К содержанию
РецензированоRU2026

OLIY MAJLIS SENATI QONUN IJODKORLIGI FAOLIYATINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI · Mirzayusupov Shohrux Shavkatovich

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article discusses the constitutional and legal foundations of the law-making activities of the Senate of the Oliy Majlis. Keywords: Constitutional laws, regulatory legal acts, law-making, parliament, draft law, committee. КОНСТИТУЦИОННО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ПРАВОТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СЕНАТА ОЛИЙ МАЖЛИСА Аннотация. В данной статье рассматриваются конституционно-правовые основы правотворческой деятельности Сената Олий Мажлиса. Ключевые слова: Конституционные законы, нормативные правовые документы, правотворчество, парламент, законопроект, комитет. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlarining qabul qilinishi normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Birinchidan bu, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati reglamenti to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi reglamenti to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamentini tasdmqlash to‘g‘risida” qarori kabi normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 18 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 O‘zbekiston Respublikasida qonunlarni qabul qilish jarayoni yuqorida ko‘rib chiqqan ko‘pchilik ikki palatali Parlament tizimidagi davlatlardan farq qilmaydi. Shunday ekan, qonun ijodkorligi jarayonidagi Oliy Majlis yuqori palatasining roli ham ko‘p ham farq qilmaydi. Qonun loyihasini tayorlash tartibi, qonun loyixasiga ilova qilinadigan hujjatlar, matniga va matnning shakliga qo‘yilgan talablar, qonun loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va Qonunchilik palatisiga kiritish tartibi, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasigakiritish tartibi to‘g‘risida” qonuni 1da belilab qo‘yilgan. Qonun loyixasi Qonunchilik Palatasiga kiritilgandan so‘ng, qonun loyihasi quyi palata tomonidan uch o‘qishda ko‘rib chiqiladi. Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan to‘laligicha ovozga qo‘yiladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shu yerda, kichik bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ikkita atama “Qonun loyihasi” va “Qonun” ya’ni qachon biz qonun loyihasi atamasini va qachon qonun atamasini qo‘llaymiz. Yuqorida keltirib o‘tilgan normativ huquqiy hujjatlarni tahlil qilish orqali, ushbu ikki atamani qo‘llashda quyidagicha xulosaga keldik, qonunchilik tashabbusi sub’etlari tomonidan tayorlangan normativ huquqiy hujjat loyixachi, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan ma’qullangunga qadar “qonun loyihasi” atamasini ishlatamiz, Qonunchilik Palatasi tomonidan ma’qullangandan boshlab qonun loyixasi esa “qonun” termini bilan ataladi. Ba’zi konstitutsiyalarda, shu jumladan Rossiya qonunlarida, quyi palatadan qabul qilingan va yuqori palataga yuborilgan qonun loyihasi qonun deb nomlangan. Rossiya Konstitutsiyasining 105- moddasida: "Federal qonunlar Davlat Dumasi (quyi palata)tomonidan qabul qilinadi". Rus huquqshunos olimi V.Ye. Chirkin bu fikrni rad etadi: Matn yuqori palatada ma’qullanganidan keyin qonunga aylanadi, agar yuqori palataning veto qo‘ymaslik sharti bilan (agar shunday bo‘lsa, unda quyi palataning qabul qilgan hujjatini qonun sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq emas)2. Biz ham bu fikrga qo‘shilgan holda, qonun deb mamlakat Prezidenti tomonidan imzolangandan keyin nomlash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Demak, Qonun Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi qabul qilinganidan so‘ng, yuqori Palata Senatga kiritiladi. Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo‘mitaga topshiriladi. Senat qo‘mitalarining qonun muhokamasiga bag‘ishlangan majlislari ochiq o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun aytishimiz mumkin-ki, 2020 yil 28 fevral kuni Oliy Maljis Senatining ikkinchi yalpi majlisida bir guruh yoshlar ham, bevosita, kun tartibiga qo‘yilgan masalalarning 1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 41-son, 406-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019 y., 03/19/536/3114-son 2 Chirkin V.Ye. Verxnyaya palata sovremennogo parlamenta: sravnitelno-pravovoe issledovanie. – M.:2015 g., https://studref.com/422333/pravo/verhnyaya_palata_sovremennogo_parlamenta_sravnitelno-pravovoe_issledovanie 19 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 muhokamasini kuzptish imkoniga ega bo‘lishdi. Zarurat bo‘lganda Senat qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Qonunchilikka ko‘ra, qo‘mitalarning majlislariga davlat o

Доказательный фрагмент

«This article discusses the constitutional and legal foundations of the law-making activities of the Senate of the Oliy Majlis.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the constitutional and legal foundations of the law-making activities of the Senate of the Oliy Majlis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Constitutional laws, regulatory legal acts, law-making, parliament, draft law, parlament, Konstitutsiyaviy qonunlar, qonun ijodkorligi, normativ huquqiy hujjatlar, qonun loyihasi, qo‘mita.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники