К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLARNI PEDAGOGIK KASBGA YO‘NALTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Matkarimova Muxabbat · Qaraqalpaqstan Respublikasi. · СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article provides information about methods that help our youth to choose a profession based on the unique characteristics of our swallows, who dream with great hopes as the owners of our future, together with scientific and research work, as well as in the process of practical training. Key words: Age, profession, craft, interest, characteristic, future, goal, methodology. Davlatimiz rahbari o‘tgan yili mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirok edi etib, forum ishtirokchilariga: «Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz», deb ta’kidlagan. Kasb hunarli bo'lish inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o'z asarlarida aytib o'tganlar. 155 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Kaykovus o'zining "Qobusnoma" asarida shunday yozadi "Bas, agar aqling bo'lsa hunar oʻrgang il, nedinkim hunarsiz aql-boshsiz tan, suratsiz badandekdür... Ey farzand, ogoh bo'lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo'lur va hech kishiga naf ep ko'rmas."[2.] Hozirda o'sib kelayotgan yoshlar o'z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o'zi uchun qiziqarli bo'lgan kasbni tanlab olishlari va o'z hayotlarini mazmunli, yaxshi o'tkazishlari uchun inti- ladilar. Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o'rni va ahamiyati juda katta. "Men kelajakda kim bo'laman?", "Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?", "Mendagi iqtidor shunga yetadimi?", "Kelajagimdan qoniqamanmikan?" degan ko'plab savollar yoshlarni o'ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular atrofdagilarni kuzatadilar, hayotdan ma'lum bir malakalar olishga intiladilar. Bu bo'yicha mamlakatimizda birqancha psixologlar " 9-10-11 siniflar uchun Kasbiy yo‘nalganlikni aniqlash so‘rovnomasi" ni ham ishlab chiqishgan: 1) Qaysi kasb turi Sizni ko‘proq qiziqtiradi va nima uchun? 2) Bu kasb boshqalaridan nimasi bilan afzal? 3) Bu kasb soha vakillarini taniysizmi, ular kimlar? 4) Bu kasb vakillarining majburiyatlari? 5) Tanlagan kasbingizning mehnat mahsulini ko‘rganmisiz? 6) Nima deb o‘ylaysiz, tanlagan kasbingizni egallash jarayonida qanday qiyinchiliqlarga uchraysiz? 7) Bu kasbni o‘zlashtirish uchun nimalar qilasiz? 8) Ota-onangiz qaysi kasbni tanlashingizni istashadi?! Ayrim yoshlar nazariy jihatidan tez o'zlashtirsalar ayrimlari amaliyotda tez va yaxshi o'zlashtirib boradilar. Kasb tanlashda ham ayrimlar o'z maqsadlarini yaxshi anglamaganligi tufayli kasb tanlay olmaydi. Ayrimlarga qaysi kasb bo'lsa ham baribir, ular kasblarni yaxshi bilmaydilar. Kasb psixologiyaning obyekti bo'lgan "inson-kasb" munosabatlari yuz beradigan o'zgarishlarni diqqat - e'tiborga olishi zarur va bular bu sohadagi muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikni vujudga keltiradi. Bu o'zgarishlarni N.D. Levitov ko'rsatganidek uchta guruhga birlashtirish mumkin; 1. Birinchi guruh - motivatsion komponentlar boʻlib, bu ijtimoiy ahamiyatlilik bilan bog'liq bo'ladi. Motivlarda insonni ma'lum bir kasbni egallashni xohlashi yoki xohlamasligi bilan bog'liq tomonlar ochib beriladi. Motivlarning shakllanishi esa kasbni jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatliligi, ahloqiy tomonlarini hurmatlashi kabi tomonlar bilan oʻlchanadi. Shu bilan birga motivga mehnatga beriladigan haq, kasbiy va kasbdan tashqaridagi hayot obrazi va shu kabilar ta'sir etadi. 156 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Bundan tashqari motiv bo'lib oilasini ta'minlanganlik darajasi, tengdoshlarini fikrlari, ish joyini yaqin va uzoqligi, ota onasining fikrlari va shu kabilar kiradi. Albatta motivga insonni o'zini mehnatidan oladigan qoniqish ham kiradi. 2. Ikkinchi guruhga klassifikatsiya komponentlari kiradi. Deyarli hamma kasblar oldindan tayyorgarlik ko'rishni talab qiladi. Bilish va uddalash qanday tarzda sodir bo'lishidan qat'i nazar, o'qish orqali yoki amaliyotda egallanadimi u kasbga bo'lgan munosabatda va unga bo'lgan layoqatda ko'rinadi. Insonni mehnatga bo'lgan layoqati uning psixofiziologik imkoniyatlaridan, o'zining xohishidan, ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqadi. Inson har qanday kasbni egallay olishi uchun eng avvalo unda layoqat bo'lishi, o'zida bilimga va malakaga ehtiyoj sezishi muhimdir. 3. Uchinchi guruhga-shaxsning individual-psixologik xususiyatlari kiradi. Albatta motivlarni shakllanishida va uddalay olishda psixologik xususiyatlar muhim hisoblanadi. Lekin uni alohida oʻrganish obyekti sifatida qarash kerak. Bir kishini ikkinchisidan ajratib turadigan ko'plab belgilardan doimiy yuz beruvchilariga e'tiborni qaratish zarur bo'ladi. Bu belgilar asosan biologik va tabiiyligiga bog'liq bo'ladi. Kasb psixologiyasining obyekti bo'lgan "

Доказательный фрагмент

«This article provides information about methods that help our youth to choose a profession based on the unique characteristics of our swallows, who dream with great hopes as the owners of our future, together with sci…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about methods that help our youth to choose a profession based on the unique characteristics of our swallows, who dream with great hopes as the owners of our future, together with sci… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Age, profession, craft, interest, characteristic, future, goal, methodology, hunar, xususiyat, kasb, kelajak, metodika., Yosh, qiziquvchanlik, maqsad
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники