Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025
Temirbeton ko’priklarning gidroziolyatsiyasi va undagi nuqsonlar
Barotov Ashurali Ixtiyor o‘g‘li
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 264 · 54-62 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada temirbeton kо‘priklarda gidroizolyasiyaning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil natijalari keltirilgan. Annotation: This article provides information on the importance of waterproofing in reinforced concrete bridges and presents the results of the analysis. Kalit so‘zlar: kо‘prik; konstruksiya; gidroizolyasiya; izolyasiya; darz. Keywords: bridge; construction; waterproofing; insulation; crack. Temirbeton ko‘priklar elementlarining uzoqqa chidamliligini ta’minlash uchun, ularning konstruksiyasi betonga suv kirishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Suvning betonga davomli ta’siri ohakning erishi va yuvilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida beton mustahkamligini pasaytiradi va uning asta-sekin yemirilishiga olib keladi (1-rasm). Bu jarayon ayniqsa navbatma-navbat muzlab – erishda tez kuzatiladi [1]. 1-rasm. Temirbeton kо‘prik konstruktiv elementlarining yemirilishi Betonni suv ta’siridan himoyalash uchun u gidroizolyasiya bilan qoplanadi. Gidroizolyasiya ballast koritasi plitasi yuzasiga qilinadi (2-rasm). Suvning oqishi uchun plita yuzasiga qiyalik beriladi. Izolyasiyaning chetlari bortlarning maxsus chuqurchalariga mahkamlanadi [2-5]. Ballast koritasining gidroizolyasiyasi butun izolyasiya qilingan yuza bo‘yicha suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi, suvga, biologik va kimyoviy ta’sirlarga bardoshli bo‘lishi, issiq-sovuqqa bardoshli bo‘lishi, vaqt davomida va hisobiy haroratlar 55 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-10 intervalida elastikligini yo‘qotmasligi, betonning izolyasiya qilingan yuzasida ruxsat etilgan darzlar paydo bo‘lganida yaxlitligini saqlashi kerak [6-8,16]. 2-rasm. Ballast koritasining gidroizolyasiyasi ko‘ndalang kesimi Ballast koritasining izolyasiyasi quyidagi talablarni bajarishi shart: Gidroizolyasiya sement-qum qorishmasi yoki mayda donali betondan iborat bo‘lgan tayyorlov (tekislov) qatlami ustiga surtiladi [1, 9]. Gidroizolyasiyani yotqizishdan oldin tayyorlov qatlami gruntovka bilan qoplanadi (3-rasm). Qurilish hududining klimatik sharoitlariga bog‘liq holda gidroizolyasiyaning turli tiplari qo‘llaniladi. Bitum mastikali BM–1 indeksli gidroizolyasiya barcha klimatik zonalarda qo‘llanilishi mumkin [10,11]. Bu gidroizolyasiya qaynoq holda surtiladigan to‘rt qatlam bitum mastikasidan va uch qatlam shishamato yoki lyon – jut-kanop matosidan iborat. 56 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-10 3-rasm. Kо‘prik polotnosida gidroizolyatsiyani yotqizilish jarayonlari Bitum mastikasining oxirgi (tekislovchi) qatlami ustiga sement – qum qorishmasi yoki mayda donali betondan iborat himoya qatlami yotqiziladi. Bu qatlam diametri 2÷4mm, yacheyka o‘lchamlari 45÷75mm bo‘lgan simdan tayyorlangan setka bilan armaturalanadi [12-15]. Himoya qatlamining tayyor bo‘lgan yuzasiga bitum gruntovkasi surtiladi. Izol rulonli gidroizolyasiya (indeksi IR) yumshoq iqlimli hududlarda qo‘llaniladi. Bu izolyasiya asosiy bo‘lmagan rulonli izol va sovuq izol mastikadan iborat [21, 22]. Izol mastikaning ichida armaturalangan qatlam bo‘ladi va u rulon qatlamlari orasiga yopishtiriladi (4, b-rasm). a) b) 4-rasm. Izolyasiya qilishning variantlari: a) – bitum mastika (BM–1); b) – rulonli izolyasiya (IR); 1 – himoya qatlami; 2 – bitumli gruntovka; 3 – bitumli mastika; 4 – armaturalovchi material; 5 – izolli gruntovka; 6 – rulonli izol; 7 – izolli mastika 57 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-10 Suv ballast koritasidan plitaning chetlarida joylashgan suv qochiruvchi quvurchalar (4, a-rasm) orqali tushirib yuboriladi. Diametri eng kamida 15sm bo‘lgan quvurchalar cho‘yandan tayyorlanadi va uning qadami (bir-biridan uzoqligi) suv to‘planadigan yuzaning 1m2 ga quvurchaning 5sm2 to‘g‘ri kelishi hisobidan olinadi [17-19]. Quvurchalar teshiklari bo‘lgan cho‘yan qopqoqlar bilan berkitib qo‘yiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, temirbeton koʻpriklarning eng koʻp takrorlanadigan nuqsonlari va kamchiliklari quyidagilardir: koʻprikning osti gabaritining oʻlchami yetarli darajada emasligi, koʻprik polotnosi va deformatsion choklardagi yoriqlar, hamda gidroizolyatsiyaning talab darajasida emasligi. Buning oqibatida koʻprikning asosiy konstruksiyalarini yuk koʻtaruvchanligi pasaytiradi hamda konstruksiyaning uzoq ishlashini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Salixanov S.S. Transport inshootlarini loyihalash va qurish. 1-qism. Temir yo‘llardagi temirbeton ko‘priklar va quvurlar. Darslik. – Toshkent, TashIIT, 2017. – 398 b. 2. Raupov, C., Shermuxamedov, U., & Karimova, A. (2021). Assessment of strength and deformation of lightweight concrete and its components under triaxial compression, taking into account the macrostructure of the material. In E3S Web of Conferences (Vol. 264, p. 02015). EDP Sciences. 3. Raupov, C., Karimova, A., Zokirov, F., & Khakimova, Y. (2021). Experimental and theoretical assessment of
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada temirbeton kо‘priklarda gidroizolyasiyaning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil natijalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada temirbeton kо‘priklarda gidroizolyasiyaning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan va tahlil natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bridge, construction, waterproofing, insulation, crack, gidroizolyasiya, darz., izolyasiya, kо‘prik, konstruksiya
Смежные источники
Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Международный журнал искусственного интеллектаNAVOIYINTHEEYESOF MODERNSCHOLARS, Abduhakimova Umida2025
Международный журнал искусственного интеллектаSadikova Shahnoza Shuxrat qizi2025