К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTIVOR YO‘NALISHLARI

NEW RENAISSANCE · Ortiqova Yulduz Akram qizi (SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI)

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This paper examines the experience of foreign countries in preschool education, focusing on advanced pedagogical approaches used in Finland, Japan, Italy (Reggio Emilia and Montessori), the USA, Canada, Germany, and Scandinavian countries. The study highlights key principles of international practices, such as individualized learning, free play, interaction with nature, creative development, the use of technologies, and the enhancement of social-emotional competencies. The applicability of these foreign educational models to the preschool education system of Uzbekistan is also discussed. Keywords: preschool education, international experience, Reggio Emilia, Montessori, Finnish education, Japanese model, STEAM, learning through play, individualized approach, social-emotional development, forest kindergartens. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda xorij tajribasi bugungi kunda dunyo miqyosida katta e’tiborga ega bo‘lib, ko‘plab rivojlangan davlatlarda yaratilgan ta’lim va tarbiya modellari bolalarning har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Eng avvalo, xorijiy tajribada bola shaxs sifatida e’tirof etiladi, uning qiziqishlari, individual rivojlanish sur’ati, temperament va ehtiyojlari hisobga olinadi. Ko‘plab mamlakatlar maktabgacha ta’limni majburiy dastur emas, balki bolani kelajak hayotiga, maktabga va jamiyatga tayyorlovchi tizim sifatida ko‘radi. Bu jarayonda o‘yin, amaliy faoliyat, mustaqil izlanish va tajriba o‘tkazish asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, Finlyandiya tajribasida bolalarning ruhiy sog‘lomligi, erkin rivojlanishi va stresssiz o‘rganishiga katta ahamiyat beriladi. Bu mamlakatda maktabgacha ta’limda bolalar ko‘proq tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazadi, tajriba qiladi, kuzatadi va o‘yin orqali bilim oladi. Bolaga bosim o‘tkazilmaydi, faqat uning qiziqishi asosida o‘rganish jarayoni tashkil etiladi. Fin pedagoglari “bolaga erkinlik berish – uning samarali rivojlanishidir” tamoyiliga amal qiladi. Yaponiya maktabgacha ta’limida esa intizom, o‘zini boshqarish, mustaqillik va jamoadoshlikni shakllantirish ustuvor hisoblanadi. 95 NEW RENAISSANCE 2025 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 Bog‘chalarda bolalarga kichik guruhlarda ishlash, o‘z o‘yin va mashg‘ulotlarini o‘zi tashkil etish, xonani tartibga keltirish, ovqatdan oldin va keyin gigiyenaga amal qilish kabi odatlar muntazam o‘rgatiladi. Yaponiya tarbiya tizimi bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Reggio Emilia (Italiya) yondashuvi butun dunyoda eng muvaffaqiyatli maktabgacha ta’lim metodlaridan biri sifatida tan olingan. Bu tizimda bola “kashf etuvchi shaxs” sifatida ko‘riladi. Unga atrof-muhit bilan mustaqil tajriba o‘tkazish, san’at, konstruktorlik, rasm, loy, musiqa orqali o‘zini ifodalash imkoniyati beriladi. Tarbiyachi yo‘l ko‘rsatuvchi emas, balki bolaga jarayonni his etish, tasavvur qilish va ijod qilishda yordam beruvchi “hamkor” sifatida ishtirok etadi. Reggio Emilia bog‘chalarida har bir bola o‘ziga xos rivojlanish yo‘liga ega bo‘lib, unga individual yondashuv ta’minlanadi. Montessori ta’limi (Italiya) ham dunyoda keng qo‘llanadi. Ushbu tizimda “bolaning mustaqil rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaslik” tamoyili asos bo‘lib xizmat qiladi. Montessori muhitida har bir material o‘z funksiyasiga ega, bola esa o‘z xohishiga ko‘ra tanlab o‘ynaydi, mashq qiladi va natijaga o‘zi erishadi. Bu uslub bola mustaqilligini, mantiqiy fikrlashini, tartiblilikni, mayda motorikani va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini kuchaytiradi. Tarbiyachi bola faoliyatiga aralashmaydi, faqat kuzatadi va kerak bo‘lganda yo‘l ko‘rsatadi. AQSh va Kanada tajribasida maktabgacha ta’lim asosan ko‘p madaniyatli muhitda tashkil etiladi. Bu davlatlarda bolalarning ijtimoiy, emotsional va kommunikativ rivojiga alohida urg‘u beriladi. Interaktiv texnologiyalar, STEM (Science, Technology, Engineering, Math) dasturlari, kodlashning boshlang‘ich elementlari, sensorli rivojlantiruvchi materiallar keng qo‘llaniladi. Bolalar kichik yoshdan tajriba o‘tkazadi, kuzatadi, muammolarga yechim topadi va jamoada ishlashni o‘rganadi. Ota-onalar ham tarbiya jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirilgan. Janubiy Koreya ta’lim tizimi esa bolalarda intizom, mehnatsevarlik va salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu mamlakatda maktabgacha ta’limda erta rivojlantiruvchi metodlar ko‘proq qo‘llanadi, biroq o‘yin va sport faoliyatlarining ulushi ham katta. Sensorli o‘yinlar, musiqiy mashg‘ulotlar, raqs va jismoniy harakatlar orqali bolalarning aqliy va jismoniy rivoji uyg‘un tarzda shakllantiriladi. Yevropa davlatlarining aksariyatida bolalarning maktabgacha ta’limga qatnashi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Germaniyada “o‘rmon bog‘chalari” mashhur bo‘lib, bunda bolalar kunning ko‘p qismini tabiat qo‘ynida o‘tkazadilar. Kuzatish, tabiat hodisalarini o‘rganish, jismoniy faollik, mustaqil fikrlash, guruhda hamkorlik qilish asosiy ustuvor yo‘nalishlardir. Bunday bog‘chalarda bolalarda tabiatga mehr,

Доказательный фрагмент

«This paper examines the experience of foreign countries in preschool education, focusing on advanced pedagogical approaches used in Finland, Japan, Italy (Reggio Emilia and Montessori), the USA, Canada, Germany, and S…»

Образец извлечения

Демо-превью

This paper examines the experience of foreign countries in preschool education, focusing on advanced pedagogical approaches used in Finland, Japan, Italy (Reggio Emilia and Montessori), the USA, Canada, Germany, and S… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
preschool education, international experience, Reggio Emilia, Montessori, Soliq tizimini soddalashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники