К содержанию
РецензированоRU2026

Лингвокультурные особенности английской авиации

INGLIZ AVIASLENGLARINING LINGVOMADANIY · N. S. Abdulvohidova (TerDU)

Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2026

Аннотация

Данная статья посвящена изучению сленга, который является единицей лексикологии. Статья посвящена сленгу, используемому в авиации, его лингвокультурологическим особенностям. Лингвокультурологическое изучение авиасленгов позволяет изучающим язык преодолевать проблемы аксиологической и межкультурной коммуникации. Ключевые слова: термин, сленг, лингвокультурный особенность, лексика, единицы речи, экипаж Annotation. This article is devoted to the study of slang, which is a unit of lexicology. The article focuses on slang used in aviation and their linguistic and cultural characteristics. Linguocultural study of aviaslengs allows language learners to overcome the problems of axiological and intercultural communication. Key words: term, slang, linguocultural feature, vocabulary, speech units, crew Bugungi kunda fan va texnika taraqqiyoti, ularning alohida tarmoqlarining rivojlanishi barcha sohalar singari tilshunoslikda ham o‘z ifodasini topmoqda. So‘nggi yillarda ilm-fanning barcha sohalarida erishilgan sezilarli yutuqlar, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar oqimining tobora ortib borishi sohalarga oid terminlar muammosi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar oldiga nazariy va amaliy jihatdan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Bundan tashqari, boshqa sohalar kabi aviatsiya sanoatining ham rivojlanishi, aviatsiya texnologiyalari tizimlarining murakkablashuvi aviatsiya faoliyati sohasida terminlar tadqiqi muammosiga e’tiborni kuchaytirmoqda. Hech kimga sir emaski, aviatsiya texnologik jihatdan jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning samaradorligi aviatsiya tarmog‘i doirasida faoliyat yuritadigan xodimlarining kasbiy mahorati va malakasiga bog‘liq. Shu sababli ushbu keng qamrovli soha bilan o‘z kelajagini barpo etmoqchi bo‘lganlar va ayni shu jabhada faoliyat olib boruvchilar chuqur bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lish bilan bir qatorda soha doirasida qo‘llaniluvchi til xususiyatlari va unda qo‘llaniluvchi so‘zlarning madaniyat jihatidan muvofiq kelish holatlarini ham batafsil o‘rganmog‘i e’tiborga molik jihatlardan biri hisoblanadi. Mavzuga chuqurroq yondashishdan oldin sleng so‘zining ma’nosi haqida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. “Sleng” – muayyan kasb egalari yoki ijtimoiy guruhning og‘zaki nutqida qo‘llanadigan emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘z va iboralar. “Sleng” termini ilk bor yozma ravishda XVIII asrda Angliyada qayd qilingan va o‘sha davrda “haqorat” ma’nosini anglatgan. 1850-yildan esa “noqonuniy” oddiy leksikaning ifodasi sifatida keng qo‘llanila boshladi. “Sleng” muayyan guruhga xos so‘zlar bo‘lib, og‘zaki nutqda ham, yozma nutqda ham bunday so‘zlardan foydalanish kuzatiladi [Xolmanova, 2019:32]. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asosan shuni anglash mumkinki, slenglar ma’lum bir guruh a’zolari nutqiga xos so‘zlar bo‘lganligi sababli keng ma’noda emas, balki tor ma’noda qo‘llaniladi, ya’ni ular ommaning barcha vakillari tomonidan emas, faqatgina muayyan guruh doirasidagi muloqot jarayonida foydalaniladi. Shuning uchun ham bunday so‘zlar hamma uchun birdek tushunarli bo‘lavermaydi. Slenglar jamiyatda mavjud barcha sohalarni chetlab o‘tmagani singari aviatsiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Aniqroq qilib olganda, bunday so‘zlarning inglizcha shakllarini aviatsiya sohasida faoliyat olib boradigan 216 xodimlar, ayniqsa, samolyot uchuvchilari va ekipaj a’zolari nutqida ko‘plab uchratish mumkin. Ana shunday slenglar, notanish so‘zlar va nutq birliklarining tilga xos bo‘lgan xususiyatlarini madaniy jihatdan tahlil etish maqolaning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jihatga yanada kengroq nazar tashlaydigan bo‘lsak, aviatsiya sohasidagi eng mas’uliyatli va murakkab kasb egalari bu – uchuvchilardir. Bu kasb ulardan yuksak darajadagi bilim, tajriba, ehtiyotkorlik, ziyraklik kabi bir qator muhim jihatlar hamda ko‘nikmalarni talab qiladi. Samaradorlik va aniqlik harbiy parvoz vaqtidagi aloqa jarayonlarida asosiy vazifalardan biri hisoblanadi va fuqaro aviatsiyasida ham muhim vazifa bo‘lishi kerak [2]. Boshqa soha vakillari kabi ular ham parvoz vaqtida va boshqa vaziyatlarda ularga hamroh bo‘lgan uchuvchilar bilan muloqot jarayoniga kirishadi. Tabiiyki, bunday muloqot va nutq vaqtida ular o‘z kasblari taqozo etgani bois turli xil qisqartma so‘zlar, qolgan kishilarga notanish bo‘lgan birliklar va slenglardan keng foydalanishadi. Ushbu so‘zlar uchuvchilarning muloqot jarayonida qanday mavzu (samolyot turlari, aerodrom, ob-havo, samolyot qismlari, aeroportlar, geografik nomlar, yo‘lovchilar kabi) yuzasidan so‘zlashishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ularning nutqida tez- tez uchraydigan slenglarga quyidagicha misol keltirish mumkin: 1) base – ekipaj va samolyotning uy aeroporti hisoblanadi, samolyotlar ko‘plab shaharlarga oldinga va orqaga uchib ketsa-da, ular bitta joyda "asoslangan" bo‘ladi, uchuvchilar va ekipaj tunni dunyoning ko‘plab shaharlarida o‘tkazishadi va ular boshqa joydagini "uy" deb atashlari mumkin, ammo ular boshqa shahardagi ekipaj stansiyasidan tashqarida joylashgan; 2) cockpit

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена изучению сленга, который является единицей лексикологии.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена изучению сленга, который является единицей лексикологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
term, slang, linguocultural feature, vocabulary, speech units, crew, atama, лексика, lingvomadaniy xususiyat, термин, jargon, единицы речи, ekipaj, экипаж, nutq birliklari, лингвокультурный особенность, сленг, lug'at
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти