К содержанию
РецензированоUZ2026

JIZZAX VOHASI URF ODAT VA AN’ANALARI

Kengashev Islom Mamasoli oʻgʻli

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Jizzax vohasidagi aholi maskanlarida o‘tkazib kelinayotgan to‘ylar, xususan, nikoh to‘ylari, kelin-kuyov bilan bogʼliq ko‘plab rasm-rusumlarga duch kelish mumkin. Maqolada ko‘p joylarda hozirgacha amal qilinadigan anʼanaviy “fotiha oshi”, “sarpo yuborish”, “maslahat to‘yi”, “quda tanishuvi”, “hayitlik”, “qizlar bazmi”, “padar oshi” singari rasmrusmlar yoki to‘ydan keyin o‘tkaziladigan “chimildiq yigʼdi”, “kelin salomi”, “kelin ko‘rdi”, kabi urf-odatlar o‘tkazish haqida gap boradi. Kalit soʻzlar: Darvishona, tanglay ko’tarish, taomlar, marosimlar, chillaguzaron, momolar oshi, sumalak, Jizzax vohasi, urf-odatlar, xo’jalik an’analar, madaniy meros, kigiz bosish, quroq tikish. Jizzax vohasining iqtisodiy hayoti serhosil dalalaridan tashqarida savdo va tijorat markazlari vazifasini o'taydigan jonli bozorlarga qadar cho'zilgan. Ushbu bozorlar nafaqat iqtisodiy almashinuv joylari, balki madaniy hamkorlik markazlari hamdir. Har bir bitim an'analarga boy bo'lib, xaridorlar ham, sotuvchilar ham belgilangan urf-odatlarga rioya qilishadi. Bunday an'analardan biri bu bitimlar paytida tuz va nonni tantanali ravishda almashtirishdir. Ushbu ramziy harakat ishtirok etgan tomonlar o'rtasidagi o'zaro hurmat va xayrixohlikni anglatadi. Bundan tashqari, bozorlar rang-barang matolar va an'anaviy hunarmandchilik bilan bezatilgan bo'lib, mintaqaning madaniy xilma-xilligini aks ettiruvchi jozibali muhit yaratmoqda. Kigiz bosish qo’y jonidan asosan yosh qo’zilarning jonidan tayyorlansa yumshoq chiqqan, qo’y juni yaxshilab yuvilib, tozalanib titilgan va yuvilib bo’yoqqa tashlangan, bo’yoq vazifasini esa har xil daraxt jumladan shaftoli va yong’oq bargidan toq sariq gulidan ranglar olingan, bo’yab bo’linganda so’ng qop (kandir) ustiga yoyilgan va bo’yalgan junlardan har xil ramzlar, rasmlar chiqarishgan hamda qaynoq sho’r suv quyilgan hamda ayollar bilaklari bilan yumaloq qilib buklashgan hamda ayollar va yosh bolalar tomonidan tepilgan. Quroq tikishda bir biriga kelin-kuyov qurashib, ilashib yursin deya bolalari ko’p bo’lsin, har xil balo ko’zlardan saqlasin deb har xil rangli matolar bilan to’rtburchak shaklda quroq tikishgan, quroq asosan sep uchun yosh oilalarga qilingan1. Jizzax vohasi aholisi orasida saqlangan nikohga aloqador rasm-rusmlar orasida “kelinning oldiga chiqish (burundiq)”, “sep yigʼish”, “turkunlash” va hokazo odatlari bo‘yicha olib borilgan izlanishlarning ko‘lami unchalik keng emasligi ko‘zga 1To‘rayev M. “Milliy madaniyatimizning asriy an'anasi”. “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi”. Ilmiy-amaliy konferentsiya to‘plami. Toshkent, 2021, 501-bet. 7.1 12 2 11 tashlandi. Аyniqsa, qipchoq lahjasida so‘zlashuvchi o‘zbeklarda oila va nikoh bilan bogʼliq saqlanib qolgan ayrim urf-odatlar mamlakatimizda va qo‘shni o‘lkalarda yashayotgan ko‘pchilik o‘zbek aholida mavjud anʼanalardan birmuncha farq qiladi. Hozirgi vaqtda o‘zbeklarda keng tarqalgan nikoh to‘ylari asosan anʼanaviy udumlarni saqlagan holda yangicha marosimga muvofiq kelin bilan kuyov ixtiyori, ota-onalar, yaqin qarindosh va do‘st-u birodarlar maslahati bilan o‘tkaziladi. Ko‘p joylarda hozirgacha amal qilinadigan anʼanaviy «fotiha oshi», «sarpo yuborish», «maslahat to‘yi», «quda tanishuvi», «hayitlik», «qizlar bazmi», «padar oshi» singari rasm- rusmlar yoki to‘ydan keyin o‘tkaziladigan «chimildiq yigʼdi», «kelin salomi», «kelin ko‘rdi», «challar» yoki «kuyov chaqiriq» kabi urf-odatlar o‘tkaziladi. Аlbatta, bunday nikoh to‘ylari juda ham katta xarajat talab qiladi. Odat tusiga kirgan mazkur marosimlar ko‘p bolali oilalar uchun ancha ogʼir yuk bo‘lib, ko‘pincha ularning qarzga botishiga olib keladi. Hozirgacha saqlanib kelgan qalin esa uning ustiga yana ham ortiq xarajat bo‘lib yuklanadi. Uni hozir «kuyov sovgʼasi», «sut haqi» deb zamonaviylashgan ko‘rinishda namoyish qilmoqdalar. Аslida qalin islomgacha turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan odatlardan. Masalan, VI acpga oid O‘rxun-Yenisey yozuvlarida, Mahmud Koshgʼariy asarlarida u tilga olingan. Baʼzi tadqiqotchilar qalinni ayollarning jamiyatda qadr-qimmatini ish kuchi sifatida baholash bilan bogʼliq odat desa, ayrimlari ularning ijtimoiy tengsizligi boshlanishi bilan yuzaga kelgan, degan fikrni bildiradilar. Buni asoslash uchun qadimiy odat bo‘yicha qalin haqi uchun ishlab berish yoki pul shaklida to‘lashga majbur bo‘lish misol qilib ko‘rsatiladi. Аyrim paytlarda qalin o‘rniga o‘zaro qiz almashtirish, yaʼni qarshi qudalik odatiga amal qilib qalin to‘lanilmagan. Islom dini paydo bo‘lgach qalin to‘lash qonunlashtirilgan. Bu odat hozirgacha saqlanib, Janubiy O‘zbekiston, Xorazm va Qoraqalpogʼistonda katta pul hisoblanadi. Markaziy Osiyo va unga qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning, xususan, turkiy xalqlarning oila va nikoh bilan bogʼliq urf-odat va anʼanalarida ko‘p jihatlardan o‘zaro o‘xshashlik ko‘zga tashlanib, buni Jizzax vohasining o‘zbek, qozoq, qirgʼiz va tojik oilalarida saqlanib qolgan turli marosim va anʼanalar ham tasdiqlaydi. Jizzax vohasidag

Доказательный фрагмент

«Jizzax vohasidagi aholi maskanlarida o‘tkazib kelinayotgan to‘ylar, xususan, nikoh to‘ylari, kelin-kuyov bilan bogʼliq ko‘plab rasm-rusumlarga duch kelish mumkin.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jizzax vohasidagi aholi maskanlarida o‘tkazib kelinayotgan to‘ylar, xususan, nikoh to‘ylari, kelin-kuyov bilan bogʼliq ko‘plab rasm-rusumlarga duch kelish mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taomlar, urf-odatlar, chillaguzaron, marosimlar, Darvishona, ko’tarish, sumalak, kigiz bosish, xo’jalik an’analar, Jizzax vohasi, momolar oshi, quroq tikish, tanglay, madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники