’lgan, kasallikni kechishi, og’riqni kamayishi yoki ko’payishi kabi savollar bilan shifokor murojat qiladi. Tashhis qo’yishda ko’pincha og’riqni turi asosiy o’rin tutadi. Og’riqni davomiyligi, taassurotlardan kuchayishi, og’riq paydo bo’lishi vaqti ham tashhis qo’yishda muhimdir. Shu jumladan kasallik avval davolanganmi, davolangan bo’lsa qachon, davo qanday natija bergani kabi so’rovlar muhim ahamiyat kasb etadi. Anamnez vitae bu bemorning hayot anamnezi hisoblanadi. ✓ Go’daklik, bolalik va o’smirlik davri; ✓ Jinsiy va oilaviy xayoti; ✓ Turmush sharoiti; ✓ Mexnat faoliyati; ✓ Zararli odatlari; ✓ Dori vositalariga nisbatan allergik reaksiyai; ✓ Yondosh kasalliklari (oshqozon ichak kasalliklari, qandli diabet, tuli hil onkologik kasalliklar); ✓ Epidemiologik anamnez: (Bemor virusli gepatit bilan og’rimagan, yaqin 6 oy ichida yuqumli kasallar bilan muloqotda bo’lmagan, inyeksiyalar olmagan, stomatolog ko’rigida bo’lmagan) shu kabi ma’lumotlar yig’iladi. Obyektiv ko’ruv ikkiga bo’linadi: ✓ Tashqi ko’rik; ✓ Ichki ko’rik. 258 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Tashqi koʼrikda yuz assimetriyasi (lab, yonoq, ogʼiz boʼshligʼi, yuqori va pastki lablar, ularning birlashish chizigʼi, yuzning pastki uchdan bir qismi hajmi, pastki jagʼ burchagi) mavjudligi yoki mavjud emasligi, boshqa deformatsiyalar, yuz rangining oʼzgarishi, mimik buzilishlar, burun lab burmalarining tekisligi, yalligʼlanish xolati, jaroxat yoki boshqa patologik jarayonlardan keyin yuzaga kelgan chandiqlar, nuqsonlar aniqlanadi.Tashqi ko’rikda bimanual palpatsiyadan foydalaniladi.Bunda ikki barmoq yordamida limfa tugunlari holati tekshiriladi. Ichki ko’rik ham o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi: ✓ Og’iz dahlizi ko’rigi; ✓ Hususiy og’iz bo’shlig’i ko’rigi. Og’iz ko’rigi og’iz dahlizidan boshlnadi. Birinchi navbatda labning qizil xoshiyasi va og’iz burchaklari tekshirib ko’riladi. Milk normada och-pushti rangda bo’lib, tishni bo’ynini aylanib o’tadi va tish-milk cho’ntagini (chuqurligi 1-2 mm) hosil qiladi. Patologik hollarda milklarni rangi o’zgaradi, tish-milk cho’ntaklari chuqurlashadi, tishning aylanma bog’lamlari buziladi. Milkni ko’zdan kechirib, yallig’lanish turini aniqlash ham mumkin bo’ladi (kataral, yarali-nekrotik, giperplastik). Palpatsiya (paypaslab ko’rish) – shishlarni, o’smalarni aniqlash uchun qo’llaniladi. II barmoqni tekkizib yoki II barmoq bilan shilliq qavatni, lunjni, labni, tilni paypaslash bilan olib boriladi. Palpatsiyani sog’lom to’qimadan boshlagan ma’qul. Chunki sog’ to’qima bilan zararlangan to’qima chegarasi aniq ko’rinadi. Hususiy og’iz bo’shlig’i ko’rigi birinchi navbatda stomatologik oynacha yordamida barcha tishlarni ko’zdan kechiriladi. Stomatologik ko’zgu yordamida og’iz bo’shlig’ida vizual ko’ruv qiyin bo’lgan sohalarda ko’ruv amalga oshiriladi. Stomatologik ko‘zgu diametri 2 sm bo‘lgan metall gardish bilan o'ralgan va metall burama dastakdan iborat moslama. Stomatologik ko‘zgu ikki xil bo’ladi; qavariq ko’rilayotgan obyektni kattalashtirib ko‘rsatuvchi; yassi - tasvirni haqqoniy beruvchi oyna. Stomatologik ko‘zgu yordamida oddiy ko’z bilan ko'rish qiyin bo’lgan sohalani ko‘rish, ishlay
Доказательный фрагмент
«In therapeutic dentistry, a number of iatrogenic diseases occur in patients due to improper examination and diagnosis.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn therapeutic dentistry, a number of iatrogenic diseases occur in patients due to improper examination and diagnosis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Patient, anamnesis vitae, anamnesis morbi, examination methods, bimanual, tekshiruv usullari, Bemor, bimanual palpatsiya, og’iz bo’shlig’i ko’rigi, anamnez vitae, anamnez morbi, perkussiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025