К содержанию
РецензированоRU2024

SHASHMAQOM CHOLG‘U (MUSHKILOT) BO‘LIMI. IJROCHILIK AN’ANALARI. TASNIF VA TARJE KUYLARI

Salixova Muhabbat Abdujabbarovna

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article discusses the Shashmaqom Instrument (Mushkilot) Section. Performance Traditions. Tasnif and Tarje Tunes. Keywords: Six maqams, instruments and ways of singing, "Mushkilot", "Gardun", "Mukhammas" or "Saqil", Tasnif and Tarje Tunes. РАЗДЕЛ ИНСТРУМЕНТОВ ШАШМАКОМ (СЛОЖНОСТЬ). ТРАДИЦИИ ВЫСТУПЛЕНИЯ. МЕЛОДИИ ТАСНИФА И ТАРЬЕ Аннотация. В этой статье раздел Музыкальный инструмент Шашмаком (Проблема). Традиции исполнения. Упоминаются мелодии Таснифа и Тарье. Ключевые слова: Алты макам, инструментальный и айтимный (певческий) способы, мелодии «Мушкилот», «Гардун», «Мухаммас» или «Сакил», тасниф и тарье. Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo‘lim – cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llaridan tarkib topishi aytilgan edi. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo‘limi Buxoro an’anasiga ko‘ra «Mushkilot» deb yuritiladi. Mazkur atama “qiyinchiliklar” ma’nosida kelib, jumladan, maqomlardagi bosh kuy-mavzuini murakkabligi turlicha bo‘lgan doyra usullari sinovidan o‘tishini va shu asnoda alohida qism va turkum miqyosida rivoj topishini ham anglatadi. «Mushkilot» bo‘limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi: 1. Tasnif - tasnif etilgan, ijod etildan, mukammal asar. 2. Tarje - qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi. 3. Gardun - falak gardishi, qismat. 4. Muxammas - beshlik, beshlangan. 5. Saqil - vazmin, og‘ir. Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg‘u kuylarining nomlari serjihat ma’nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli barchasi maqomlar «matnida», eng avvalo, doyra usullarini anglatadi. Binobarin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda birinchi navbatda ma’lum doira usullari nazarda tutiladi. Maqomlarning «Mushkilot» cholg‘u bo‘limlari «Tasnif» nomli kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom» ning har biriga qo‘shilib, «Tasnifi Buzruk», «Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo», «Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq» kabi ataladi. Maqomlarning ma’nolar tizimi har bir maqomda o‘zgacha tus kasb etarkan, u dastlab maqomning Tasnif qismi boshlang‘ich kuy tuzilmasida ilk bor ifoda etiladi. Odatda, ushbu kuy mavzui kichik hajmda, ammo nisbiy tugal shaklda bayon etiladi. 9 13 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Zero maqom mavzulari timsolida umuman “musiqiy mavzu” tushunchasining beqiyos namunalari jonlanadiki, bunda buyuk ishq dardiga mubtalo qalblarning ruhiy holatlari 45 go‘yo nag‘malarga muhr etilgan. Voqean, bu toifa musiqa mavzulari maqomdonsozanda (ashula yo‘llari esa hofizlarning) malakali ijrolari jarayonida o‘zining ruhiy (ma’naviy) ta’sir ko‘lamini namoyon eta boshlaydi. Chunki bu maqsadga erishish yo‘lida mohiyatan ishq zavqidan kelib chiquvchi turli ijroviy usullar (nola, qochirim, kashish va b.)ni samarali qo‘llay bilish talab etiladi. Ayni chog‘da, bu usullar semantikasi ishqiy-dardchil va turfa go‘zal tuyg‘ular ifodasi bilan bog‘liq ekanligini “jonli tinglov idroki” ila to‘la-to‘kis anglab yetish mumkin. Demak, maqomlarning mavzu bayoni bilan har bir maqom asarining ma’nolar silsilasi, ta’bir joiz bo‘lsa, ruhiy holati dastlabki darajada his etiladi, hamda mavzuning rivoji va yakuni bilan asarning g‘oyaviy mazmuni ham uzil-kesil idroklanadi. Asar yaratilishi jarayonida Tasniflarning kuy mavzui maqom bosqichlariga tayangan holda o‘zining o‘rta va yuqori avj pardalariga intiladi, rivoj topgani sari uning ichki, botiniy jihatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Mavzuning dastlabki holatidan to avji tomon rivoj yo‘lini «kichik doiradan kata doiraga» tarzida belgilash mumkin. Chunki bu yo‘l davomida mavzu to‘lqinsimon aylanma harakatlar ila unib-o‘sadi, hajmi tobora kengayib, salobati ortadi. Ayni vaqtda, uning mazmunidagi teranlik ruhiyati, mushohadaviylik holati zo‘rayib boradi. Tasnif cholg‘u kuylarining shakl topishida «xona» va «bozgo‘y» nomli kuy tuzilmalari muhim o‘rin tutadi. «Xona» (fors.-toj. - “uy”) - o‘zgaruvchan kuy tuzilmasi bo‘lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xonalar vositasida kuy o‘zining avji sari intilib taraqqiy etadi hamda avj holatlariga erishgach dastlabki tayanch pardaga qayta boshlaydi. Bozgo‘y kuy tuzilmasi esa, «xona» dan farqli o‘laroq, doimiy barqarorlikka ega. Zero, u asarning boshidan oxiriga qadar o‘zining dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Mavzu nuqtai nazaridan bozgo‘y va xona tuzilmalari o‘zaro farq qilmaydi. Ammo bozgo‘y xona tuzilmasini aynan takror etmasligi va ba’zan bu jihatdan farq etishi mumkin. Zero bozgo‘yning kuy yaratilishi jarayonidagi vazifasi serqirradir. Jumladan, bozgo‘y mazmun jihatdan xonani to‘ldirishi, xona boshlab bergan, lekin poyoniga yetmay qolgan musiqiy fikrni davom ettirib, tugal holatga keltirishi mumkin (masalan, qarang: Muxammasi Nasrullo, Muxammasi Ushshoq, Peshravi Gardun, Nasrullo I va b.). Ba’zan esa, bozgo‘y birinchi xonadan avval, ya’ni asar boshida kelib kuyning asosiy mavzuini o‘rtaga tashlaydi, uning davom

Доказательный фрагмент

«This article discusses the Shashmaqom Instrument (Mushkilot) Section.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the Shashmaqom Instrument (Mushkilot) Section. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Six maqams, instruments and ways of singing, "Mushkilot", "Gardun", cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llari, «Gardun», «Mushkilot», Olti maqom, «Muxammas» yoki «Saqil», Tasnif va Tarje kuylari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники