К содержанию
РецензированоRU2024

SURXON VOXASI AXOLISI OG‘ZAKI IJODIDA ALLA QО‘SHIG‘INING О‘RNI

Axmedova Gulchexra О‘skinovna · SURKHAN VOXAS POPULATION

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article presents information about the alla songs in the oral culture of the people, their role in the upbringing of young children, as well as others. Keywords: "to the weeping-sighing", "huvdi" or "huvva, huv", passionate, gentle, charming, magical, alertness-awareness. РОЛЬ ПЕСНИ АЛЛЫ В УСТНОМ ТВОРЧЕСТВЕ НАСЕЛЕНИЯ СУРХАНСКОЙ ВОКСА Аннотация. В статье содержатся сведения о песнях аллы народного творчества, исполняемых фольклорными коллективами, и ее месте в воспитании детей раннего возраста, а также другие сведения. Ключевые слова: «кричащий», «хувди» или «хувва, хувва», живой, нежный, обаятельный, волшебный, бдительность-сознательность. Voha aholisining og‘zaki ijodi о‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Voha aholisi og‘zaki ijodiyoti aytilish marosimi, о‘rni, ma’no va mazmun xususiyatlariga kо‘ra qо‘yidagi guruhlarga bо‘lish mumkin: Alla. Ona yuragidan tabiiy yaralgan alla insoniyat paydo bо‘lgandan buyon rivoj topib, yuksalib, yangi-yangi maftunkor jilolanib, о‘zining ma’naviy qudrati bilan odamzodning ulug‘likka chorlab kelayotgan buyuk qо‘shiqdir. Xalq og‘zaki ijodiyotida, uning bag‘rida rang- barang turlar bо‘lib, bir-biriga о‘xshamaydigan, biroq jо‘shqin, muloyim, maftunkor, sehrli, hushyorlik- ogohlikka chorlovchi kuchli, qudratli ohangdir. “Alla” aytish maxsus о‘rgatilmaydi, u har bir ona yuragidan о‘ziga xos usulda baralla, xursandchilik, sokin, shiddatli, mungli, qayg‘uli, olqish, alqash ohanglarida aytiladi. Xalq asrlarosha allani takomillashtirib, unga xos sayqallar berishgan, kо‘pincha lapar aytuvchilar tо‘y va marosimlarda, xalq davrasida allalarni ham maxsus ijro etib, aytib kelishgan. Laparchilar allani turli usullarda, ohanglarda aytib kelgan va kelmoqda, shu tariqa allalar dostonlarda, termalarda, matallarda, xalq qо‘shiqlarida о‘zini namoyon qilib borgan. “Alla” – qadimiy, milliy xalq qо‘shig‘i, u ibtidoiy davrlardan beri mavjud, Yer yuzida odam va ona paydo bо‘libdiki, alla bor, bola bor joyda “Alla” aytilishi tabiiy. “Alla” sо‘zini keksalarimiz muqaddas Alloh sо‘zidan olingan va Yaratgandan chaqaloqni о‘z panohida asrashni iltijo qilishga nisbat berib, qutlug‘, qadrli, qimmatli qо‘shiq deb hisoblaydi,. allalarda xalq turmushining juda kо‘p qirralari о‘z in’ikosini topgan. 7 10 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Onalar qadimdan о‘z bolalari tepasida kechasi bо‘lsin, kunduzi bо‘lsin alla aytib kelishgan. “Alla” о‘z ohangi bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi, gо‘dakni xotirjam qiladi, elitadi, orom olib uxlashiga imkon beradi. Surxon vohasning hamma qishloqlarida “Alla” qо‘shig‘i keng tarqalgan bо‘lib, keksalarning aytishlariga kо‘ra “alla eshitgan bolaning dunyoqarashi keng doirada bо‘ladi, u ruhan va jismonan baquvvat bо‘ladi”. “Alla”ning о‘z ohangi, о‘z kuyi, о‘z xirgoyi yо‘li bor, yaratilish asoslari va dramaturgiyasi qо‘shiqning ma’nosida va ona nafasida jamuljamdir. Chunki, “Alla”lar onaning farzandga bо‘lgan mehru - muhabbati, umid va orzulari, kо‘nglidagi yaxshi niyat, ezgu tilaklarini ifodalash bilan birga uning ruhiy kechinmalari, iztirob va boshidan kechirganlarini ham ifodalaydi. Shu tarzda ayrim “Alla”lar shakl jihatdan murakkab, ohangi, kuyi rivojlangan, ijro uslubi “yig‘i-sig‘ilarga” о‘xshash va yaqin bо‘lishi mumkin. Boysun hududlarida “Alla” qо‘shiqlari “huvdi” yoki “huvva, huv” nomi bilan ham yuritiladi. Faqat ayollar emas, goho erkaklar ham ijro etadigan “Alla” kо‘pincha yakka tarzda badiha shaklida namoyon bо‘ladi. “Alla” qо‘shiqning qadimiy turi bо‘lib, farzandni uxlatish, orom oldirish uchun beshikka belab, belanchakka solib, tebratib, onalarning allalab kuylaydigan qо‘shig‘idir. Qо‘shiqning bu turi ham cholg‘u jо‘rligisiz mayin orom beruvchi ohang bilan kuylanadi. Uning kuy tuzilishi, rivoji, uslubi va ritmik holatlari erkindir, badihagо‘ylikka asoslangan (ijrochi – ona о‘zi kuy, sо‘z matni va ijro uslubi muallifidir). “Alla” qо‘shig‘i о‘zbek musiqa merosida katta ahamiyat kasb etadi, gо‘dak ruhga halovat keltiruvchi bu qо‘shiq asrlar osha sayqal topib kelmoqda. “Alla”larga onalar о‘z his-tuyg‘ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarini, dard- xasratlarini ham qо‘shib aytganlar: “Alla”lar ijtimoiy estetik qimmatiga kо‘ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi - uning tarbiyaviy-estetik mohiyat kasb etishida kо‘zga tashlanadi. Bu uning emotsional ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bо‘lib, bolani kuy og‘ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini anglashiga yо‘l ochish, shu zaylda estetik didini shakllantirish va о‘stirish maqsadiga qaratilganligidir1. Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino “Alla”ning shu xususiyatini ming yillar ilgariyoq payqab, shunday yozgan edi: “...bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qо‘llamoq kerak. Biri – bolani sekin - asta tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun aytish odat bо‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tar

Доказательный фрагмент

«This article presents information about the alla songs in the oral culture of the people, their role in the upbringing of young children, as well as others.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents information about the alla songs in the oral culture of the people, their role in the upbringing of young children, as well as others. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"to the weeping-sighing", "huvdi" or "huvva, huv", passionate, gentle, maftunkor, muloyim, sehrli, jо‘shqin, “huvdi” yoki “huvva, “yig‘i-sig‘ilarga”, hushyorlik- ogohlik., huv”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники