К содержанию
РецензированоUZ2024

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda turizm sohasining istiqbollari

SOHASINING ISTIQBOLLARI (FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 49(49).) · Begimqulov Javohirbek Jo‘raqul o‘g‘li (FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 49(49).) · Qozoqboyev Abdumajid Abduvali o‘g‘li (FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 49(49).)

Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2024

Аннотация

Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida hududlarda turistik salohiyatni takomillashtirishga asos yaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning turizm tarmog‘idan kelib chiqqan holda tahlil qilingan. Tayanch iboralar: turizm, eksport, tushum, xorijiy sayyoh, pandemiya, turist, investitsiya, barqaror rivojlanish. Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) 2023-yil uchun qayta koʻrib chiqilgan maʼlumotlar xalqaro turizmdan eksport tushumlari 1,8 trillion AQSH dollarini (shu jumladan tushumlar va yoʻlovchi tashishlarni hisobga olgan holda) pandemiyagacha boʻlgan (2019-yilga nisbatan real koʻrinishda -1%) boʻlganini koʻrsatadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri turizm yalpi ichki mahsuloti ham 2023-yilda pandemiyadan oldingi darajani tikladi va taxminan 3,4 trillion dollarni tashkil etdi, bu global YaIMning 3 foiziga teng. [1] Global miqyosda dunyo davlatlarining turizmdan keladigan tushumlari ortib bormoqda. So‘nggi yillarda bu borada Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilik qilmoqda, uning daromadi 175,9 milliard dollarni tashkil etgan. Buni xalqaro ekspertlar AQShda turistik sayohatlar biroz qimmat ekani bilan tavsiflashadi. Keyingi o‘rinlarda Ispaniya, Angliya, Fransiya va Italiya mamlakatlari bo‘lib, ularning daromadi taxminan 55-92 mlrd dollar oralig‘ida (1- jadval). 615 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi 1-jadval Xalqaro turizmdan daromadi O‘rni Davlatlar 2022 2023 Farqi foizda 1 AQSh 135,2 175,9 30,1 % 2 Ispaniya 72,9 92,0 26,2 % 3 Angliya 68,2 73,9 8,3 % 4 Fransiya 59,7 68,6 14,9 % 5 Italiya 44,3 55,9 26,1 % 6 Birlashgan Arab Amirliklari - 51,9 - 7 Turkiya 41,2 49,5 21,3 8 Avstraliya - 46,6 - 9 Kanada 24,0 39,2 63,3 % 10 Yaponiya - 38,6 - Dunyo hamjamiyatiga jadal integratsiyalashayotgan O‘zbekistonda ham turizmning jonlanayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, 2023 yilga kelib O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni ning bir pandemiyadan oldingi darajasiga deyarli tenglashganligini ko‘rishimiz mumkin (1-rasm)[2]. 8 000 000 6748512 6624700 7 000 000 6 000 000 5 000 000 5 346 219 5232780 4 000 000 3 000 000 2 000 000 1881334 1 000 000 1504126 0 2018 2019 2020 2021 2022 2023 1-rasm. 2018-2023 yillar davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni, ming kishi Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln. nafarga yoki 26,6 % ga oshgan. Tahlillarga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonga 2023 yilda eng ko‘p Tojikiston (2155,2 ming nafar), Qirg‘iz Respublikasi (1757,1 ming nafar), Qozog‘iston (1333,3 ming nafar) va Rossiya (714,3 ming nafar) fuqarolari tashrif buyurishgan. 616 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Shuningdek, hududlarni tubdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158son 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030 Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni o‘tgan yildan boshlab barqaror rivojlanish islohotlarini boshlab berdi. Jumladan, Strategiyaning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi – Barqaror iqtisodiy o‘qish orqali aholi farovonligini ta’minlash deb nomlanadi. Yo‘nalishning 58-maqsadida keltirilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: Xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish. Xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada 30 ta yirik turizm klasterlarini tashkil etish, mehmon o‘rinlari sonini kamida 2 barobarga oshirish, tog‘li hududlarda 25 ta dor yo‘llari qurish, turizm mahallalari sonini 175 taga yetkazish. Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish. Xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax free” tizimini joriy etish. “Ko‘hna tarix durdonalari” milliy dasturini ishlab chiqish hamda uning doirasida madaniy meros obyektini restavratsiya qilish, yodgorliklarda “ochiq osmon muzey”larini tashkil etish. Mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta’minlaydigan kompaniyalarni tashkil etishni yanada rag‘batlantirish. Jami 1 000 dan ziyod elektr quvvatlash stansiyalari, ovqatlanish va hordiq chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil qilish.[3] X

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida hududlarda turistik s…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida hududlarda turistik s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
turizm, tourism, sustainable development, turist, foreign tourist, tourist, eksport, турист, устойчивое развитие, туризм, investitsiya, export, investment, инвестиции, иностранный турист, barqaror rivojlanish, pandemiya, tushum, revenue, pandemic, доходы, экспорт, пандемия, xorijiy sayyoh
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники