К содержанию
РецензированоEN2023

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA TORTINCHOQLIKNI BARTARAF ETISH USULLARI

ETISH USULLARI · Xudoyqulova Gulshoda Baxronovna · Beysibayeva Fatima Baxrom qizi

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

This article provides advice on the formation of the child's ability to communicate, like people, behave freely among strangers, enter the team of peers, show himself in any activity due to his personal interests, and easily accept failures in his life. Keywords: shyness, relaxation techniques, autogenic exercises, meditation, sincerity, self- assessment, empathy, "I"-image, communication. МЕТОДЫ УСТРАНЕНИЯ ЗАСТЯЖНОСТИ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ Аннотация. В данной статье рассматривается способность ребенка к общению, нравиться людям, непринужденно относиться к незнакомым людям, присоединяться к группе сверстников, проявлять себя в любой деятельности в силу своих личных интересов, переносить неудачи в своей жизни. Слегка даются советы по формированию приемистой характеристики. Ключевые слова: застенчивость, техники релаксации, аутогенные упражнения, медитация, искренность, самооценка, эмпатия, самооценка, общение. Tortinchoqlik deganda shaxsning yangi ijtimoiy vaziyatlarda o'zini noqulay his qilishi va shuning uchun bu muhitlardan qochish, o'zidan norozi bo'lish va o'z iste'dod sohalarini namoyish eta olmasligini tushunish mumkin. Tortinchoqlik har bir insonda bo'ladigan tuyg'u, lekin ba'zi odamlar hayotida bu tuyg'uni ko'p boshdan kechirishadi, ba'zilari esa bu tuyg'uga juda kam duch kelishadi. 1206 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Bu tuyg'uni boshdan kechirgan odamlar o'z hayotlarini shu tuyg'u doirasida jadal ravishda shakllantiradilar va shunga ko'ra yashashni boshlaydilar. Bunday vaziyat natijasida bu insonlar jamiyatdan ajralib, o'zlarining ichki dunyosiga chekinishni boshlaydilar. Biz bolalarga ijtimoiy ko'nikmalarni erta yoshdan o'rgatish orqali ularning uyat hissini kamaytirishimiz mumkin. Biroq, tortinchoqlik umrbod tuyg'u ekanligini unutmasligimiz kerak, shuning uchun biz uyalish muammosini hal qilish uchun ko'rsatadigan har qanday davolash va yordam bu muammoni bartaraf etmaydi, balki faqat hissiyotning intensivlik darajasini pasaytiradi. Tortinchoqlik korreksiyasi muammosi turli xil yoshda hal etilishi mumkin. Lekin asosiy e’tiborni kichik maktab yosh davriga qaratilishi kerak, chunki muammoning asosiy negizi bolalik davri hisoblanadi. Bolaning muloqotga kirisha olishi, insonlarni yoqtirishi, notanish insonlar orasida o‘zini erkin tutishi, tengdoshlari jamoasiga kira olishi, o‘zining shaxsiy qiziqishlari tufayli biron-bir faoliyatda o‘zini ko‘rsata olishi hamda hayotida uchraydigan omadsizliklarni yengil qabul qila olish xususiyatlari bolaning normal shaxs sifatida shakllanishida juda muhimdir. Relaksatsion metodikalarni qo‘llash stresslarni bartaraf etishda, nevrozlarning oldini olishda, psixik va jismoniy charchashning oldini olishda mahsuldor hisoblanadi. Bolalar qo‘rquvlari, agressiya, hissiy va shaxsiy muammolar bilan ishlashda ijobiy ahamiyatga ega. Relaksatsiyani doimiy amalda qo‘llash (1 necha oy davomida 1 kunda 1-2 marta qo‘llanadi) umumiy xavotirlanishni kamaytiradi. Zo‘riqishli vaziyatlarda psixologik va fiziologik qo‘zg‘alishlarning kamayishiga olib keladi. Relaksatsiya ruhiy sog‘liqni mustahkamlashga olib keladi, xulq-atvorda internallik darajasi ortadi.Bolalar bilan ishlashda relaksatsion texnikalardan keng foydalanish ularning nerv psixik zo‘riqishlari bilan tushuntiriladi. Hayotning tezlashgan tempi, kun davomida dam olish davrlarining qisqarishi psixofizik va somatik buzilishlarga olib keladi. Psixologlar relaksatsion mashqlarni bolalarning kundalik hayotiga tatbiq etish va ularni doimiy ravishda qo‘llashni tavsiya etadilar. Relaksatsion mashqlar natijasida erishiladigan psixofiziologik tinchlik bolaning kuch-quvvatini tiklaydi. Relaksatsiyaning xulq-atvor metodlari sharq madaniyatida keng qo‘llaniladi. G‘arbda ular yaqindan boshlab qo‘llanila boshlandi. So‘nggi vaqtlargacha relaksatsiya korreksion ta’sir ko‘rsatishning xavfsiz shakli hisoblanadi. Lekin bu metodlarning ommalashishi bilan bir necha salbiy effektlar aniqlandi. Eng avvalo reallik bilan aloqa yo‘qolishi mumkin. Bu tipdagi buzilishlar kuchli gallyusinatsiya (eshitish va ko‘rish) holatining kuchayishida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun fantaziyasi kuchli bolalar bilan ishlashda juda ehtiyot bo‘lish lozim, chuqur relaksatsiya ularning holatini yanada yomonlashtirishi mumkin. Relaksatsion texnikalarni qo‘llash dori va ximik vositalarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Relaksatsion mashqlarni qo‘llash uchun doira shaklida qo‘yilgan qulay kreslo va alohida xona kerak. Polga matras yoki gilam to‘shalgan bo‘lishi zurur. 1207 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Gulli pardalar, yorug‘lik, tabiat manzarasi tushirilgan kartinkalar bo‘shashishga qo‘shimcha vosita bo‘lishi mumkin. Relaksatsion texnikalarni psixogimnastika, art-terapiya, rolli- o‘yinlar bilan qo‘shib olib borilsa, psixokorreksiyada katta muvaffaqiyatga erishish mumkin.Relaksatsion texnikalar Relaksatsion texnikalar orasida nerv-muskul relaksatsiyasi asosiy hisoblanadi. Bunda skelet muskulaturasidagi zo‘ri

Доказательный фрагмент

«This article provides advice on the formation of the child's ability to communicate, like people, behave freely among strangers, enter the team of peers, show himself in any activity due to his personal interests, and…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides advice on the formation of the child's ability to communicate, like people, behave freely among strangers, enter the team of peers, show himself in any activity due to his personal interests, and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shyness, relaxation techniques, autogenic exercises, meditation, sincerity, self-
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники