К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAYBONIYLAR DAVLATI VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI ALOQALAR TAVSIFI

DASTLABKI ALOQALAR TAVSIFI · Xayrullayev Umidjon Fayzullo o’g’li · Sayfutdinov Feruz Ilniyozovich · Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi · Navro’z Ahmadxon, sulton Salim II

Современная наука и исследования · 1 · 2026

Аннотация

This article discusses the partially established diplomatic and embassy relations between the Shaybani state, which had a certain place in the history of Uzbek statehood, and the Ottoman Sultanate. The relations of the two states were mainly based on the perception of Iran as a common enemy against the Safavids and the support of the Sunnis against the Shiites. Keywords: Chaldiran, Sultan Salim I evil, janissary, Astrakhan, Sunni, Shia, Safavids, Shaybanis, Navruz Ahmadkhan, Sultan Salim II, Kochkunchikhan, Shaybanikhan. ОПИСАНИЕ РАННИХ ОТНОШЕНИЙ МЕЖДУ ГОСУДАРСТВОМ ШАЙБАНИ И ГОСУДАРСТВОМ ОСМАНСКИХ ТУРКОВ Аннотация. В данной статье говорится о частично установившихся дипломатических и посольских отношениях между государством Шайбани, занимающим особое место в истории узбекской государственности, и Султанатом турок-османов. Отношения между двумя странами в основном основаны на восприятии Ирана как общего врага против Сефевидов и поддержке суннитов против шиитов. Ключевые слова: Чалдыран, Султан Салим I Злой, Яничар, Астрахань, Сунниты, Шииты, Сефевиды, Шайбани, Навруз Ахмад-хан, Султан Салим II, Кочкунчи-хан, Шайбани-хан. 147 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Shayboniylar sulolasining (1500–1601) Turkiya (Usmonli imperiyasi) bilan bo’lgan aloqalari XV asr oxiri va XVI asr boshlariga to’g'ri keladi. Ushbu aloqalar, asosan, ikki davlatning mintaqaviy geosiyosiy manfaatlariga bog'liq bo’lib, davriy diplomatik va harbiy munosabatlarda ifodalangan. Shayboniylar sulolasi va Usmonli turklar o’rtasidagi dastlabki aloqalarni uch davrga bo’lish mumkin: 1)Usmonli-Shayboniylar munosabatlari (1500-1510 yillar): Shayboniylar sulolasi O’rta Osiyoda Movarounnahr hududida hukmronlikni qo’lga kiritgan davrda, Usmonli imperiyasi Yaqin Sharqda kuchaygan payt edi. Shayboniylar va Usmonlilar o’rtasidagi dastlabki diplomatik aloqalar aniq bo’lmasa-da, ikki tomon bir-birini kuzatgan. Shayboniyxon (Muhammad Shayboniyxon) 1500-yillarning boshida Eron safaviylariga qarshi kurash olib borgan va bu kurashda Usmonli imperiyasining ham manfaatlari mavjud edi1. Usmonlilar Eron Safaviylari bilan raqobatda bo’lgan va Shayboniylarning Safaviylarga qarshi faoliyatini qo’llab-quvvatlashni o’ylagan. Ammo bu davrda Shayboniylar va Usmonli imperiyasi o’rtasida muhim bir kelishuv yoki ittifoq shakllanmagan. 2)1510-yilda Shayboniyxonning o’limi: 1510-yilda Shayboniyxon Safaviylar hukmdori Shoh Ismoil bilan bo’lgan Marv yaqinidagi jangida halok bo’ldi. Bu voqea Usmonli imperiyasi va Shayboniylar o’rtasidagi ehtimoliy aloqalarga ham ta'sir qildi, chunki Usmonli imperiyasi Safaviylarning kuchayishidan xavotirda edi va bu voqea Eron va Usmonli munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatdi. 3)1530-1560-yillar: Shayboniylar va Usmonli munosabatlari: Shayboniylar sulolasining keyingi hukmdorlari davrida (masalan, Ubaydullaxon va Abdulatifxon) Usmonli imperiyasi bilan bevosita harbiy ittifoq tuzilmagan bo’lsa-da, diplomatik aloqalar mavjud bo’lgan. Bu davrda Usmonli imperiyasi Yevropa va Eron bilan ko’proq shug'ullangan bo’lsa, Shayboniylar O’rta Osiyodagi o’zaro ichki va tashqi kurashlar bilan band edi. Biroq, ikkala davlat ham Safaviylar Eroniga qarshi umumiy manfaatlarga ega edi. Umuman olganda, Shayboniylar sulolasi va Usmonli imperiyasi o’rtasidagi aloqalar cheklangan va asosan mintaqaviy geosiyosiy o’zgarishlarga bog'liq bo’lgan. Sulola davrida Usmonli-Shayboniylar munosabatlari muhim darajada rivojlanmagan bo’lsa-da, Safaviylar bilan bo’lgan dushmanlik umumiy manfaatlarga asoslangan, ammo kuchli ittifoq shakllanmagan. 1514- yilda Usmonli imperatori Sulton Salim I va Safaviy Shoh Ismoil o’rtasidagi Chaldiran jangida Usmonlilar g'alaba qozonadi2. 1 M.Qodirov -Shayboniylar tarixi: Siyosiy va madaniy aloqalar.T-2020 58 b. 2 P.M.Holt, K.S Lambton, B.Lewis “The Central Islamic Lands from Pre-Islamic Times to the First World War” Volume 1A Cambridge University Press, 2008y, p-400 148 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Bu jangda Shayboniylar bevosita ishtirok etmagan, ammo Safaviylarga qarshi kurash Usmonlilar va Shayboniylarning umumiy manfaatiga mos keladi. Shayboniylar uchun bu voqea Safaviylarning kuchayishiga qarshi kurashni davom ettirishga imkon yaratadi. Ko’chkunchixon davrida 1515-yil Sulton Salim I huzuriga Shayboniylar elchisi tashrif buyuradi kata ehtimol bilan bu elchilikning maqsadi Eron Safaviylarga qarshi ittifoqni tashkil qilish va yaxshi hamkorlik aloqalarni yo’lga qo’yish bo’lgan3. Bundan tashqari Shayboniylar sulolasining vakili Navro’z Ahmadxon (Baroqxon) ning Toshkentdagi saroyida 300 nafar turk yanichari uning xizmatida bo’lgan. Yanicharlarni Usmonlilar hukmdori Sulton Salim I 1554-yil sunniylarni qo’llab quvvatlash maqsadida ya’ni Safaviylarga qarshi kurashda foydalanishi uchun Navro’z Ahmadxon huzuriga jo’natgan4. Lekin Navro’z Ahmadxon bu yanicharlardan taxt uchun kurashlarda foydalanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. O’rta Osiyolik musulmonlar bu davrda Haj ziyorati uchun Makkaga Astaraxan orqal

Доказательный фрагмент

«This article discusses the partially established diplomatic and embassy relations between the Shaybani state, which had a certain place in the history of Uzbek statehood, and the Ottoman Sultanate.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the partially established diplomatic and embassy relations between the Shaybani state, which had a certain place in the history of Uzbek statehood, and the Ottoman Sultanate. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Chaldiran, Sultan Salim I evil, janissary, Astrakhan, Sunni, Shia, Safavids, Ko’chkunchixon, Shayboniylar, Shayboniyxon., Navro’z Ahmadxon, Astraxan, Safaviylar, sulton Salim I yovuz, sunniy, sulton Salim II, yanichar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники